9-mavzu. Yer: joylashishi va undan ko’p maqsadli foydalanish



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə1/8
tarix29.06.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#90230
  1   2   3   4   5   6   7   8
9-mavzu. Yer joylashishi va undan ko’p maqsadli foydalanish

9-mavzu. Yer: joylashishi va undan ko’p maqsadli foydalanish


reja:

9.1. Yer ajratish iqtisodiyoti


9.2. Yerdan yaroqsiz foydalanish va qayta baholash
9.3. Yerlarni himoya qilish vositalari
Tayanch so`zlar : inson hayoti,davomiyligi,ta’minlashda,yer qobig’I,hisoblangan litosfera,qatlami,alohida o’rni,ahamiyati,resurslarini muhofaza,foydalanish,asosiy
Qo`llaniladigan pedogogik texnologiyalar: “Blits so`rov”, “Aqliy xujum”, «Bumerang» usullari.


9.1. Yer ajratish iqtisodiyoti
Inson hayotining paydo bo’lishi, insonning kundalik iste’molidagi noz-u ne’matlarning yaratilishi, ishlab chiqarish tarmoqlari va xizmat ko’rsatish sohalarining shakllanishi, inson hayotining davomiyligini ta’minlashda yer qobig’i hisoblangan litosfera qatlamining alohida o’rni va ahamiyati mavjud. Shu jihatdan yer va yer resurslarini muhofaza qilish hamda uni ko’z qorachig’iday asrash barcha davrlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Litosfera deb, yerning qattiq qobig’iga aytiladi. Bu qobiqning yuzasi o’zining o’ta notekisligi bilan ajralib turadi. Litosferaning eng past va eng yuqori qismigacha bo’lgan farq 19870 m ni tashkil qiladi. Litosfera yuzasining katta qismi okean va dengizlar bilan qoplangan. Uning quyi chegarasi (qalinligi) taxminan 40 km dan 100 km gacha bo’lgan oraliqni o’z ichiga oladi.
Materiklar hajmi Yu.M.Shatalskiy hisob-kitobiga ko’ra, (okeanlar sathiga nisbatan hisoblanganda) okeanlar hajmidan 12,7 marta kichik.
Litosferaning kimyoviy tarkibi to’g’risida xulosa chiqarishda uning 16-25 km chuqur qismiga olingan ma’lumotlarga asoslaniladi. Uning chuqur qismidan namunalar olish va tadqiq etishning hozircha imkoniyati yo’q. Undan chuqur qismida harorat 1450 oC va tog’ jinslari bosim 3000 atmosferadan kam emas.
Litosfera sathi 510 mln. km2 ga teng. Quruqlikning 15 % qismida insonlar hayot kechiradilar, 20 %i dasht-yaylovlari va tog’ yonbag’irliklari, 27 %i qumlik sahrolar va 13 %i baland tog’liklardan iborat. Respublikamizning umumiy maydoni 45 mln. ga bo’lib, shundan 29 mln. ga cho’l-dashtlar, 2,2 mln. ga yaylovlar, 6 mln. ga nuragan maydonlar, 4,2 mln. ga sug’oriladigan ekin maydonlari, qolgan qismi tog’liklardan iborat. Yer po’stlog’i litosferaning eng ustki qobig’i bo’lib, uning qalinligi okeanlar tubida 5-7 km ni, quruqlikda esa 50-70 km ni tashkil qiladi. Yer po’stlog’ini tashkil qiluvchi tog’ jinslari o’zlarining hosil bo’lishiga ko’ra 3 ta katta guruhga bo’linadi:

  1. magmatik yoki magma ta’sirida hosil bo’lgan jinslar;

  2. cho’kindili magmatik va boshqa jinslarni bir joydan ikkinchi joyga

borib yig’ilishidan hosil bo’lgan jinslar;
d) metamorfik magmatik va cho’kindi jinslarning yuqori harorat va
yuqori bosim ta’siri ostida qayta kristallanishidan hosil bo’lgan jinslar.
Litosferaning quyi qobiqlari ham o’z navbatida quyidan yuqoriga qarab bazaltli, granitli va cho’kindi jinslarga bo’linib, bular Yer tarixida biridan ikkinchisini hosil qilib boradi.
Litosfera ba’zan plita deb ham ataladi, u atmosfera yuzasi bo’ylab gorizontal yo’nalishda harakat qilib siljib turadi. Natijada ular bir-biridan uzilib qolishi yoki bir-birlari ustiga chiqib ketishi hollari ham uchraydi. Bir-biridan uzoqlashgan plitalar tagida turtib chiqib, okean oralig’i tog’larini hosil qiladi. Litosfera ichiga kirib borgan sari haroratning o’zgarishi ham turlicha.
Yerning litosfera qobig’i shu sayyorada yashovchi barcha organizmlarning yashashi uchun muhim omillardan biri hisoblanadi. Kishilik jamiyatining taraqqiyoti, sanoat, energetika tarmoqlari, qishloq xo’jaligi va umuman barcha tarmoqlarni rivojlantirishda litosferaning va unda tarqalgan tabiiy resurslarning roli beqiyosdir. Litosferani ekologik muhitlarning biri sifatida o’rganish u bilan bog’liq bo’lgan inson ehtiyoji uchun zarur xomashyolardan oqilona foydalanish va ularni himoya qilish kunning dolzarb masalasidir.
.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə