6-Amaliy. Har xil turdagi devorlarni remont qilish, darz va yoriqlarni yamash


Yirik panelli devorlarni ta’mirlash



Yüklə 67,96 Kb.
səhifə5/5
tarix19.09.2023
ölçüsü67,96 Kb.
#122608
1   2   3   4   5
6-Mavzu

5. Yirik panelli devorlarni ta’mirlash

Panel devorlarning asosiy kamchiligi ularning tashqi tomondan muzlashidir. Bundan tashqari yana quyidagi kamchiliklar uchraydi:

  • darzlar;

  • singan, ko’chgan joylar (chig’anoqlar):

  • panellarning qatlamlarga ajralib ketishi;

  • himoyalovchi qoplamalarning beton qatlami bilan ko’chishi:

  • armaturaning chiqib qolishi:

  • birikuvlarning germetikligi buzilishi;

  • betonning buzilishi va b.

Darzlar PVA emulsiyasi qo’shilgan tsement-qum qorishmasi bilan ishqab berkitiladi.
Panellarning ichki tomondan qatlamlarga ajralib ketish hollari quyidagicha bartaraf etiladi:
tortib qo’yuvchi bolllar bilan;
teshiklarga mixcho’plar (nagel) qoqish bilan;
mixlar bilan mahkamlangan melall ro’r ustidan qorishma ishtirokida suvash bilan.
Armaturaning ochilib qolgan tserjenlari kesib tashlanadi. Panel devorlarni kuchaytirish ta’mirlashning eng murakkab turi bo’lib, bu ish har bir muayyan vaziyatda individual hal qilinadi. Biroq metall tirgaklar yordamida kuchaytirish umumiy loyihaviy yechim hisoblanadi.
Devorlarni isitishga oid ishlar ichkaridan amalga oshiriladi, bunda uch variant taklif qilinadi:

  • qo’shimcha ravishda 30 mm qalinlikdagi tsement-qum qorishmali qatlam bilan suvash;

  • izolyatsiya qatlamini 50-70 mm qalinlikdagi keramzit-beton qorishmasi bilan suvash yoki keramzit-beton plitalarini qoplash;

  • izolyatsiyalaydigan tarkiblarni sepish yoki purkash.

Tashqi tomondan izolyatsiyalash masalasi 30 mm qalinlikda ko’piksimon paliuretan qatlamini sepish hamda birikuvlarni zich berkitish yo’li bilan hal qilinadi.
Yüklə 67,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə