6-Amaliy. Har xil turdagi devorlarni remont qilish, darz va yoriqlarni yamash


Oraliq g’isht devorlarni kuchaytirish



Yüklə 67,96 Kb.
səhifə3/5
tarix19.09.2023
ölçüsü67,96 Kb.
#122608
1   2   3   4   5
6-Mavzu

3. Oraliq g’isht devorlarni kuchaytirish

Oraliq devorlar kesimini kattalashtirish. Bunday hollarda oraliq devoming bir yoki ikkala tomonidan yarim g’isht yoki bir g’isht qalinlikda tsement qorishmasi yordamida yangi terma o’rnatiladi. Yangi termani eskisi bilan biriktirish uchun ular har 3-4 g’isht qatoridan keyin o’zaro bog’lanadi, buning uchun yangi termani boshlashdan oldin eskisida chuqurhui yarim g’ishtga teng ariqchalar ochiladi.
Oraliq devorlarni qayta terish. Yuk ko’taruvchi oraliq devorni qayta terishdan oldin, uning ikkala tomonida joylashgan deraza o’rinlarining ichki va tashqi tomonida yukni o’ziga qabul qiluvchi tirgaklar va tirgovuchli rigellar tizimi o’rnatiladi (4.4; 4.5-rasmlar).
Bundan tashqari orayopmalar ostiga vaqtinchalik tayanchlar o’rnatiladi, chunki ularorayopmadan tushadigan yukni qayta terilishi lozim bo’lgan oraliq devordan o’zlariga qabul qiladi.
Oraliq devor o’zidan yuqorida joylashgan g’isht termasi va orayopmadan tushayotgan yukdan xalos bo’lgach, buzib olinadi hamda yana qisman yoki to’liq qayta teriladi (4.6-rasm). G’ishtli oraliq devorlarni tiklashda tsementli qorishmadan foydalaniladi. Vaqtinchalik mahkamlamalarni o’rnatishning umumiy sxemasi va deraza oralig’idagi devorlarni qayta terish bo’yicha ishlarning tashkil etilishi 4.7 va 4.8- rasmlarda keltirilgan.
Oraliq devorning kesimini ko’paytirmay turib, uning yuk ko’tarish qobiliyatini oshirish uchun g’isht termasi sim to’r bilan armaturalanadi.
Temir-beton oboymani o’rnatish yo’li bilan g’ishtli oraliq devorni kuchaytirish. Deraza o’rnini biroz kichraytirish imkoniyati bo’lsa, temir-beton oboymasi bevosita g’isht termasi bo’ylab o’rnatiladi. Deraza o’rinlaridagi to’ldiigichlar olib tashlanganidan keyin burchaklar urib chiqiladi, oraliq devorning perimetri bo’ylab armatura va opalubka ornatilib betonlanadi (4.9; 4.10- rasmlar).
Oboymaning oraliq devor termasi bilan yaxshiroq jipslashuvi uchun oraliq devorda g’isht termasining har uch-to’rt qatoridan keyin yarim g’isht chuqurligida ariqchalar urib chiqiladi.
Opalubka olinganidan keyin beton yuzasi suvaladi. Oboymaning xona ichiga kirib turgan yuzasini sovib qolishdan saqlash uchun u ustidan iliq qorishma (tsementQkeramzit qumi) bilan suvalishi kerak.
Oraliq devor kesimi o’lchamlarini saqlab qolish zarurati tug’ilgan hollarda undan yuk tushiriladi va uning termasi devor perimetri bo’ylab otboyka bolg’asi bilan urib «kesib» tashlanadi. Oboyma o’rnatilganidan keyin oraliq devor kesimi avvalgi holida saqlanadi.
G’ishtli oraliq dcvorni metall korset o’rnatish yo’li bilan kuchaytirish. Metall korsetni o’rnatish uchun derazalar orasidagi oraliq devordan yuk tushiriladi, keyin uning burchaklari «kesib tashlanadi» va burchaklarida oraliq devorning butun balandligiga teng vertikal metall uchburchaklar (o’lchamlari loyiha bo’yicha) o’rnatiladi (4.11 - rasm).
Oraliq devor yuzasida bir-biridan 30-50 sm masofada 2-3 sm chuqurlikdagi ariqchalar o’yiladi. ularga eni 4-6 sm bo’lgan metall platsinalar joylashtiriladi hamda ularning uchlari metall burchaklarga payvandlanadi.
Metall burchaklar va platsinalar yuzasida bir-biridan 3-5 sm masofada shaxmat tartibida joylashtirilgan «bo’rtmachalar» payvandlanadi, ular yuzani notekis bo’lishini ta’minlaydi. Bu notekis yuza suvaladi, bunda eski va yangi suvoq orasida jipslashuv qanday borayotgani sinchiklab kuzatib boriladi. Ayrim hollarda (loyiha bo’yicha) metall burchaklar va platsinalarga to’qima metall to’r toitiladi va mahkamlanadi. shundan so’ng butun yuza suvaladi.
G’ishtli oraliq devorlarni va ustunlarni kuchaytirish ishlari quyidagi operatsiyalardan iborat (4.12- rasm):

  1. deraza to’ldirgichlarini demontaj qilish;

  2. vaqtinchalik mahkamlamalar va tashqi havozalarni o’rnatish;

  3. loyihada tegishli ko’rsatmalar mavjud bo’lsa, shuningdek, devorning 25% dan ortiq qismi buzib olinishi tufayli u zaiflashib, qayta terilishi zarur bo’lib qolsa (oraliq devorlar, ustunlarni qayta terish va ushbu konstruktsiyalar elementlarini ta’mirlashda), binoning yuqorida joylashgan orayopmalari ilib qo’yilishi kerak;

  4. otboyka bolg’alari bilan ariqchalar urib chiqish, burchaklarni urib chiqish, g’isht termasini oraliq devor perimetri bo’ylab chopib chiqish (temir-beton oboymasi ni o’rnatishda), g’isht termasini buzib tashlash va yangisini terib chiqish (oraliq devorni qayta terishda);

  5. metall karkas yoki temir-beton oboymani o’rnatish;

  6. yaxlitquyma temir-beton konstruktsiyalarni qolipdan bo’shatish (temir-beton oboymani o’rnatishda);

  7. vaqtinchalik mahkamlamalar va havozalarni (podmotsi) olib tashlash;

  8. oraliq devorlarni suvash va bo’yash.

Devor o’zining umumiy barqarorligini (ustoychivots) yoqotganda u shvelleri po’latdan yasalgan nakladkalar hamda yumaloq, kvadrat va platsinasimon po’latdan ishlangan tortqichlar tizimi bilan kuchaytiriladi. Avval har bir qavatda yoki qavatlararo shiftlar ostida gorizontal tortqichlar o’rnatilib, ularning burama narezkali uchlari tashqi devorlarda avvaldan parmalab ochilgan teshiklardan o’tkaziladi. Keyin binoning har bir tomonida shvellerning vertikal polkasi devor tomonga qaragan nakladkaiar o’rnatiladi va bir paytning o’zida tortqichlar ularning uchlarida joylashgan gaykalar bilan tortiladi. Tortqich (u ikki qismdan iborat bo’lib, bu qismlar talreplar bilan birlashtiriladi) o’z uzunligining o’rtadagi uchdan bir qismida joylashgan talreplar (ichki ikkilangan rezbali muftalar) bilan dinamometrik kalit yordamida oxirigacha tortiladi. Kalit tortish paytida kuchlanishni ko’rsatib turadi. Agar tortqichlarda uncha katta solqilar bo’lmasa va ularni yengil urib ko’rganda sof baland pardali jarangli tovush eshitilsa, tortilish yetarli hisoblanadi.
Mahkamlamalar o’rnatilgach, devordagi barcha darzlar va teshikchalar tsement qorishmasi bilan berkitiladi, eng zaif uchastkalar esa qayta teriladi. Ish oxirida metalldan ishlangan detallar moyli bo’yoq bilan bo’yab chiqiladi.



Yüklə 67,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə