9-mavzu. Yer: joylashishi va undan ko’p maqsadli foydalanish


-rasm. Tuproq degradatsiyasini tezlashtiruvchi omillar ta’siri



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə7/8
tarix29.06.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#90230
1   2   3   4   5   6   7   8
9-mavzu. Yer joylashishi va undan ko’p maqsadli foydalanish

14-rasm. Tuproq degradatsiyasini tezlashtiruvchi omillar ta’siri


Ekin maydonlari respublika bo’yicha jami 4064,7 ming gektarni, shu jumladan, sug’oriladigan ekin maydonlarning umumiy hajmi 3307,3 ming gektar yoki qishloq xo’jalik yer turlarining 13,1 % ini hamda lalmi ekin maydonlarining umumiy hajmi 757,4 ming gektarni yoki qishloq xo’jalik yer turlarining 3,0 %ini tashkil qilib, qishloq xo’jaligidan olinadigan hamma mahsulotlarning 30-35 %dan ko’prog’ini yetkazib beradi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda sug’oriladigan yerlarning qariyb 9,6 foizining meliorativ holati yomon bo’lib, bu, avvalo, tuproqning sho’rlanish darajasi yuqoriligi va yerosti suvlarining ko’tarilishi bilan bog’liqdir. Shunday ekan, sug’orilib ekin ekiladigan yer maydonlarini yanada kengaytirish, ularning meliorativ holatini yaxshilash orqali unumdorligini orttirish bugungi qishloq xo’jaligining eng muhim vazifalaridan hisoblanadi.
Sho’r tuproqlar tarqalgan hududlar katta miqyosdagi tuproqgeokimyoviy formatsiya bo’lib, turli xil tuproqlarni o’zida birlashtiradi.
Ularning umumiy belgilari quyidagilardan iborat: akkumulyativ yoki paleoakkumulyativ landshaftlarda hosil bo’lishi, yuqori konsentratsiyadagi eritmalarda suvda oson eruvchi tuzlarning tuproq hosil bo’lish jarayonlarida ishtirok etishi, tuproq eritmalarining yuqori konsentratsiyasi tuproq profilining turli qatlamlaridagi o’ta yuqori ishqoriylik sababli o’simliklarning me’yorida o’sishi va rivojlanishi uchun noqulay sharoitlarni vujudga keltirishi (bundan sho’r tuproqlarda o’suvchi galofitlar mustasno) va hokazo.

9.3. Yerlarni himoya qilish vositalari


Qishloq xo’jaligida olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar natijasida jadal chora-tadbirlarning amalga oshirilishi va islohotlarning amaliyotga keng tatbiq etilishi, xususan, yer resurslaridan samarali foydalanish tamoyillariga alohida e’tibor qaratilishi o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Bu borada mavjud sug’oriladigan va lalmi yerlardan unumli foydalanish, ularning unumdorligini saqlash, tiklash va oshirish, ularni muhofaza qilishni ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
So’nggi yillarda mamlakatimizda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini oshirishga qaratilgan bir qator qonun, farmon va me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqarish tatbiq qilingan.
Davlatimiz tomonidan “Yer kodeksi”, “Davlat Yer kadastri”,
“Fermer xo’jaligi to’g’risida” va “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi qonunlar, “Yer monitoringi” to’g’risidagi nizom hamda “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonning qabul qilinishi qishloq xo’jaligida qator islohotlarni amalga oshirishda to’la huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi:
Yer, yerosti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
“Yer kodeksi” 1998-yilning 30-aprelida qabul qilingan bo’lib, yer munosabatlarini tartibga soluvchi hamda yer resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish, yerdan foydalanish, uni muhofaza qilish ustidan nazorat qilish tushunchasi va mazmunini belgilab beradigan asosiy qonunchilik hujjati hisoblanadi.
Yer to’g’risidagi ushbu qonuniy hujjatning asosiy vazifasi hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko’zlab, yerdan ilmiy asoslangan tarzda oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, tabiiy muhitni asrash va yaxshilash, xo’jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek, bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat.
“Yer kodeksi” quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:

 eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi

tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish;
 yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda

foydalanishni ta’minlash;

 qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan yerlarning, eng avvalo, sug’oriladigan yerlarning alohida muhofaza etilishini, kengaytirib

borilishini hamda ulardan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanishni

ta’minlash;

  • qishloq xo’jaligi yerlarining unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishni davlat yo’li bilan va boshqa tarzda qo’llab-quvvatlash;

  • yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash;

  • yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilmaxilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini ta’minlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish;

  • yerdan foydalanganlik uchun haq to’lash;

  • yerlarning holati haqidagi axborotning to’liq bo’lishini hamda

undan erkin foydalanishga yo’l qo’yilishini ta’minlash.

O’zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 8-moddasiga muvofiq, respublikamiz yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko’ra quyidagi toifalarga bo’linadi:

  1. qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar – qishloq xo’jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo’ljallangan yerlar. Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar sug’oriladigan va sug’orilmaydigan (lalmikor) yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko’p yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga bo’linadi;

  2. aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari – shaharlar va posyolkalar, shuningdek, qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar;

  3. sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo’ljallangan yerlar – ko’rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;

  4. tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo’ljallangan yerlar – alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega bo’lgan yerlar, shuningdek, ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar;

  5. tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar – tarixiy-madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar;

  6. o’rmon fondi yerlari – o’rmon bilan qoplangan, shuningdek, o’rmon bilan qoplanmagan bo’lsa ham, o’rmon xo’jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar;

  7. suv fondi yerlari – suv obyektlari, suv xo’jaligi inshootlari egallagan yerlar va suv obyektlarining qirg’oqlari bo’ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;

  8. zaxira yerlar.

O’zbekiston Respublikasining “Davlat Yer kadastri” 1998-yilning 28-avgustida qabul qilingan bo’lib, mazkur qonunning maqsadi davlat yer kadastri yuritishning, iqtisodiyotni rivojlantirish, yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarning kafolatlarini ta’minlash, yerlardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish uchun kadastr ma’lumotlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilashdan iborat.
Davlat yer kadastri. Davlat yer kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, u yerlarning tabiiy, xo’jalik, huquqiy tartibi, toifalari, sifat xususiyatlari va qiymati, yer uchastkalarining o’rni va o’lchamlari, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o’rtasidagi taqsimoti to’g’risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir.
Davlat yer kadastri yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarning davlat ro’yxatidan o’tkazilishini, yerlarning miqdori va sifatining hisobga olinishini, tuproq bonitirovkasini, yerlarning qiymat bahosini, shuningdek, yer kadastriga doir axborotlarni bir tizimga solinishini, saqlanishini va yangilab turilishini o’z ichiga oladi.
Davlat yer kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:



mamlakatning butun hududini to’la qamrab olish;



fazoviy koordinatlarning yagona tizimini qo’llash;



yer kadastriga doir axborotlar ishlab chiqish uslubiyotining

birligi;


yer kadastriga doir axborotlarning to’g’ri bo’lishi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5yanvardagi 8-sonli “Qishloq xo’jaligi korxonalarini fermer xo’jaliklariga aylantirish to’g’risida”gi qaroriga asosan 2004-yildan respublikamizda fermerchilikni keng targ’ib etish davri boshlandi. 2004-2007-yillar davomida respublikamizning barcha hududlarida shirkat xo’jaliklari to’liq tugatilib, ular negizida fermer xo’jaliklari tashkil etildi. Biroq fermer xo’jaliklari faoliyatini chuqur tahlil qilish ishlari natijasida tashkil etilgan fermer xo’jaliklari faoliyatida bir qator yechimini kutayotgan masalalar mavjudligi ma’lum bo’ldi.
Ushbu muammolarni hal etish maqsadida 2008-yilning
6-oktabrida Prezidentimiz tomonidan F-3077-sonli “Fermer xo’jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan maqbullashtirish jarayonini tahlil qilish natijalari, fermer xo’jaliklari aylanma mablag’larining oshganligini, yer uchastkalari, mineral o’g’itlar, qishloq xo’jalik texnikalari va boshqa moddiy resurslardan samarali foydalanishga olib kelganligini ko’rsatdi.
Hozirgi vaqtda respublikada alohida o’rin tutgan agrar sohani yanada isloh qilish, yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, tiklash (qayta tiklash) va oshirishni ta’minlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonlarini hamma sohalarda rivojlantirish muhim omil bo’lib, davlatimiz yer siyosatining asosiy qismini tashkil qiladi.
Tuproqlardan ilm-fan tavsiyalari asosida oqilona foydalanish, uning muhofazasini to’g’ri ta’minlash, uning unumdorligini oshirishda yangi texnologiyalarni joriy qilish, shak-shubhasiz, qishloq xo’jaligi rivojlanishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Tuproq tarkibini har tomonlama yaxshilash, hosildorligini va iqtisodiy samaradorligini oshirish tuproqning kelgusidagi rivojining muhim masalalaridan biridir.
Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirishni zamon talablari darajasida yo’lga qo’yish muhim ahamiyatga egadir. Jumladan, sho’rlangan yerlarni yuvish, kollektor-drenaj va suv tizimlarini tozalash, yerosti suvlari balansining buzilishi, ularning yer yuzasiga ko’tarilishi, ekin ekish texnologiyasi va hokazolarni inobatga olgan holda yer va suv resurslaridan maqsadli foydalanish me’yorlariga rioya qilish eng muhim ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
Xususan, respublikamiz viloyatlari va tumanlari sug’oriladigan yerlarida o’tkazilgan tuproq-baholash ishlari natijalari fermer xo’jaliklari va boshqa yerdan foydalanuvchilar tuproqlari holatida ijobiy o’zgarishlar yuz berib, ularning bonitet ballari ortib borayotganligini ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 14-moddasida Yer monitoringi yer tarkibidagi o’zgarishlarni o’z vaqtida aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer fondining holatini kuzatib turish tizimidan iborat ekanligi ta’kidlangan.
Davlat yer kadastrini yuritishni, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni, yerlarni muhofaza qilishni axborot bilan ta’minlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi8.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasida Yer monitoringi nizomini tasdiqlash to’g’risida”gi 496-sonli qarori asosida respublika qishloq xo’jaligi yerlari tuproqlari monitoringi tadqiqotlari muntazam ravishda amalga oshirib boriladi.
Yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni rag’batlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 28-moddasiga muvofiq, yer uchun haq to’lash belgilangan. O’z egaligida va foydalanishida hamda mulkida yer uchastkalari bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar yer uchun haq to’laydilar. Yer uchun haq har yili to’lanadigan yer solig’i shaklida olinadi, uning miqdori yer uchastkasining sifatiga, joylashishiga va suv bilan ta’minlanish darajasiga qarab belgilanadi. Yer solig’ining stavkalari, uni hisoblash va to’lash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Yer uchastkalari ijaraga berilganda yer uchun haq ijara haqi shaklida olinadi, uning miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq belgilanadi, lekin u yer solig’i stavkasining bir baravaridan kam va uch baravaridan ko’p bo’lmasligi kerak, yerdan qishloq xo’jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan taqdirda yer solig’i stavkasining bir baravari miqdorida bo’ladi.
Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonun hujjatlari talablariga rioya etishlarini ta’minlashdan iboratdir.
Yer va tabiatni muhofaza qilish haqidagi qonun hujjatlari buzilgan holda O’zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi”ning tegishli moddalariga binoan ma’muriy choralar ko’riladi va O’zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 14-bobida belgilangan tartibda ko’rsatmalar berilgan. Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organlar va mansabdor shaxslar o’z faoliyatlarining to’g’ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladilar9.
90-modda. Yer to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan amalga oshirilgan yer uchastkalari oldi-sotdisi, ularni hadya qilish, garovga qo’yish (yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan, kimoshdi savdosi asosida olingan shunday huquqni, shuningdek, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qo’yish bundan mustasno), yer uchastkalarini o’zboshimchalik bilan ayirboshlash haqiqiy emas deb hisoblanadi. Bunday bitimlarni amalga oshirishda aybdor shaxslar qonunga binoan javobgar bo’ladilar.
Quyidagi holatlarda ham aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar:

  • yerlardan belgilangan maqsadda foydalanmaganlikda;

  • yer uchastkalarini o’zboshimchalik bilan egallab olganlikda;

  • qishloq xo’jaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlikda, ularni kimyoviy va radioaktiv moddalar, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlar bilan ifloslantirganlikda;

  • yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan obyektlarni joylashtirganlikda, qurganlikda, loyihalashtirganlikda, foydalanishga topshirganlikda;

  • yerlardan foydalanishning tabiatni muhofaza qilishga oid talablarini bajarmaganlikda;

  • vaqtincha egallab turilgan yerlarni qaytarish muddatini buzganlikda yoki yerlarni belgilangan maqsadda foydalanishga yaroqli holatga keltirishga oid majburiyatlarni bajarmaganlikda;

  • yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarga va mulkdorlarga qarashli yer uchastkalarining marza belgilarini yo’q qilganlikda;

  • davlat yer kadastri ma’lumotlarini buzib ko’rsatganlikda;

  • o’zboshimchalik bilan pichan o’rganlikda va chorva mollari boqqanlikda;

  • yovvoyi o’tlar va zararkunandalarga qarshi kurash choralarini ko’rmaganlikda;

  • yerlardan xo’jasizlarcha foydalanganlikda, yerlarning holatini yaxshilash hamda tuproqni suv va shamol eroziyasidan va tuproq holatining yomonlashuviga olib keladigan boshqa jarayonlardan saqlash majburiyatlarini bajarmaganlikda;

  • yer uchastkalari berish to’g’risidagi arizalarni ko’rib chiqishning belgilangan muddatlari va tartibini buzganlikda.

86-modda. Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zarar o’rnini qoplash.
Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararning o’rni (shu jumladan, boy berilgan foyda) quyidagi hollarda to’la hajmda qoplanishi kerak:

– yerlar olib qo’yilgan, qayta sotib olingan yoki vaqtincha




egallab turilganda;

– davlat qo’riqxonalari, zakazniklar, milliy tabiat bog’lari, tabiat yodgorliklari, madaniy-tarixiy yodgorliklar, suv havzalari, suv




ta’minoti manbalari, kurortlar tevaragida, daryolar, kanallar, suv tashlamalari, yo’llar, truboprovodlar, aloqa liniyalari va elektr uzatish liniyalari bo’ylab muhofaza, sanitariya va ihota zonalari belgilanishi

munosabati bilan ularning huquqlari cheklanganda;

– suv havzalari, kanallar, kollektorlar, shuningdek, qishloq xo’jaligi ekinlari va dov-daraxtlar uchun zararli moddalar chiqaradigan boshqa obyektlar qurish va ulardan foydalanishning

ta’siri hamda yuridik va jismoniy shaxslarning hosil kamayishiga va

qishloq xo’jaligi mahsulotining sifati yomonlashuviga olib boradigan boshqa xatti-harakatlari oqibatida yerlarning sifati yomonlashgan taqdirda.

Zararning o’rni olib qo’yilayotgan yer uchastkalari ajratib beriladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan, shuningdek, faoliyati yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlarining huquqlari cheklanishiga yoki yaqin atrofdagi yerlarning sifati yomonlashuviga olib borgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
87-modda. Qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o’rnini qoplash.
Qishloq xo’jaligi va o’rmon xo’jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining qoplanishi lozim bo’lgan o’rni, miqdori va uni aniqlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Jamiyat va tabiatning o’zaro munosabatlari uch guruhga bo’linadi. Bular: tabiatdan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash. Munosabatlarning ushbu guruhlari nuqtayi nazaridan tuproq va yerdan oqilona foydalanish va muhofaza qilish masalalari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari me’yoriy-huquqiy hujjatlari, shuningdek, turli yo’riqnoma hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Mamlakatimizda 8 % sug’oriladigan yerlar irrigatsion eroziyaga moyildir. Sug’oriladigan yerlarning 15 %i tuproq ko’chishiga moyil. Buning sababi sug’orish kanallarining o’pirilishi hamda sath qiyaligi muhim bo’lgan dashtlarda boshqa tartibsiz yo’nalishli irrigatsion suvlarning kelishidir.


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə