A. H. Vahobov biologiya fanlari doktori, professori


Fermentlanish oldi bosqichi



Yüklə 3,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/251
tarix27.12.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#163865
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   251
A. H. Vahobov biologiya fanlari doktori, professori

Fermentlanish oldi bosqichi. 
Fermentlanish oldi bosqichi 
o 'z ichiga ozuqa muhitlari, bioobyektlar, aeroblar uchun havo
bioreaktom i tayyorlashni oladi. Ozuqa muhitining komponentlari 
hujayra ichiga kirayotgan u yoki bu ozuqa manbayining transfor- 
matsiyasi yoki sarflanayotgan energiya hisobidagi metabolit bilan 
bog'liq bo'lgan material balans hisob-kitobi asosida tanlab olina­
di. Odatda, ozuqa muhitlaming sifat va miqdoriy tarkibi reglament 
hujjatlarda ko'rsatilgan bo'ladi.
47


Tayyorlov bosqichida ishlatiladigan ozuqa muhitlari ikkin­
chi bosqichda ishlatiladigan muhitlardan farq qilishi mumkin. 
Masalan, liofil quritilgan ona kulturani ekishda, odatda, foydali 
ingridiyentlar bilan boyitilgan suyuq ozuqa muhitlari tavsiya eti- 
ladi. Keyingi ekishlar a w a l agar solingan fermentatsion muhitga 
ekish bilan, so‘ngra suyuq muhitga ekish bilan amalga oshiriladi. 
Bioobyektlami tayyorlashda barcha ozuqa muhitlari sterillangan 
b o lislii kerak. Bioobyekt yoki sanoat shtammi quyidagi shartlar- 
ga javob berishi kerak:
1) sanoatda ekspluatatsiya va uzoq vaqt davomida saqlash 
natijasida struktur-morfologik belgisi hamda fiziologik faollik- 
ning stabil bo'lishi;
2) laboratoriya va sanoat sharoitlarida yuqori o‘sish hamda 
ta ’siriy modda - biosintezi tezligi;
3) noqulay tashqi muhit omillari ta ’siriga yetarli darajada 
turg‘unlik diapazoni;
4) chegaralangan (belgilangan) ozuqa manbayiga stabil talab- 
chanlik; ishlab chiqarish shtammi qanchalik ko‘p miqdorda ugle­
rod, azot va boshqa elementlar manbayini ishlata olsa, shunchalik 
darajada uni yuqori iqtisodiy samara bilan kultivatsiya (o‘stirish, 
yetishtirish) qilish mumkin.
Haqiqatda esa har bir shtamm o ‘ziga xos xususiyatlarga ega va 
u yuqorida keltirilgan barcha talablarga javob bera olmaydi. Shuni 
aytish mumkinki, ozuqa muhiti qanchalik ingridiyentlarga boy 
b o ‘lsa, mikroorganizmlar unda shunchalik yaxshi o‘sa oladi.
K o‘p yillar davomida ozuqa muhitlariga qo‘shimcha mod­
da sifatida j o ‘xori ekstrakti qo‘shib kelinadi. Chunki u uglerod va 
azotga boy bo‘lish bilan birga mikroelementlar va vitaminlarga 
ham boydir. Uning tarkibida quruq moddalar miqdori 45-55 % ni 
tashkil qiladi. Mana shu quruq moddalar tarkibining 1,5—4,5 % ini 
zoJ (kolloid) moddalar tashkil qiladi (1-jadval).
48



Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə