A. H. Vahobov biologiya fanlari doktori, professori



Yüklə 3,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/251
tarix27.12.2023
ölçüsü3,22 Mb.
#163865
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   251
A. H. Vahobov biologiya fanlari doktori, professori

E.Coli
va 
Bac.subtilis
hujayra­
lari sonining ikki marta o ‘sishi 20 daqiqa ichida kuzatiladi
Can­
dida ablicans
ning suyuq suslodagi ko‘payishi - 30 daqiqadan 
so‘ng; T-fag zarrasining 
E.Coli
hujayrasiga kirganidan 20 daqi­
qa o ‘tgach, 20 dan 200 gacha yangi fag zarralari paydo bo'ladi 
va hokazo. Albatta, dunyoda shunday mikrob vakillari mavjud- 
ki, ulaming ko‘payish vaqti tezliklari kunlar bilan o ‘lchanadi. 
Masalan, tuberkulyoz mikobakteriyalari. 0 ‘stirish sharoitlari 
va fermentlar faolligini hisobga olgan holda, reaksiyalar tezligi 
ko'pincha fermentlar faol markazlarining, shu markazlar tomon 
va ularga qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan substratlar va mod-
44


dalar diffuziyasining bilvosita mikro atrof-muhitidagi reaksiyalar 
tezligi hisoblanadi.
Mikroblar qanday dir juda kuchli va davomiy bo'lmagan ta’sir 
natijasidan so'ng o ‘z muvozanatini tiklay oladigan, o‘z-o‘zini ido- 
ra eta oladigan tirik tizimlar sirasiga kiradi. Agar ta’sir qilayot- 
gan kuch juda kuchli va muntazam bo‘lsa, u holda bu organizm 
nobud bo‘ladi yoki yangi muvozanatlashgan holatga o ‘tadi. Bu 
hoi, masalan, mutagen omillar ta’siri yoki mutantlaming paydo 
bo‘lishida kuzatiladi. Bu holda shuni aytib o'tish joizki, mikroor­
ganizmlar yashashning o‘zgargan sharoitlariga o ‘simlik va hay- 
vonlarga nisbatan oson o'rganadi yoki ko‘nikadi. Shuni ham aytib 
o‘tish kerakki, adaptiv imkoniyatlar saprofitlarda parazit turlarga 
nisbatan yorqinroq namoyon bo'lgan. Bu hoi parazitlarga nisba­
tan saprofitlarda ko'proq miqdorda fermentlar to'plami mavjudli­
gi bilan bog'liq, aniqroi, fermentlar - bu birlamchi metabolit- 
lardir, ya’ni oxir oqibat fermentlaming arsenali (to'plami) genotip 
bo'yicha aniqlanadi.
Hujayra miqyosidagi mikrobiotexnologiya amaliy jihatdan 
fito- va zoobiotexnologiyaga nisbatan ancha oldin rivojlangan. 
Misol sifatida qator oziq-ovqat (sut, non, pishloq) mahsulotlari­
ni tayyorlash, vino, pivo, spirt, organik kislotalar, aminokislota- 
lar, antibiotiklar, fermentlar, alohida vitaminlar, qishloq xo'jaligi 
mollari uchun oqsil va boshqa moddalar, ishlab chiqarilishi gen 
injeneriyasiga asoslangan moddalami keltirish mumkin.
Viruslar obligat yoki shartsiz parazitlar hisoblanib, tirik orga­
nizm to'qim alarida yetishtiriladi, protozoa esa ishlab chiqarishda 
hali o 'z o ‘mini topgani yo‘q.
Mikroskopik suv o'tlari - keyingi bobda bioobyekt sifatida 
ko'rib o'tilgan. Ushbu bob biotexnologik jarayonlarda bioobyekt- 
lar. y a’ni ikki qirollik vakillari - bakteriya va zamburug'laming 
ishlatilishiga bag'ishlangan.
45


1.4. Mikroorganizmlami kultivatsiya (o‘stirish) 
qilish tamoyillari
M ikroblaming ozuqa muhitiga kiritilishi da, ayniqsa, ko‘pa- 
yishning logarifmik yoki statsionar fazalar davrida ulam ing 
fiziologik faolliklari induksiyasi katta ahamiyatga ega. Bu hol­
da immobillangan yoki erkin fermentlar tomonidan katalizlanadi- 
gan ko ‘plab reaksiyalar bir vaqtda bir-biriga bog‘liq holda ketadi. 
Reaksiyada, ayniqsa, birinchi bosqichda m a’lum konfiguratsiya- 
ga ega bo‘Igan m olekulalardan iborat yuqori m olekular birikma­
lar qatnashadi (uglerodning glukoza va kraxmal kabi manbalari 
yoki azot manbalari - ammoniy sulfat, qandaydir am inokislota 
va oqsilni solishtirish). Shuning uchun m ikroorganizmlami 
o ‘stirishning o ‘ziga xosligini hisobga olish zarur.
Mikroblami o ‘stirib, ulardan birlamchi va ikkilamchi metabo- 
litlami olish maqsadida kultivatsiya qilish (yetishtirish, o ‘stilish) 
ning asosiy xususiyatlari quyidagilar:
1) uzoq vaqt davomida aseptik qoidalarga rioya etish imkonini 
beruvchi 63, 200, 1000 m 3 va undan katta hajmdagi bioreaktorlar- 
ni qo‘llash zaruriyati;
2) ozuqa muhitlarining spetsifik xarakteri stikalari - haroratning 
kardinal nuqtalari va pH bilan bog‘liq bo‘lgan bioobyektlaming 
tashqi ko‘rinishlaridagi farqlar;
3) biotexnologik jarayonlam i masshtablash (rejalashtirish) 
qiyinchiliklari bilan bog‘liq bo‘lgan kimyoviy, issiqlik, diffuzion 
va gidrodinamik kriteriyalaming doimiyligini saqlashning mumkin 
emasligi;
4) aerob va anaerob mikroorganizmlarda massa almashinish 
jarayonlaridagi farqlar - aeroblami o ‘stirish uch fazali tizimda 
amalga oshiriladi (qattiq jism (hujayra) - suyuqlik - gaz), anae­
roblar esa ikki fazali (qattiq jism (hujayra) - suyuqlik) tizimlarda 
yetishtiriladi;
46


5) modda almashinishi (birinchi navbatda aeroblar uchun 
havo kislorodi)ni yaxshilash uchun kultural muhitlami aralashti­
rish kerakligi; bu esa, o ‘z navbatida, ko‘pik hosil bo'lishiga sabab 
bo'ladi va natijada ko'piksizlantirish zarurligini anglatadi;
6) mikroorganizmlar mexanik, fizik va kimyoviy ta ’sirlarga 
sezgir bo'ladi;
7) ta ’sirlar mahsulotlaming mikrobli sintezida induksiya, faol- 
lashtirish, ingibirlash, repressiya va produsentning ko'payishini va 
oxirgi mahsulot biosinteziga to'sqinlik qiluvchi bir qancha boshqa 
jarayonlar o 'rin egallaydi;
8) ta ’sirlar mahsulotlar biosintezining tezligi kimyoviy sintez 
tezligiga qaraganda birmuncha sekinroq boradi;
9) biotexnologik jarayonlarda ishlatiluvchi mikroorganizm­
lam ing alohida turlari kasallik keltirib chiqaruvchi (difteriya va 
stolbasimon tayoqchalar, tuberkulyoz mikobakteriyalari, xole- 
ra vibrioni va boshqalar) hisoblanib, ular ustidagi ishlar alohida 
e ’tibor bilan olib boriladi;
10) mikroblar olamining ayrim vakillari faqatgina tirik to'qi- 
ma hujayralarida (tovuq embrioni, inson va hayvon hujayralari) 
o'stirilishi kerak. Bunday vakillar qatoriga viruslar va rikketsiylar 
kiradi.
Istalgan biotexnologik jarayon shartli ravishda ikki bosqichga 
bo'linadi.
1. 

Yüklə 3,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   251




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə