6-Amaliy. Har xil turdagi devorlarni remont qilish, darz va yoriqlarni yamash


Konstruktsiyalarning issiqlik izolyatsiyasi xususiyatlarini yaxshilash



Yüklə 67,96 Kb.
səhifə4/5
tarix19.09.2023
ölçüsü67,96 Kb.
#122608
1   2   3   4   5
6-Mavzu

4. Konstruktsiyalarning issiqlik izolyatsiyasi xususiyatlarini yaxshilash

Binolarning to’suvchi konstruktsiyalari atrof-muhitga issiqlikni tarqatib yubormasligi hamda bino xonalari ichida talabdagi haroratni ushlab turish maqsadida issiqlik izolyatsiyasi qo’llanadi.
Issiqlik izolyatsiyasi asosiy issiqlik izolyatsiya qatlami, tashqi himoyalovchi qoplama va mahkamlamadan iborat bo’ladi.
Issiqlik izolyatsiyasi materiallari sifatida mineral va shisha paxta, dolomit, ko’piksimon shisha, ko’piksimon beton va gaz-beton, yog’och tolali plitalar, alyuminiy folgasi va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Tashqi himoyalovchi qoplama asosiy issiqlik izolyatsiya qatlamini mexanik shkastlanishlar, namlanish va boshqa tashqi ta’sirlardan himoya qilish uchun mo’ljallangan.
Issiqlik izolyatsiyasining quyidagi turlari mavjud: mastikali, quyma, o’rab oladigan, to’kib to’ldiriladigan, qoliplangan materiallardan tayyorlangan sepma issiqlik izolyatsiyalari.
Mastikali issiqlik izolyatsiyasi kukunsimon yoki tolasimon materiallardan tayyorlangan mastikalardan olinadi.
Quyma issiqlik izolyatsiyasida izolyatsiya qilinayotgan yuza va opalubka oralig’idagi joy ko’piksimon beton yoki gaz-beton bilan to’ldiriladi.
O’rab oladigan issiqlik izolyatsiyasi rulonlangan mineral paxta, turli matlar, shnurlar, tortqichlar, folga va h.k. kabi egiluvchan materiallardan tayyorlanadi.
To’kib to’ldiriladigan (tiqib to’ldiriladigan) issiqlik izolyatsiyasi granulalangan, kukunsimon yoki tolasimon sochiluvchan materiallardan tayyorlanib, ular izolyatsiya qilinayotgan yuza va to’suvchi devor orasiga to’kiladi.
Qoliplangan materiallardan tayyorlangan issiqlik izolyatsiyasi plitalar, bloklar, g’ishtlardan va sh.k. o’rnatiladi.
Issiqlik izolyatsiyasining turi izolyatsiya qilinayotgan ob’ekt turi va bajaradigan vazifasiga bog’liq.
Izolyatsiya qilinishi mo’ljallangan yuzalar iflosliklar, chang, zanglardan tozalangan bo’lishi, yaxshilab quritilishi kerak. Issiqlik izolyatsiyasi choralarini asosan devorlar va tomlar kabi konstruktsiyalarga nisbatan qo’llash lozim.
Devorlar g’ishtli, panel, paxsa, karkas-panel, yog’och va h.k. bo’lishi mumkin.
G’isht devorlarning issiqbardoshliligini oshirish maqsadida qoliplangan materiallar (plitalar, bloklar, koshinlaydigan g’isht va h.k.), sepma issiqlik izolyatsiyasi, qo’shimcha suvoq qatlami, o’rab oladigan izolyatsiya (mineral paxta va b.) qo’llanadi.
Panel devorlarning asosiy kamchiligi shundaki, ular ko’pincha tashqi tomondan muzlaydi. Buning asosiy belgisi o’laroq, ichki va tashqi devor panellarida nam va mog’or dog’lari paydo bo’ladi.
Devorlarni isitishga oid ishlar turar joy xonalari tomonidan olib boriladi. Devorlarning muzlab qolishini bartaraf etish uchun muzlash darajasiga qarab, devorlarni isitishning uchta variantidan birini qo’llash tavsiya etiladi:

  • ichki devorlar yuzalarida namlanish belgilari, nam dog’lar, mog’orlar uncha ko’p kuzatilmasa, bu holda devorlarni 30 mm qalinlikdagi tsement-qum qorishmasi bilan suvab chiqish kifoya qiladi;

  • ichki devorlar yuzalarida namlanish kuchli bo’lsa, ichki yuzada o’rni-o’rni bilan qirov izlari, muz paydo bo’lsa, bunday hollarda devorlarning ichki yuzasi keramzit-beton qorishmasidan 50-70 mm qalinlikda qo’shimcha issiqlik ushlaydigan qatlam bilan suvab chiqiladi yoki bo’lmasa keramzit-beton plitalari yoki issiqlik saqlaydigan materiallardan ishlangan boshqa plitalar bilan qoplab chiqiladi;

  • devorlarni issiqlik saqlash xususiyatini oshirishning nisbatan kam mehnat talab qiladigan jarayoni bu ichki va tashqi yuzalarga issiqlik saqlaydigan kimyoviy tarkiblarni sepib yoki sachratib chiqishdan iborat.

Plitalarni mahkamlashni ham bir nechta usuli mavjud:

  • mexanik (plitalarni shuruplar yoki mixlar bilan mahkamlash);

  • plitalarni isitilayotgan yuzalarga yelimlar, mastikalar bilan yopishtirish;

  • mexanik usulni yopishtirish bilan qo’shib olib borish.

Birinchi usulda izolyatsiya qilinayotgan devor yuzalariga yopishtirilayotgan plitalar (mineral paxtali, penoplats, gips va b.) o’lchamlariga mos keladigan masofada vertikal yog’och reykalar mahkamlanadi. Bunda eng chekkadagi reykalar bilan metall burchaklar va otkoslar o’rtasidagi masofa 120—200 mm oralig’ida bo’lishi kerak. Reykalarni mahkamlash uchun devorlarga 50 mm dan oshmagan chuqurlikda yog’och yoki platsmassa tiqinlar o’rnatiladi. Tiqinlar orasidagi vertikal yo’nalishdagi masofa 500 mm ga teng qilib olinadi. Reykalar orasiga issiqlikni izolyatsiya qiladigan materialdan tayyorlangan plitalar zich o’rnatiladi.
Plitalarni mahkamlashning ikkinchi usuli qo’llanganda, plitalar izolyatsiya qilinayotgan yuzalarga tsement va polivinilatsetat dispersiyasidan tarkib topgan polimertsement, sintetik yelimlar va bitum mastikasi bilan yopishtiriladi.
Rulonli materiallardan bug’ izolyatsiyasi o’rnatilayotganda, u bir butun yaxlit qatlam holida, birikuvlarda bir-birining ustiga qoplanib bajarilishi lozim. Issiqlik izolyatsiyasi yog’och reykalar bilan bab-baravar, orasida hech qanday tirqishlar qoldirilmay joylashtiriladi. Bu usullar katta mehnatni hamda mutaxassisligi turlicha bo’lgan ishchilarning jalb qilinishini talab qiladigan har xil turdagi texnologik operatsiyalarni o’z ichiga oladi.
To’suvchi devor konstruktsiyalarining ichki yuzalarini isitadigan tarkiblarni sepish yoki purkash yo’li bilan isitish usuli boshqalariga nisbatan samaraliroqdir.
Issiqlikni izolyatsiya qiladigan qatlamlarni bajarish uchun moijallangan moslamalar qanday amal qilishiga qarab ikki turga bo’linadi: purkaydigan pitsoletlar hamda issiqlikni izolyatsiya qiluvchi tarkibni bosim ostida uzatib beradigan suv qorishmali (ratsvorovod) pitsoletlar.
Devorlarni qo’shimcha suvoq qatlami bilan isitish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • devorlar gulqog’ozlar. mog’or va ko’chgan suvoqdan tozalanadi;

  • ko’chgan beton qismlari olib tashlanadi va yangisiga almashtiriladi;

  • plintus (chaspak) olinadi va pol orayopma plitasigacha tozalanadi;

  • isitilayotgan devorda kenmalar qilinadi yoki metall to’r qoqiladi;

  • devor suvoq qorishmasi bilan qoplanadi.

  • Metall setkani qoqishda quyidagi operatsiyalar bajariladi:

  • devorda elektr parma bilan diametri 20 mm. cluiqurligi 70 mm va orasidagi masofa 300 mm bo’lgan uyachalar teshiladi va ularga tiqinlar qoqiladi;

  • bu tiqinlarga mix qoqiladi hamda 10x10 mm katakli metall to’r tortiladi;

  • to’r ustidan ikki mana 30 mm qalinlikdagi suvoq qorishmasi qoplanadi.

Bu konstruktsiya birikmalarini izolyatsiya qilish yo’li bilan isitishda quyidagi operatsiyalar bajariladi:

  • gulqog’ozlar ko’chirib olinadi. suvoq va beton 100 mm chuqurlikkacha olib tashlanadi;

  • shiftdan ohak va bo’yoq qatlamlari olib tashlanadi va shiftning nam joylari yaxshilab quritiladi;

  • ko’chib tushgan joylar suvaladi;

  • devor yuzasida kenmalar qilinadi;

  • shift va devorda elektr parma bilan yog’och tiqinlar uchun uyachalar teshiladi;

  • metal] to’r mahkamlanadi;

  • 30 mm qalinlikda tsement-qum qorishmasi bilan suvaladi yoki keramzit-beton plitalar bilan qoplanadi.




Yüklə 67,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə