5-mavzu. Ta’lim metodlari va vositalari. Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari



Yüklə 70,08 Kb.
səhifə5/17
tarix29.11.2023
ölçüsü70,08 Kb.
#142229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
5-MAVZU. TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI. TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA TURLARI

Qiziqishlar markazi – muayyan bir mavzuga tegishli turli kolleksiya va ekspozitsiyalar orqali o‘quvchilarni qiziqishlarini orttirishga hizmat qiladi. Masalan o‘quvchilarga o‘zlarining etnik eklib chiqishlarini izohlovchi turli materiallar, oila shajarasining rasmlarini maktabga olib kelish va uni sinfdoshlariga so‘zlab berish vazifasi topshiriladi. Bu metod orqali o‘quvchilarning dunyo millatlarini kelib chiqishini o‘rganishga qiziqishlari ortadi va o‘zga madaniyat namoyondalarini hurmat qilishgao‘rgatiladi

  • Colliqua –sinfdagilarning qiziqishlaridan kelib chiqib sinfga taklif qilingan mehmonlar o‘z faoliyatlari va kasblari haqida so‘zlab beradilar. Masalan sinfga taklif qilingan sozanda o‘z kasbi va faoliyati haqida o‘quvchilarga ma’lumot berishi, jonli ijro orqali esa o‘quvchilarda musiqaga bo‘lgan muhabbatni tarbiyalashi mumkin.

  • Hamkorlikda o‘qitish- yuklatilgan vazifa va muammolarni bir guruh bo‘lib hal etishga o‘rgatadi.

  • Ommaviy madaniyat tazyiqi (culture jumming)- ommaviy axborot vositalari umuman ommaga qarshi tura olishga va turli stereotiplarni yengishga o‘rgatadi.

  • Debat – muayyan mavzu yoki muammoli vaziyatga turli nuqtai nazarlar bilan yondoshish va o‘z fikrini omma oldida himoya qilishga o‘rgatadi.

  • Debrifing – muayyan tajriba yoki sinovdan so‘ng o‘z hissiy kechinmalari va intelektual zaxiralari bilan almashinishdan iborat bo‘ladi.

  • Demonstartsiya – muayyan jarayon yoki qurilmani sihlash va faoliyat yuritishini ko‘rsatish ya’ni namoyish qilishdir.

  • Kashfiyot yoki tadqiqotchilik – muayyan vaziyat yoki holatga nisbatan yangilik yoki o‘z nuqtai nazarni ilgari surishni taqazo etadi.

  • Diskussiya –muayyan mavzu, vaziyat yoki holatni muhokama qilish.2

    2. Interfaol, Evristik taʼlim metodlari. Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li - bu mashg‘ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etishdir. “Interfaol” tushunchasi ingliz tilida “interact”(pyc tilida “interaktiv”) ifodalanib, lug‘aviy nuqtai nazardan “inter” - o‘zaro, ikki taraflama, “act” - xarakat qilmok, ish ko‘rmoq kabi ma’nolarni anglatadi.



    O‘rganilayotganlarini o‘zlashtirishga da’vat qilish metodlari

    Yangi materialni anglash metodlari

    O‘rganilganlarini fikrlashga imkon beruvchi metodlar

    Erkin yozish
    Klaster
    Aqliy hujum. B-B-B chizmasi. Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi. Semantik xususiyatlar tahlili.

    Semantik xususiyatlar tahlili.
    B-B-B chizmasi. O‘qitish bo‘yicha qo‘llanma. Bir-biriga o‘rgatish. Bir-biridan so‘rash. Ikki qismli kundaliklar.

    Eng asosiy tushunchalar, takrorlash.
    T-chizma. Kontseptual jadval. Venn diagrammasi.
    Nilufar guli. Besh minutlik esse. O‘n minutlik esse.

    Interfaol ta’lim - ta’lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko‘nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan xarakatni tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim.


    Interfaollik - ta’lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko‘nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan xarakatni tashkil etish layoqatiga egaliklaridir.
    Evristik ta’lim metodini qo‘llashda o‘qituvchi tomonidan turli vositalar yordamida yangi bilimlarni izlab topishni talab etiladi. O‘qituvchi bilimlarning bir qismini o‘quvchilarga ma’lum qiladi, qolganini esa o‘quvchilar bilish topshiriqlarini yechish jarayonida savollarga javoblar topish asosida o‘zlashtiradi, o‘zlari bilimlarni mustaqil egallashadi. O‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan masalani bir necha qarashlarga ajratilishi, ularni bajarishda o‘quvchilarning ketma-ketlikka rioya etishlari muhim metodik jihat sanaladi. Shu bois mazkur metod qisman izlanuvchan metod ham deb ataladi.
    Evristik metodni qo‘llashda o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:



    O‘qituvchi faoliyatining tuzilmasi

    O‘quvchi faoliyatining tuzilmasi

    - O‘quvchilarni masalaning mohiyatini o‘rganishga jalb etish;
    - yechim rejasini aniqlashda mulohaza yuritish namunasini ko‘rsatish;
    - masalani bosqichlarga ajratish;
    - evristik suhbat

    - evristik suhbatda qatnashish;
    - masalani yechish rejasini olg‘a surish;
    - izlanuvchan harakat usullarini egallash;
    - masalalar yechish yo‘llarini izlab topish



    Muammoli metodning mohiyati mashg‘ulotlar jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish va yechishdan iborat bo‘lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo‘li balki, shu bilan birga o‘quv yo‘li hamdir. Bu metodni quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin:

    Muammoli ta’lim konsepsiyasining asosiy tushunchalari “muammoli vaziyat”, “muammo”, “muammoni topish” kabilar hisoblanadi. Chizmadan anglanadiki, muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko‘rinishi hisoblanib, o‘zida subyektning aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni ifodalaydi, uni bartaraf etish yangi bilimlar, usullar va harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishni taqozo etadi. Agar o‘quvchida qiyinchiliklarni yo‘qotish yo‘llarini izlab topish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar bo‘lmasa, shubhasiz, muammoli vaziyat yechimini u qabul qilmaydi, ya’ni, muammoning yechimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muammo mohiyatini tushunib yetilishi, ifodalanishi, mavjud bilim va ko‘nikmalar majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo muammoli vaziyatni o‘zida namoyon etadi, biroq, barcha muammoli vaziyat muammoga aylanavermaydi.


    Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo yechimini topishga yordam beruvchi yo‘nalishlar ko‘rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir. Muammoda yechimning qandaydir parametrlari ko‘rsatilsa, u muammoli masala hisoblanadi. Har qanday muammoli topshiriq ma’lum muammoni, demak, muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq, yuqorida ta’kidlanganidek, barcha muammoli vaziyat muammo bo‘la olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal yetadi. Agar uning oldida muammo paydo bo‘lsa, uni muammoli masalaga aylantiradi, ya’ni, uning yechimi uchun o‘zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma’lum ko‘rsatkichlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda u boshqa ko‘rsatkichlarni qidiradi va shu muammo bo‘yicha yangi variantlardagi masalalarni loyihalaydi.
    Ta’lim jarayonida muammoli metodni qo‘llashda o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:


    Yüklə 70,08 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə