7-Mavzu: Buxoro amirligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti


Buxoro amirligi aholisining hududiy joylashuvi



Yüklə 33,04 Kb.
səhifə2/4
tarix29.03.2023
ölçüsü33,04 Kb.
#103541
1   2   3   4
Buxoro amirligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti.

Buxoro amirligi aholisining hududiy joylashuvi
Hududlar (vodiy va vohalar) Istiqomat qiluvchi aholi soni (taxminan)
Foiz hisobida
Zarafshon vohasida 700.000 31.8 %
Qashqadaryo vohasida 500.000 22.2 %
Qizilqum va Yaksuv bo‘yidagi vohalarda 225.000 12.0%
Amudaryo bo‘yidagi vohalarda (Surxonning quyilishidan to Chorjo‘ygacha) 300.000 14.0 %
Qolgan hududlarda 430.000 20.0 %
Butun amirlik bo‘yicha 2.155.000 100.0 %
Buxoro amirligi aholisining yashash tarzi bo‘yicha taqsimoti
Aholining yashash tarzi
Aholi soni Foizda
O‘troq aholi 1.399.606 65.0
Yarim ko‘chmanchi aholi 322.986 15.0
Ko‘chmanchi aholi 430.648 20.0
Jami 2.153.240 100.0
Buxoro amirligi aholisning xo‘jalik yuritish bo‘yicha taqsimoti
Aholining xo‘jalik yuritish tarzi
Aholi soni Foizda
Dehqonchilik va chorvachilik 1.830.254 85.0
Hunarmandchilik va savdo 215.324 10.0
Doimiy xo‘jalik ish yuritishga ega bo‘lmaganlar 107.662 5.0
Jami 2.153.240 100.0
Buxoro amirligi aholisining etnik tarkibi
Etnik guruhlar Jami aholiga nisbatan foiz hisobida
Aholi soni
Turkiy xalqlar 85.0 1.830.254
Eroniy xalqlar 12.0 258.389
Boshqa elatlar 3.0 64.597
Jami 100.0 2.153.240
Shuningdek amirlik hududida hindlar, eroniylar, yahudiylar, lo‘lilar, afg‘onlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va qalmiqlar ham istiqomat qilganlar. Buxoro amirligida istiqomat qilgan nomahalliy xalqlar,jumladan hindlar va yahudiylar ijtimoiy qatlam sifatida to‘la huquqga ega emas edilar va ular alohida mavzelarda yashaganlar. Amirlikda o‘troq aholidan tashqari tog‘ oldi va dasht hududlarda ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi ham yashagan. Davlat boshqaruvi tizimi. Buxoro amirligida XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab mang‘itlar sulolasining vakillari hukmronlik qiladilar. Sulola hukmronligining asoschisi Rahimbiy ibn Hakimbiy biroz muddat (1747 yildan keyin) Abdulfayzxonning o‘g‘illariga otaliq bo‘lgan bo‘lib, 1756 yilda sayidlar, xo‘jalar va ruhoniylar tomonidan Buxoro taxtiga o‘tqaziladi. Rahimbiy xon unvonini olmasdan o‘zini ―noib ul-hukumat (―hokim o‘rinbosari) deb bilgan. Doniyolbiy otaliq ham xonlikka da’vo qilmay avval Fozilto‘rani, keyin esa Abdulg‘oziyni(1758-1784 yy.) xon deb e’lon qilib, o‘zi ularga noib hisoblangan. Shohmurod 1785 yilda Buxoroda ―amir unvoni bilan taxtga o‘tiradi. Buxoro amirligining siyosiy tizimi, idora etish tartib-qoidalari, davlat ramzlari, unvon va mansablar haqida ko‘pgina olimlar tadqiqot ishlari olib borganlar. Ushbu tadqiqotlarning tahlillari shuni ko‘rsatadiki, mang‘itlar hukmronligi davrida davlat tizmida jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirilmagan. Buxoro xonlari butunlay mang‘itlarning o‘zbek toifasidan bo‘lgan. Buxoro podshohlarini o‘zbek odatlariga ko‘ra, to‘shakcha ustiga tabarrukona o‘tqazib, sayyidlar, xo‘jalar va mullolar uni yerdan ko‘taradilar. Buxoro mamlakati 28 ta viloyat (bog‘ot)ga bo‘linar edi. Eng katta viloyatlarga amirning o‘zi hokimlarni tayinlar edi. Bu viloyatlarga Nurota, Qorako‘l, Boysun, Hisor, Dehnov, Qo‘rg‘on, Boljuvon, Ko‘lob, Qubodiyon, Darvoz, Ro‘shon, Samarqand, Miyonqol, Farob, Urmeton va Maschohlar kirar edi. Valiahdga qarashli mulk Qarshi hisoblanar edi. Buxoro amirligida davlat mutlaq qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatga ega bo‘lgan amir tomonidan boshqarilar edi. Davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy,diniy va boshqa masalalar Buxorodagi bosh qarorgoh – Arkda ko‘rib chiqilgan hamda hal etilgan. Bosh qarorgoh hisoblangan Arkda amir va uning oilasidan tashqari qo‘shbegi, shig‘ovul, to‘pchiboshi, mirzaboshi kabi saroy amaldorlari o‘z oilalari va xizmatkorlari bilan yashagan. Amirlikning ma’muriy tuzilishidagi eng quyi bo‘g‘in qishloq jamoalari bo‘lib, ularni oqsoqollar boshqargan. Xullas, Buxoro amirligi rus istilosiga qadar hozirgi O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalarining katta qismini o‘z ichiga olgan O‘rta Osiyodagi yirik davlat edi.

Yüklə 33,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə