7-Mavzu: Buxoro amirligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti


Buxoro amiri huzurida yuqori lavozimdagi mansabdorlar bilan birga quyi amaldagi mansabdorlar ham mavjud bo‘lgan. Amir farmonlarini



Yüklə 33,04 Kb.
səhifə3/4
tarix29.03.2023
ölçüsü33,04 Kb.
#103541
1   2   3   4
Buxoro amirligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti.

Buxoro amiri huzurida yuqori lavozimdagi mansabdorlar bilan birga quyi amaldagi mansabdorlar ham mavjud bo‘lgan. Amir farmonlarini yetkazuvchi parvonachi, amirga doimo hamroh bo‘lib yuruvchi hidoyachi, amir maslahatchisi va xorijiy mehmonlarni kutib oluvchi shig‘ovul, amir osoyishtaligi va tinchligini muhofaza qiluvchi tongotar (tunqator), amirga qaratilgan salom va ta’zimlarni qabul qiluvchi javobgar salom og‘asi, amir dasturxoniga javobgar dasturxonchi, amir safari chog‘ida nomozga chorlovchi imomi jilov, amir safari chog‘ida qonun bilan shug‘ullanuvchi mufti jilov, amir maslahatchilari guruhi jam’og‘a kabilar shular jumlasidan. Amirga bo‘lgan sadoqati va xizmati uchun alohida shaxslar dodhoh,inoq, to‘qsabo,otaliq, eshikog‘asi kabi unvonlarga ega bo‘lganlar. XVIII-XIX asrning birinchi yarmida amirlikda eng oliy diniy mansab shayxulislom hisoblangan. Ammo,bu davrda uning vazifalari ancha toraygan edi. XIX asr o‘rtalaridan boshlab shayxulislom o‘rnini qozikalon egallaydi. Yuqorida eslatilgan amir huzuridagi kengashda din vakillaridan qozikalon, shayxulislom, naqib va rais qatnashgan. Amir Muzaffar davridan boshlab amirlikdagi barcha huquqiy normalar qozilar tomonidan hal qilingan. Barcha fuqarolik,xo‘jalik va jinoiy ishlar Qur’on asosida ko‘rib chiqilgan hamda jazolar tayinlangan. Qozilar amir irodasiga ko‘ra qozikalon tomonidan tayinlangan. Shariat bo‘yicha boshqaruv qozilar qo‘lida bo‘lgan. Qozikalon amirlik poytaxtining bosh qozisi bo‘lishi bilan birga, davlatdagi boshqa qozilar boshlig‘i hisoblangan. Amirlikda rasman uchta diniy unvon – o‘roq, sudur va sadr mavjud bo‘lgan. Manbalarga ko‘ra, madrasani tugatgan shaxs mulla, qozi, rais amallarini egallashi mumkin bo‘lgan
Buxoro amirligidagi unvon va mansablar
Xon (Amir)
A’anaga ko‘ra, vaqf yerlari asosan diniy muassasalar – masjidlar, mozorlar, xonaqo, madrasalarga yer maydonlarini meros qoldirish hamda xayr-ehson qilish natijasida vujudga kelgan bo‘lib, u yer egaligining alohida shaklini tashkil etgan. Ushbu yerlardan tushgan foyda mutavalli ixtiyoriga kelib tushgan. Mutavalli asosan vaqf egalari avlodlaridan tayinlangan bo‘lib, u vaqf hujjatlariga asoslanib foydani taqsimlab chiqqan. Amirlikda vaqf yerlarini sotish, bunday yerlardan soliq olish taqiqlangan bo‘lsada, manbalar va hujjatlar bunga amal qilinmaganligini ko‘rsatadi.
Qo‘shbegi, denvonbegi, otaliq
Saroy unvonlari va amallari
Harbiy amaldorlar
Diniy unvon va mansablar
Parvonachi Dasturxonchi Xazinachi Udaychi Darband Tunqator Shig‘ovul Salomog‘asi Bakovul Qutlov Mahram Ponsadboshi Sharbatdor Mo‘zabardor Kitobbardor Bo‘xchabardor Oftobachi va boshqalar
Shayxulislom Qozikalon Qozi Naqib A’lam Oxun Qozi askar Mufti askar Mufti Rais Mudarris Bosh imom Imom Muazzin
Oliy darajali: Inoq Dodxoq Mingboshi To‘qsabo To‘pchiboshi
O‘rta darajali: Chig‘atoy begi Eshik og‘asi Miroxo‘r Yuzboshi Ellikboshi Quyi tabaqa: Qorovulbegi Dahboshi Mirzaboshi Chuhra og‘asi Sarboz
Faqat hojilar va sayidlarga beriladigan unvon va amillar:
Naqib Fayzi Miri ast Sudur Sadr O‘roqi kalon O‘roqi xurf
Amir Nasrullo davridan boshlab yer egaligining tanho shakli tarqaladi. Nasrullo o‘ziga bo‘ysunmagan amaldorlar va urug‘ oqsoqollarining yerlarini musodara qilib, bunday yerlarni vaqtincha egalik qilish huquqi bilan o‘z tarafdorlariga hadya(tanho) qilgan. Amir Muzaffar davridan boshlab tanho tog‘li hududlarga ham yoyiladi. Tanho turli hajmda(bir necha tanobdan bir necha yuz tanbogacha) berilgan bo‘lib, tanhoning berilish miqdori eng avvalo, yerning sug‘orilishi, yerning unumdorligi, qolaversa, amaldorning egallagan mavqei va ta’siriga ham bog‘liq bo‘lgan. Dehqonchilik va chorvachilik Buxoro amirligi iqtisodining asosiy tarmoqlari hisoblangan. Aholining sakson besh foizi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganligi ham fikrimiz dalilidir. Amirlikda XVIII asrning oxirlaridan boshlangan iqtisodiy yuksalish,avvalo dehqonchilikning tiklanishi bilan izohlanadi. An’anaga ko‘ra, sug‘oriladigan hamda lalmikor yerlarda dehqonchilik sohasida bug‘doy, arpa, jo‘xori, poliz va sabzavot ekinlari yetishtirishga katta e’tibor qaratilgan. uzumchilik va bog‘dorchilik ham yaxshi rivojlangan. Manbalarga ko‘ra, amirlikda uzumning 10 dan ortiq navlari yetishtirilgan. Amirlikda sholikorlik ham yaxshi taraqqiy etgan. Nisbatan sifatli sholi Shahrisabz, Kattaqo‘rg‘on va Hisor vohalarida yetishtirilgan. Shahrisabz va Hisor sholikorlari amirlikning poytaxti Buxoroni doimiy ravishda sifatli guruch bilan ta’minlab turganlar. Amirlikda XIX asrning boshidan boshlab Rossiyaga ko‘p miqdorda paxta sotilishi natijasida paxtachilikka e’tibor kuchaytirilgan. Rus manbalariga ko‘ra, Buxoro amirligining ―Qashqadaryo vohasi, Surxondaryo vohasida, Yakkabog‘, Kitob, Chiroqchi, Qarshi, Shahrisabz, G‘uzor, Termiz, Sherobod, Hisor tumanlarida paxta katta miqdorda yetishtiriladi. O‘rta Osiyo xonliklari ichida Buxoro paxtasi alohida diqqatga sazovor bo‘lib, u ancha qimmat turadi. Shariatda chekish ta’qiqlanganligiga qaramasdan, Qarshi va Miyonqol vohalarida tamaki yetishtirish rivojlangan. Qarshi tamakisi eng sifatli tamaki hisoblangan. Undan tashqari amirlikda ipakchilikning rivojlanishiga ham katta e’tibor qaratilgan. Buxoro vohasi, Zarafshon vodiysi, Karmana, Shahrisabz, Kitob, Miyonqol, umuman, suv ko‘p bo‘lgan barcha hududlarda tut daraxtlari nihoyatda ko‘p o‘stirilgan. Buxoroda va boshqa yirik shaharlarda toza ipak va yarim ipakdan turli xil matolar tayyorlangan. Suniy yer solig‘idan tashqari yer egalari har bir tanob bog‘ yoki tomorqadan maxsus tanob puli va yem-xashak yetishtiradigan yerlardan alaf puli olingan. Amirlikdagi yana muhim soliqlardan biri – zakot edi. Zakot davlatning mol-mulkdan oladigan solig‘i bo‘lib, mol-mulk narxining qirkdan bir hajmida undirilgan. Bu soliqning eng daromadli tomoni mahsulotlarga soliq solish, shuningdek, savdogarlarning mahsulot uchun olib kelgan pullariga soliq solish bo‘lgan. Zakot mahsulotlardan bir necha marta undirib olingan. Chorvachilik tumanlarida zakot mahsulot ko‘rinishida (beshta tuyadan bitta quy yoki echki, qirqta quydan bitta quy yoki echki kabi) undirilgan. Urushlar davrida favqulodda soliq – jul undirilgan. Undan tashqari savdo-sotiqdan dalloli, boshqa viloyatlar va davlatlardan olib o‘tilayotgan mahsulotlar uchun boj, daryodan mahsulotni qayiqda olib o‘tgani uchun suv puli, bozordagi savdo joyi uchun puli taxtajoy, bir juft omoch tortadigan ot yoki ho‘kiz uchun yaksara (bir botmon g‘alla), omoch tortadigan bitta ot yoki ho‘kiz uchun nimsara (yarim botmon g‘alla) kabi soliqlar olingan. XVIII asrning oxirlariga kelib amirlikda iqtisodiy hayotning birmuncha yuksalishi madaniy hayotga ham ta’sir etmasdan qolmadi. Ayniqsa,ilgarigi davrlarda shakllangan maktab va oliy ta’lim beruvchi madrasalar faoliyati bu davrda ancha yuksaladi. Boshlang‘ich ta’lim beruvchi maktablar amirlikning barcha yirik qishloqlarida, shaharlarining barcha mahallalarida iavjud bo‘lib, bu maktablarda bolalarning dastlabki savodi chiqarilgan. Maktablarda arab alifbosida savod chiqarilib, qur’onning dastlabki oyatlari yodlatilgan. Shariatga oid dastlabki saboqlar berilgan. Madrasalar amirlikning barcha shaharlarida mavjud edi. Madrasalarda o‘qitish igarigi davrlarda bo‘lganidek uch boqichda, 1) past qadam, 2) miyona (o‘rta) qadam va 3) peshqadamda amalga oshirilib, yetti yil davom etgan. Madrasa o‘qituvchilari-mudarrislar va boshqa xizmatchilar maoshlari, talabalar nafaqalari, kutubxona xarajatlari, ta’mirlash ishlari va boshqalarga ketadigan mablag‘lar vaqf yerlaridan keladigan foyda hisobidan qoplangan. Madrasalar odatda hukmdorlar, amaldorlar, nufuzli shaxslar, yirik din peshvolari va savdogarlar tomonidan ko‘p hollarda pishiq g‘ishtdan ikki qavatli qilib qurilgan. Ularning birinchi qavatida machit,qiroatxona va kutubxonalar, ikkinchi qavatida esa talabalar yashaydigan hujralar joylagan. Madrasa talabalari diniy bilim bo‘lgan Qur’oni Karim, fiqh, shariat asoslari, diniy-axloqiy adabiyotlar bilan birga til, adabiyot tarix, falakiyot, mantiq, falsafa, xandasa(matematika) kabi dunyoviy va aniq fanlardan ham ta’lim olganlar. Shunga qaramasdan, bu davrda madrasalarda diniy-axloqiy ta’limga asosiy e’tibor qaratilib, dunyoviy ta’lim berish nisbatan orqada qolgan edi.

Yüklə 33,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə