8-Mavzu: Mikroevolyutsiy haqida tushuncha. Режа


Migratsiyaning evolyutsiyadagi ahamiyati



Yüklə 26,3 Kb.
səhifə3/3
tarix30.12.2023
ölçüsü26,3 Kb.
#165800
1   2   3
8. Mikroevolyutsiy haqida tushuncha (1)

2. Migratsiyaning evolyutsiyadagi ahamiyati
Bir turga kiradigan populyatsiyalar tabiatda batamom bir-biridan alohidalashmagan. Shuning uchun bir populyatsiyadagi organizmlarning o‘z arealidan chiqib, ko‘chib yurishi tabiiy bir holdir. Tirik organizmlarning ko‘chishi ekologiyada ham, evolyutsion ta’limotda ham keng qo‘llaniladi va ahamiyatlidir. Ekologiyadagi bunday ko‘chishlarning evolyutsion roliga ahamiyat berilmaydi.
Organizmlarning ko‘chib yurishi kundalik va mavsumiy bo‘ladi. Masalan, umurtqali hayvonlar, bo‘g‘imoyoqlilarning yuksak darajada rivojlangan vakillari ozuqa topish uchun harakatlanadi, ko‘chib yuradi. Baliq va qushlar yashash sharoiti qulay bo‘lgan joylarga mavsumiy ko‘chib yuradi.
Evolyutsiya nazariyasi nuqtai nazaridan tirik organizmlarning ko‘chishi (migratsiyasi) keng ma’noda, ya’ni bir populyatsiyaga kiradigan organizmlar bilan chatishtishi natijasida, genofondining o‘zgarishi, hatto yangi tur hosil bo‘lishi uchun asos bo‘lishi tushuniladi.

Alohidalanish (izolyatsiya) evolyutsiya jarayonning dastlabki faktori sifatida

Alohidalanish deyilganda turlarning yoki populyatsiyalarning biologik va geografik jihatdan bir-biridan ajralib turishi tushuniladi. Ajratib turuvchi faktorlar esa izolyatlar deyiladi.
Evolyutsiya jarayonida alohidalanish organizmlarning osonlik bilan chatishishini bartaraf etishga, populyatsiya va turlarga mansub organizmlardagi farqning ko‘payishi va mustahkamlanishiga qaratilgan. Farqlarning mustahkamlanishi esa o‘z navbatida yangi populyatsiya va tur shakllanishiga olib keladi.
Alohidalanishning ikkita turi bor:
1. Territorial yoki geografik alohidalanish
2. Biologik alohidalanish

Mavzuni o‘zlashtirish yuzasidan topshiriqlar va savollar



  1. Mikroevolyutsiya bu...

  2. Tur tushunchasining ta’rifi

  3. Tur tushunchasining rivojlanish tarixi

  4. Bobur ijodida tur masalasi

  5. Tur mezonlari

  6. Turning genetik va embriologik mezonlarini hozirgi holati va istiqbollari

  7. Agam va klonal formalarda tur tushunchasining o‘ziga hosligi

  8. Turning tarkibi haqida

  9. Geografik o‘zgaruvchanlik haqida

  10. Klinal o‘zgaruvchanlik haqida

  11. Duragay zonasi haqida

  12. Yashash uchun kurashning mazmuni

  13. Yashash uchun kurashning turlari

  14. Yashash uchun kurashning evolyutsion ahamiyati

  15. Eliminatsiyaning mazmuni

  16. Eliminatsiyaning turlari

  17. Eliminatsiyaning evolyutsion ahamiyati

  18. Tabiiy tanlanishning mazmuni

  19. Tabiiy tanlanish evolyutsini harakatlantiruvchi kuch sifatida

  20. Tabiiy tanlanishning samaradorligi va tezligi

  21. Tabiiy tanlanishning turlari va ularning mazmuni

  22. Tabiiy tanlanishning ijodiy ahamiyati

  23. Jinsiy tanlash turlari va ularning ahamiyati

  24. Moslanish tabiiy tanlanish ekanligi

Yüklə 26,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə