Bolalarni dialogik nutqqa o`rgatish Reja



Yüklə 24,27 Kb.
tarix11.10.2023
ölçüsü24,27 Kb.
#126897
Bolalarni dialogik nutqqa o`rgatish



Bolalarni dialogik nutqqa o`rgatish
Reja :

1. Dialog nutqning mazmuni va vazifalari
2. Dialogik nutq shakllari haqida tushuncha
3. Dialogik nutq nutq madaniyatiga e`tibor berish .

Suhbatlar mavzusi va mazmuni bolalarning yosh xususiyatlari hamda ularning nutqiy rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ―Ilk qadam‖ tayanch dasturi bilan belgilanadi. Suhbat ta‘lim metodikasi sifatida – bu tarbiyachining bolalar guruhi bilan (yoki alohidahar bir bola bilan) aniq maqsadga yo‘naltirilgan, muayyan mavzuda oldindan tayyorlangan so‘zlashuvidir. Maktabgacha ta‘lim muassasasida takrorlovchi, umumlashtiruvchi va nazorat-tekshiruv suhbatlaridan foydalaniladi. Dialog – suhbat – bolaning kattalar va о`z tengdoshlari bilan muloqotining asosiy shakli hisoblanadi.Bolalar bog`chasida о`qitish ikki shaklda amalga oshiriladi: a) erkin nutqiy muloqotda; b) maxsus mashg`ulotlarda.Dialog kо`proq erkin nutqiy muloqotda paydo bо`ladi va u bolalar lug`atini boyitishning talaffuzga oid grammatik kо`nikmalarini tabiiy ravishda rivojlantirish bazasi, ravon nutq kо`nikmalariga ega bо`lish bazasi hisoblanadi.Dialog maxsus mashg`ulotlarda о`qitiladi (oyiga 1-2 ta mashg`ulot); Bolalar bog`chasida bо`lib turgan vaqti mobaynida bola erkin muloqotda pedagog va boshqa bolalar bilan muloqotga kirishadi. Uyda esa kattalar bola turli mavzularda dialogga kirishishlari lozim. Dialogik nutqni (yoki og`zaki nutqni) о`rgatish odatda suhbat shaklida, ya‘ni kattalar bilan bola о`rtasida hamda bolalarning о`zlari о`rtasida fikr almashish shaklida rо`y beradi. Takrorlovchi va umumlashtiruvchi suhbatlarda tarbiyachi turli usullar yordamida bolalarga ko‘rgan narsalarni taxlil qilish, taqqoslash, to‘ldirish, chuqurlashtirish usullarini o‘rgatadi, bolalardagi mavjud bilimlarni tizimlashtiradi, ularni muayyan xulosalarga kelishga undaydi. Nazorat-tekshiruv suhbatlari pedagog tomonidan biron-bir o‘tilgan mavzu bo‘yicha bolalarning bilimlarini aniqlash uchun o‘tkaziladi. Pedagog savollar yordamida bolalarning biron-bir mavzuni o‘tish jarayonida olgan bilimlari darajasini aniqlashi mumkin. Bolalar bilan ishlash jarayonida pedagog tayyorlanmagan va tayyorlangan suhbatdan foydalanadi. Tayyorlanmagan suhbat (buni faqat bolalarga nisbatangina qo‘llash mumkin, chunki bolalar ular bilan nimalar haqida so‘zlashishlarini, nimalarga diqqat-e‘tiborini jalb qilishlarini bilmaydilar) rejimli jarayonlarni o‘tkazishda, bolalar faoliyatining har xil turlarida: o‘yinlarda, mexnatda tashkil etilishi mumkin. Tarbiyachi esa har qanday muloqot turiga tayyor turishi zarur. Zero, buning uchun u kasbiy ta‘lim olgan bilimlarining muhim qismlaridan birini bolalar bilan suhbatlashish tashkil etadi. SHuning uchun tarbiyachi bolalar bilan shunday so‘zlashishi lozimki, toki u o‘z nutqi bilan bolalarga ona tilini o‘rgatsin. Nutqiy muloqotga bo‘lgan zarurat tufayli to‘satdan yuzaga keladigan suhbatda tarbiyachi o‘zining til sezgisiga ishongani holda o‘z nutqining grammatik shaklini va uning jaranglashi (fonologiyasi)ni tayyorlamaydi, ammo u har bir suhbatning mavzusiga tayyorgarlik ko‘rishi shart.Tayyorlangan suhbat deb nomlanishining sababi shuki, bunda tarbiyachi mashg‘ulotdan oldin (mashg‘ulotdan bir necha kun oldin) bolalarni shunday vaziyatda qoldiradiki, bunda ularning diqqat-e‘tibori bo‘lajak suhbat mavzusi bo‘ladigan atrof-olamdagi hodisalarga jalb qilinadi, chunki faktlarga oid materiallar bolalarga bungacha tanish bo‘lishi lozim. Suhbatni tashkil qilish, uning tuzilmasi mavzu va mazmunga, bolalarning yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Har bir suhbatda quyidagi tarkibiy komponentlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) kirish (boshlash); 2) asosiy qism (suhbat mavzusini rivojlantirish); 3) nihoyasiga yetish.
Kirish maqsadi bolalarning diqqat-e‘tiborini suhbat mavzusiga jalb qilish, ularda suhbatda ishtirok etish xohishini paydo qilish, bolalar xotirasida ilgari olingan taassurotlarni, imkoni boricha obrazli va emotsional taassurotlarni jonlantirishdan iborat.Tarbiyachi suhbatlashadigan narsa (hodisa) haqida taklif qilgan topishmoq ham kirish bo‘lishi mumkin. Suhbatni tegishli mavzudagi she‘rni o‘qish yoki suratlarni ko‘rish bilan boshlash mumkin. Suhbat boshlanishida tarbiyachi bo‘lajak suhbat mavzusini (maqsadini) shakllantiradi, uning muhimligini asoslaydi, uni tanlash sabablarini bolalarga tushuntirib beradi.Asosiy qism maqsadi – bolalar ko‘rgan narsalarni esga olish, qo‘shimcha bilimlarni taxlil qilish, ularni tushuntirish hisobiga chuqurlashtirish, qo‘shimcha bilimlarni ma‘lum qilish, ularni bir tizimga keltirish va mustahkamlashdan iborat.Suhbatning asosiy qismi mikromavzu yoki bosqichlarga ajratilishi mumkin. Har bir bosqich – bir mavzuni bo‘g‘in qismlari bo‘yicha taxlil qilishdan iboratdir. Pedagog mashg‘ulotga tayyorlanar ekan, barcha bosqichlarni belgilab olishi lozim.Suhbat mavzusini rivojlantirish aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim, tarbiyachi imkoni boricha bolalarning mazkur mavzudan chetga chiqishlarining oldini olishi zarur (ba‘zan ortiqcha faktlarni aniqlash uchun undan chekinish mumkin, biroq so‘ngra yana asosiy suhbatmavzusiga qaytish darkor). Tarbiyachi suhbat rejasini oldindan belgilab oladi. Tarbiyachining qo‘lida reja bo‘lsa, bolalar qanchalik mavzudan chetga chiqmasinlar, u ilgarigi savol o‘z ahamiyatini yo‘qotdi, deb hisoblagan paytda o‘z rejasidagi navbatdagi savolni berish orqali ularni yana mavzuga qaytarish mumkin.Pedagog unutmasligi lozim, bolalarning fikrlash xususiyati shundayki, ular suhbatmavzusini oson unutadilar, har bir mayda-chuyda narsaga chalg‘iyveradilar. Bola qanchalik kichik bo‘lsa, u shunchalik tezroq chalg‘iydi, xozirgina o‘zi aytgan narsalarni tezlik bilan unutadi va boshqa mavzuga o‘tadi.
Mashg‘ulot – suhbat bolalarda mantiqiy fikrlash, boshlagan mavzuni oxiriga yetkazish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan. Bolalar biladigan narsalar haqida qo‘shimcha ma‘lumotlarni xabar qilish suhbat asosiy qismining zarur elementi hisoblanadi. Bu bolalar bilimlarini kengaytiradi va chuqurlashtiradi. Tarbiyachining qisqa va aniq axboroti suhbatni aniq maqsadni ko‘zlagan holda yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Suhbat topishmoq, she‘rlar va tarbiyachining tegishli suratga oid sharxlari bilan tugallanishi mumkin, ammo u ko‘pincha pedagogning ushbu suhbatdan kelib chiqqan holda bolalarning axloq borasida o‘rganishi lozim bo‘lgan jihatlar haqidagi mantiqiy xulosasi bilan yakunlanadi. Ayni paytda pedogog o‘z xulosasida o‘zi suhbat mobaynida bolalarga o‘rgatishi lozim bo‘lgan so‘zlar, so‘z shakllari va sintaktik tuzilmalarni qo‘llashi lozim.
Suhbatni shunday uyushtirish lozimki, toki unda barcha bolalar ishtirok etsinlar. Agarda bola faqat tarbiyachining boshqa bolalar bilan suhbatini tinglab o‘tirsa va o‘zi ushbu fikr bildirishlarda ishtirok etmasa, bu bola ―suhbatlashishni‖ mashq qilmaydi va uning suhbatdagi ishtiroki faqat nomigagina bo‘ladi, xolos.Suhbatni cheklangan sondagi bolalar (6-8 nafar bola) bilan o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Agarda guruhda 25-30 ta bola bo‘lsa, bu holda mashg‘ulotni bolalarni uchta-to‘rtta kichik guruhga bo‘lgan holda o‘tkazish zarur. Belgilangan vaqtdan oshib ketmaslik uchun harbir kichik guruh bilan suhbat davomiyligini qisqartirish mumkin. Biroq har bir bolaning nafaqat tinglab o‘tirishini, balki so‘zlashishni mashq qilishiga ham erishishi lozim. Pedagog yordam uchun ota-onalarni jalb qilishi va ularga tayyorgarlik suhbatini qanday olib borish lozimligi haqida batafsil ko‘rsatmalar berish
zarur. Ota-onalarning barchasi og‘zaki nutqni yaxshi bilishlari bois ushbu vazifani bajara oladilar.
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar suhbat metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida o‘tkaziladi. Mazkur metodlar ko‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari;
Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish).
Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri – bolalarni suhbatlashishga, ya‘ni suhbatdosh so‘zlarini bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash;
Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, ma‘lum so‘zlar ma‘nosini aniqlashtirish.Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni ta‘minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e‘tiborlarini, xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi. Ammo suhbat olib borishning yetakchi usuli savollar hisoblanadi. Bolalar bilan suhbatning muvaffaqiyati va pedagogik samaradorligi ko‘p jihatdan savollarning to‘g‘ri qo‘yilishiga bog‘liq bo‘ladi. Savollar berish hamda uning javobining murakkabligi va qiyinligini asta-sekin kuchaytirib borishni bilish eng asosiy va zarur pedagogik odatlardan biridir. Savol qo‘yish – bolalar oldiga ularning kuchi yetadigan darajadagi nutqiy fikrlash vazifasini qo‘yish demakdir. Ayni paytda u xaddan tashqari osonlashtirib yuborilmasligi lozim, chunki bunday vazifani qo‘yishdan maqsad –bolalarni fikrlashga, eslashga undashdan iborat. Qanday fikrlash-nutqiy vazifalarini qo‘yishiga qarab, savollarni reproduktiv, qidiruv va muammoli savollarga ajratish mumkin. Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‟ulotlarning ahamiyati.
Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar suhbat metodi (suhbat) va imitasiya metodi asosida o‘tkaziladi. Mazkur metodlar ko‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari;
Teatrlashtirish usullari (imitasiya, qayta aytib berish).
Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri – bolalarni suhbatlashishga, ya‘ni suhbatdoshi so‘zlarini bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash;
Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, ma‘lum so‘zlar ma‘nosini aniqlashtirish. Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni ta‘minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e‘tiborlarini, xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi.Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‟ulotlarning ahamiyati bo‟yicha Ven diagrammasi to‟ldiring. Suhbatda ob‘ektlar o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida xulosa bildirishni, to‘plangan
bilimlardan, taqqoslashlardan foydalanishni hamda Nima uchun? Nega? Nima tufayli? Ular nimasi bilan o‘xshash? Nima uchun? Qanday qilib? kabi savollarga javob berishni talab qiluvchi qidiruv va muammo tusidagi savollar yetakchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Suhbatning har bir bosqichida savollarni taxminan quyidagi ketma-ketlikda joylashtirish zarur: dastlab bolalar tajribasini jonlantirish uchun reproduktiv, keyin yangi materialni hazm qilish uchun oz sonli, biroq murakkab bo‘lgan qidiruv savollari va oxirida 1-2 umumlashtiruvchi savollar. Savollar aniq va maqsadli bo‘lishi lozim. Noaniq bo‘lgan savollar bolalarga javob berishni qiyinlashtiradi – ular javob bera olmaydilar yoki noto‘g‘ri javob beradilar. Savol aniq, shoshmasdan, mantiqiy urg‘ular, mazmuniy pauzalarga rioya qilgan holda berilishi zarur. Bolaga javob qaytarishga vaqt berish uchun tarbiyachi pauza saqlab turadi. Agarda savol tez berilsa, bola uning mazmunini tushunishga ulgurmaydi va tarbiyachi savolini bir necha marta takrorlashiga to‘g‘ri keladi, bu esa bolaga javobni o‘ylashda xalaqit beradi, uni tarbiyachiga quloq tutmaslikka o‘rgatib qo‘yadi. Bolaga savolni birinchi martada qabul qilishni o‘rgatish zarur.Tarbiyachi suhbat jarayonida quyidagilarni amalga oshirish mumkin: Bolalar tomonidan o‘zlashtirilmagan, qo‘shma gaplar yoki bir turdagi a‘zolardan iborat bo‘lgan gaplarning ayrim sintaktik tuzilmalarini aytib turish;Gapning bolalar o‘zlashtirmagan mazmunli bo‘laklarining intonatsiyasini aytib berish (masalan, ogoxlantirish, xayratlanish, tashvishga tushish, xursand bo‘lish intonatsiyasi va x.k);Bir o‘zakli so‘zlarni hosil qilishni aytib turish: suyuq-suyuqlik, sabzavot-sabzavotli va boshq.Turlanmagan fe‘l shakllarini hosil qilishda yordam berish: sepish-sepilgan, qo‘yish-qo‘yilgan. Suhbat jarayonida bolalarni savol berishga undash, ularning qiziquvchanligini rivojlantirish zarur. Bolaning savol bera olishga qodirligi uning fikrlash faoliyatidan dalolat beradi.
Badiiy asarlar – ertaklar, hikoyalar, she‘rlarni teatrlashtirish usuli – bu bolalarning ularga tarbiyachi o‘qib bergan asarlarni o‘sha shaxslar nomidan qayta aytib berish usullaridir.Boshqa shaxslar nomidan qayta hikoya qilib berish uchun dialogik nutqni o‘z ichiga olgan asarlardan foydalangan ma‘qul. Ularni qayta hikoya qilib berish bolalarning og‘zaki nutqini, xususan, murojaat, sanash, xayratlanish, xayron bo‘lish intonatsiyalarini takomil-lashtirish imkonini beradi; nutq emotsional jihatdan yanada boyiydi – u personajlarning axvolidan kelib chiqqan holda gox xursand, gox qayg‘uli va gox iltijonamo jaranglaydi.Bolalarga og‘zaki dialogik nutqni o‘rgatish jarayonida teatrlashtirilgan tomosha, qo‘g‘irchoq teatri kabi usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bolalar ham ijrochi, hamtomoshabin sifatida ishtirok etishlari mumkin.

Sahnalashtirish o‘yini – bu bolalarning badiiy asarni uning qahramonlari obrazlarida qayta hikoya qilib berishlari; bolalarning matnni erkin qayta aytib berishlari va bolalarning syujetli-rolli o‘yinlaridir.Syujetli-rolli o‘yinlarda bolalarga birinchi navbatda, o‘z nutqida ertak matnidan chetga chiqishga ruxsat beriladi. Tarbiyachi ularni faqat grammatika yoki leksikada adabiy so‘zlashuv nutqi me‘yorlaridan chekingan xollardagina to‘g‘rilaydi; o‘yin chog‘ida fonetik xatoliklarga yo‘l qo‘yilganida uni to‘g‘rilash shart emas.Teatrlashtirilgan tomoshalar sahnalashtirish o‘yinlaridan shunisi bilan farqlanadiki, unda badiiy asar matnini yoddan biladigan bolalar ishtirok etadilar, ularning bu chiqishdan ko‘zlagan maqsadi – o‘z tinglovchi do‘stlarining ko‘nglini olishdir; bu tomoshada bolalar teatr kostyumlarida (maska qalpoqchalar va boshqa kiyimlar) chiqadilar.Qo‘g‘irchoq teatri – bu syujetli «rejissyorlik» o‘yinning har xil turlaridir: bolalar bir vaqtning o‘zida oddiy o‘yinchoqlar (o‘yinchoqlar teatri), petrushkalar (qo‘l barmoqlariga kiyiladigan qo‘g‘irchoqlar, suratlar qirqimlari va x.k.)ni asar qahramonlari rolini o‘ynashga majbur qilganliklari holda badiiy asar matnini rollar bo‘yicha so‘zlaydilar.Qo‘g‘irchoq tearti shakli quyidagilardir: o‘yinchoqlar teatri, petrushkalar teatri, «barmoqlar» teatri, soya teatri, stol teatri, flanelegraf.Bolalar nashriyotlari badiiy asarlarni sahnalashtirish uchun xalq ertaklariga siluetlar; teatr-kitoblar; panorama-kitoblar kabi turli ko‘rinishdagi ko‘rgazmali qo‘llanmalarni chop etmoqdalar.Yuqorida sanab o‘tilgan qo‘g‘irchoq teatri turlari maktabgacha ta‘lim muassasasida bolalar nutqini faollashtiruvchi metodik vositalar sifatida foydalaniladi: bolalar pedagog yordamida, katta guruhlarda esa o‘zlari mustaqil ravishda qo‘g‘irchoqlarga, qirqilgan rasmlarga rejissyorlik qiladilar, ular nomidan ishtiyoq bilan so‘zlaydilar va shu tariqa o‘zlarining nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.Sahnalashtirish o‘yini – maktabgacha yoshdagi har qanday bolaning teatrlashtirilgan chiqishidir.Bolalarniing og‘zaki nutq ko‘nikmalarini o‘zlashtirishining borishiga qarab, ularning savollarga javoblari yanada aniq, mulohazali va mazmunli bo‘ldib borishi lozim.Suhbat jarayonida bolalar bilan so‘zlashuvning jonliligi ko‘p jihatdan og‘zaki nutqqa va nutqiy muloqotning savol-javob shakliga xos bo‘lgan grammatik tuzilmalarining turlichaligi bilan bog‘liqdir.Suhbatlarda bolalar keng qamrovli fikr bildirishlari va bir-ikkita so‘zdan iborat bo‘lgan javob berishlari mumkin (Sizga ertak yoqdimi – Xa.). Bolalarni keng qamrovli javoblarga savollarni to‘g‘ri qo‘yish orqali yo‘naltirish zarur: «Baxorda ob-havo ko‘proq qanday bo‘ladi? Bu xaqda aytib bering».Bolaga mana bunday ko‘rsatma berish mumkin: «Qisqa javob ber. Batafsil javob ber (ammo to‘liq javob bilan emas)», ulardan so‘rash mumkin: «Kim qisqa javob bera oladi (yoki o‘rtog‘ingizdan chiroyliroq javob bera oladi»). Zarur holatlarda pedagog qo‘yilgan savolga keng qamrovli javob namunasini namoyish qilishi mumkin.Suhbat jarayonida bolalarda nutqiy muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarur.
Dialog nutq shakllaridan biri bo‘lib, unda har bir fikr to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatdoshga qaratilgan bo‘ladi. Dialogik nutqning sintaktik qurilishi monologik nutqqa qaraganda sodda tuziladi. Dia¬log fikrlarning qisqaligi bilan ajralib turadi. Unda suhbatni davom ettirish uchun eng zarur narsalargina ifodalanadi. Voqealar keng izohlanmaydi. Shu jihatdan ham dialog monologga o‘xshamaydi. Dialog so‘roq, buyruq va darak gaplardan tashkil topadi.
Qozi (kirib). Ha, keldimi?
Mullado‘st. Ha taqsir, ichkaridalar.
Qozi (kira turib). Eshikdan boxabar bo‘lib turing.
Mullado‘st. Хo‘p, eshik bizning haramimiz bo‘lib qoldi-ya... (chiqar)
Qozi. Ha, Maysara opa, keling, o‘tiring, o‘tiring!
Maysara (ta’zim bilan). Тaqsirim, keldim. (O‘tirib) Ammo bir xizmatni bajo keltirolmadim. Lekin erta oqshom mahbuba bilan suhbatlari muborak bo‘lsin... (Hamza, «Maysaraning ishi»)
Polilog. Ikkidan ortiq ishtirokchilarning nutqidan tuzilgan suhbat polilogdir. Polilog hamma til xususiyatlari jihatidan dialogning o‘zidir. Faqat unga suhbatdoshlarning soni ko‘proq bo‘ladi. So‘zlovchi o‘rtaga tashlagan muammoga birdan ortiq ishtirokchi o‘z fikrlarini bildirishi mumkin.
Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat.Ikki kishi o‘rtasidagi dialogik nutq, savol-javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi mazmunlarni ifodalab, fikr xususidagi tasdiq, yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani bildiradi. Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi.
Dialogik matn tarkibida so‘roq, olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Bunday matndagi gaplar asosan sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibili turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi.
Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.So‘zlovchining bayon etayotgan fikriga munosabatini bildiradigan so‘z birikmasi kirish so‘z deyiladi.Kirish so‘zlar vazifasida modal so‘zlar, ayrim yuklamalar ba’zi tartib sonlar (birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi kabi) keladi.Kirish so‘zlar ham uslubiy xoslanish xususiyatiga ega. Shuning uchun so‘zlovchi o‘zi qo‘llayotgan nutq uslubiga muvofiq keladiganini tanlab qo‘llaydi. Masalan, shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, fikri ojizimcha, avvalambor kabi kirish so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlardir. Ulardan, shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, avvalombor, fikri ojizimcha so‘zlari kitobiy uslubga xos. Kitobiy uslubga xos bu so‘zlar o‘z ichida ichki xoslanishga ega: shaksiz, fikri ojizimcha – badiiy uslubga xos; bayon qilinishicha – publitsistik uslubga xosdir. Shuning uchun har qaysi kirish so‘zini o‘z o‘rnida ishlatish madaniy nutq belgisi sanaladi. His-hayajon, buyruq-xitob, haydash-chaqirish ma’nolarini ifodalaydigan so‘zlarga undov so‘zlar deyiladi.Undov so‘zlar ham xuddi modal so‘zlar kabi qo‘shimchalar olib o‘zgarmaydi. Masalan, hoy so‘zi kelishik, egalik qo‘shimchalari olmaydi. Unga yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilib yangi so‘z yasalmaydi.Ayrim undov so‘zlar otlashganda, ya’ni ot vazifasida qo‘llanganda, egalik qo‘shimchasini olishi mumkin. Masalan, Ohi olamni tutdi. Bu o‘rinda ohi nimasi so‘rog‘iga javob bo‘lib, oh deyishning, nola qilishning nomini bildirib kelyapti.
Undovlar ma’no jihatdan ikki turli bo‘ladi:
1. His-hayajon undovlari.
2. Buyruq-xitob undovlari.
Undovlar boshqa so‘zlar bilan grammatik aloqaga kirishmaydi. Ba’zan kishilarning undov so‘zlar orqali ifodalagan his-hayajonini, buyruq-xitobini tasvirlash uchun undov so‘zlarga demoq, solmoq, urmoq, tortmoq singari fe’llar qo‘shilib keladi va qo‘shma fe’llar hosil bo‘ladi: voy demoq, dod solmoq, oh urmoq, oh tortmoq, pisht demoq kabi.Undovlar undov ohangi bilan ajralib turadi, lekin undov ohangi xilma-xildir. Bir undov so‘z turli ohang bilan talaffuz qilinib, turli xil ma’nolarni ifodalashi mumkin. Masalan, Hау-hay, qanday mazali (rohatlanish, zavqlanish); Hay-hay, tegma (buyurish); Hay-hay, yigitlar bu yoqqa! (undash, ta’kidlash); Hay-hay, shakkoklik qilmang (fikrdan qaytarish) va boshqalar.Nutq jarayonida so‘zlovchilarning yoshi, amali nuqtayi nazaridan undovlardan foydalanish ham ma’lum darajada farq qiladi. Xususan, o‘zidan katta yoshdagilarga murojaat qilinganda yoki ma’lum lavozimni egallagan shaxslarga uning qo‘l ostida ishlayotgan shaxslar hoy deb murojaat etmaydi yoki balli undovi kattalar tomonidan kichiklarning qilgan yoki qilayotgan ishlaridan mamnunligini ifodalash, ular mehnatini baholash maqsadida ishlatiladi, lekin kichiklar tomonidan kattalarning ishlariga nisbatan bunday undov orqali baho berilmaydi.Shuningdek, undovlar og‘zaki so‘zlashuv, badiiy, qisman publitsistik uslubda keng qo‘llanilib, rasmiy va ilmiy uslubda qo‘llanilish doirasi cheklangan. Ba’zan xat janrida, ma’lum voqea-hodisalar bayoni yuzasidan o‘zaro maktublarda yoki ishqiy maktublarda, undovlar qo‘llanilishi mumkin. Rasmiy doiralarning xatlarida undovlar qo‘llanilmaydi. Sababi – rasmiy doiralarning xatlari har qanday ehtiroslardan holi bo‘ladi.
Tabiatda insondan tashqari juda ko‘plab tirik jonzotlar yashaydi. Ularda ham o‘ziga xos nutq apparati mavjud. Маnа shu nutq apparati уordamida ular turli-tuman ovoz chiqaradilar. Itlarning vovullashi, mushukning miyovlashi, tovuqning qoqog‘lashi hech birimizga yot emas. Bundan tashqari, tevarak-atrofimizda beadad voqea va hodisalar sodir bo‘lib turadi: narsalar bir-biriga tegadi, uriladi. Natijada har xil ovozlar hosil bo‘ladi. Inson o"z faoliyati davomida mana shu ovozlarga taqiid qilishga urinadi. Tilshunoslikda bunday ovozlar taqlid so‘zlar atamasi bilan yuritiladi.
Taqlid so‘zlar ikkiga bo‘linadi.
• tovushga taqlid so‘zlar: taraq, gumbur-gumbur, shov-shuv, duv-duv, qars-qars, tap, sharaq, sholop, shitir-shitir vahokazo...

obrazga yoki holatga taqlid so‘zlar: lip-lip, jimir-jimir, yalt-yult, lapang-lapang, dik-dik kabi
Taqlid so‘zlar egalik va kelishik qo‘shimchalarini oladi, turlanadi, gapda ot bajargan vazifalarda keladi. Masalan, Shamolda barglarning shitir-shitiri eshitiladi. Daryoning shov-shuvidan quloqlarimiz bitib qolayozdi.Taqlid so‘zlarning barchasidan fe’l yasaladi: shovillamoq, gumburlamoq, dupirlamoq, qarsillamoq, yaltillamoq kabi.
So‘zlashuv jarayonida albatta, shubhasiz, ehtimol singari so‘zlarni ko‘p eshitasiz, lekin bunday so‘zlar borliqdagi narsa-hodisalar, belgi-xususiyatlarini nomlamaydi. Shu bilan birgalikda, yordamchi so‘zlarga o‘xshab sof grammatik ma’no ham ifodalamaydi. Bunday so‘zlar bildirilayotgan axborotga so‘zlovchining tasdiq, ishonch, gumon kabi munosabatlarini bildiradi.
So‘zlovchining munosabatini ifodalaydigan so‘zlar modal so‘zlar sanaladi. Masalan, Mamlakatimiz, albatta, buyuk, gullagan yurtga aylanadi. Yuqoridagi gapdan albatta so‘zini tushirib qoldirsangiz ham gapning umumiy mazmuniga putur yetmaydi. Lekin ishonch, tasdiq, ma’nosi bo‘rtib turmaydi. Gapga albatta, shubhasiz so‘zlarining qo‘shilishi bilan esa so‘zlovchining gap orqali ifodalanayotgan axborotga ishonch, tasdiq munosabati alohida ta’kidlangan holda bayon qilinadi.
Nutq insonga turli tovushlar, so‘zlar va bosh¬qa til elementlari yordamida muloqot qilish imkonini beradi. Nutq madaniyati esa vaziyatga mos ravishda fikrni aniq, ravshan, to‘g‘ri va ta’sir¬chan qilib yetkazishdir. Nutq rivojlanishining eng faol davri maktabgacha va maktab yo¬shida kechadi. Chunonchi, bolalarda nutqning asosiy poydevori maktabgacha yoshida shakllanar ekan, demak bevosita kichkintoylar nutqini rivojlantirish metodikasida mazkur holatni inobatga olgan holda, asosiy diqqat-e’tibor aynan shu yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va korreksiya qilishga qaratilishi lozim.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha Toshkent shahrining turli tumanlarida joylashgan bir qator maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida kuzatish, tajriba o‘rganish va tadqiqot ishlarini o‘tkazish davomida shunga amin bo‘ldikki, hozirgi kunda shahrimiz logopedlari va defektologlari nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan korreksion ishlarni olib borishlari uchun yagona, talab darajasidagi hamda bolalar nutqini har tomonlama rivojlantirishni ko‘zda tutuvchi qo‘llanma yaratilishiga ehtiyoj sezishmoqda. Shuning uchun ham biz aynan nutqi to‘liq rivojlanmagan 6–7 yoshli bolalar bilan nutq o‘stirish, nutq madaniyati, savod¬ga o‘rgatish jarayonida foydalanish mumkin bo‘lgan mashg‘ulotlar namunasini ishlab chiqdik.
Mashg‘ulotlar kombinatsiyalashgan xarakterga ega bo‘lib, faqatgina bolalar lug‘at boyligini oshirishni emas, balki nutqning grammatik tuzilishini korreksiyalash, tovushlarni tahlil qilish, nutq apparati motorikasini rivojlantirish, ruhiy jarayonlarni faollashtirishni ham nazarda tutadi.
Maqoladan joy olgan materiallar ko‘p qirrali bo‘lib, o‘yin va mashqlar soddadan murakkabga qarab joylashtirilgan. Ular bolalarning fonematik idroki, talaffuz malakalari, e¬shituv diqqati, verbal xotirasini, artikulyatsion motorikasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Dialog - bu to'g'ridan-to'g'ri muloqotning genetik boshlang'ich va eng rivojlangan shakli. Ushbu o'zaro ta'sirning kommunikativ tomoni shundaki, u dialogiy birlikka asoslangan: fikrlarning ifodasi va ularni idrok etish, ularga munosabat. Muloqot suhbatdoshlarning o'zaro bog'liq replikalaridan iborat. Ikki tomonlama aloqa jarayoni muayyan vaziyatda ro'y beradi, unda har bir ishtirokchi navbatma-navbat ma'ruzachi (tinglovchi) rolini o'ynaydi. Ma'lumotni olish va uni uzatish natijasi har bir ishtirokchining aloqa maqsadlariga qarab birlashtirilgan va ma'lum bayonotlarni (masalan, so'rovnoma, intervyu, anketa) va javoblarni (hikoya, hisobot, xabar) tashkil etadigan mulohazalar to'plamidir, bu ham butun bayonotni tashkil qilishi mumkin.



Yüklə 24,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə