1-Mavzu. О‘quvchilarning ta’lim olish savodxonligini
rivojlantiruvchi treninglar.
Reja:
1.
O‘quvchilarni o‘qish va ta’lim olishga qiziqishlarini
rivojlantiruvchi
treninglar.
2.
Kasb tanlashga oid treninglar.
3.
O‘quv motivlarini rivojlantiruvchi treninglar.
4.
Guruhda sog‘lom psixologik muhitni rivojlantirishga qaratilgan treninglar.
5.
Kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan treninglar.
Shaxsning muloqatchanlik va tashkilotchilik
qobiliyatlarini aniqlash bо‘yicha savolnoma.
Quyidagi savollar berilgan bо‘lib, sizdan ularning xar biriga “Ha” yoki “Yо‘q”
deb javob berishingiz sо‘raladi. Javoblaringizni savol raqami oldida qо‘yiladigan
belgilaringiz bilan aniqlanadi. “Ha” javobiga “+” belgisini qо‘ying.
1.
Doimo muloqotda bо‘lib turadigan dо‘stlarinigiz kо‘pmi?
2.
Dо‘stlarinigizni о‘z fikringizga ishontira olishning uddasidan tez-tez
chiqib turasizmi?
3.
О‘rtoqlaringizda biror bir kо‘ngilsizlikni his qilib yurasizmi?
4.
Mavjud qiyin ahvollara doimo tо‘g‘ri yо‘l topib ketishingiz qiyinmi?
5.
Xilma-xil odamlar bilan yangi tanishuvlarga intilasizmi?
6.
Ijtimoiy ishlar bilan shug‘ullanishni yoqtirasizmi?
7.
Sizga kitoblar bilan yoki u-bu ish bilan mashg‘ul bо‘lish,
odamlar
orasida vaqtni о‘tkazishga nisbatan ma’qulroqmi?
8.
О‘z xohishingizni amalga oshirayotganingizda tо‘siqlar paydo bо‘lib
qolsa, о‘z intilishingizdan tezda voz kechasizmi?
9.
Yoshi sizdan ancha katta bо‘lgan odamlar bilan tezda kirishib keta
olasizmi?
10.
Har xil о‘yinlarni о‘ylab topish va tashkil etishni yaxshi kо‘rasizmi?
11.
О‘zingiz uchun yangi bо‘lgan dо‘stlar
yoki mehmonlar davrasiga
qо‘shilishda qiyinchilik sezasizmi?
12.
Bugun qilish mumkin bо‘lgan ishlarni tez-tez keyingi kunlarga
о‘tkazasizmi?
13.
Noma’lum kishilar bilan muloqotga kirishishingiz osonmi?
14.
Sizning
tanish-bilishlaringiz
Siz
о‘ylaganday
xatti-xarakatlar
qilishlariga ishonasizmi?
15.
Yangi kollektivga moslashishda qiyinchilik sezasizmi?
16.
Sizda boshqa odamlar bilan ularning о‘z sо‘zlari ustidan
chiqmaganliklari, о‘z majburiyatlari va ma’suliyatlarini bajarmaganliklari yuzasidan
xech qanday kelishmovchiliklar bо‘ladimi?
17.
Imkon bо‘lsa, boshqa kimsa bilan tanishishga intilasizmi?
18.
Muhim ishlarni xal qilishda kо‘pincha tashabbusni о‘z qо‘lingizga
olasizmi?
19.
Atrofingizdagi odamlar sizning g‘ashingizga tegsa, о‘zingiz
yakka
qolgingiz keladimi?
20.
Odatda, о‘zingizga noqulay bо‘lgan sharoitda yо‘l topib ketasizmi?
21.
Har xil odamlarning orasida bо‘lish sizga yoqadimi?
22.
Boshlangan ishingizni oxirigacha yetkazmasangiz achinasizmi?
23.
Boshqa odam bilan tanishuv vazifasi oldingizda turgan bо‘lsa, u holda
qiyinchilik yoki uyalish hollarini xis qilasizmi?
24.
Atrofingizdagilar bilan kо‘p muloqotda bо‘lganligingizdan charchab
qolasiz, deb tasdiqlash tо‘g‘rimi?
25.
Kо‘pchilik bо‘lib о‘ynaydigan о‘yinlarda
ishtirok etishni yaxshi
kо‘rasizmi?
26.
Boshqa odamlarning shaxsiy xayotiga aloqador masalalarni xal qilishda
qatnashishga kо‘p hollarda tashabbus kо‘rsatasizmi?
27.
Siz yaxshi taniydigan odamlar orsida о‘zingizni ishonchsizroq tutasiz,
deb aytish mumkinmi?
28.
О‘zingizni xaqligingizni isbotlashga doim ham xarakat qilavermaysiz,
deb ta’kidlash mumkinmi?
29.
О‘zingizga kamroq tanish bо‘lgan dо‘stlar guruhida ham qiziq suhbat
olib borishingizga ishonchingiz komilmi?
30.
Maktabdagi ijtimoiy ishlarda ishtirok etganmisiz?
31.
О‘z tanish-bilishlaringiz doirasini cheklashga,
ularning sonini
kо‘paytirmaslikka intilasizmi?
32.
Agar sizning fikringizni boshqalar qо‘llamayotgan bо‘lsa, bu
fikringizning tо‘g‘riligini shu zaxotiyoq isbotlashga xarakat qilasizmi?
33.
Siz kam tanish bо‘lgan dо‘stlar davrasiga tushib qolsangiz о‘zingizni
erkin xis qilasizmi?
34.
Tanish bilishlaringiz kirishayotgan tadbirlarni tashkil etishga tezda
kirishib ketasizmi?
35.
Kо‘pchilik odamlardan iborat guruhlar
oldida gapirayotganda
bezovtalik va ishonchsizlik xis etasizmi?
36.
Ishga aloqador yoki shaxsiy uchrashuvlarga tez-tez kechikib turasizmi?
37.
Dо‘stlaringiz kо‘p deb ta’kidlash mumkinmi?
38.
Yaxshi tanish tо‘lmagan odamlar bilan muloqatda bо‘lganingizda
о‘zigizni kо‘pincha noqulay his etasizmi?
39.
Kо‘proq bashqa odamlarning diqqat markazida bо‘lasizmi?
40.
Kо‘pchilik odamlardan iborat davralarda о‘zingizni ishonchsizroq his
etasiz, deb aytish mumkinmi?