5-mavzu. Ta’lim metodlari va vositalari. Ta’limni tashkil etish shakllari va turlari



Yüklə 70,08 Kb.
səhifə1/17
tarix29.11.2023
ölçüsü70,08 Kb.
#142229
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
5-MAVZU. TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI. TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA TURLARI


5-MAVZU. TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI. TA’LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA TURLARI
Reja:
1.Taʼlim metodlari mohiyati. Taʼlim metodlariga turlicha yondashuvlar.
2. O’qitishning interfaol va evristik usullari.
3.Taʼlim metodlarini tanlab olish shartlari.
4. Taʼlim vositalari va ularning funksiyalari.
5.Taʼlimni tashkil etish konsepsiyasi va rivojlanish tarixi.
6.Dars ta’limni tashkil etishning asosiy shakli.
7.Darsning turlari va tuzilishi. Nostandart darslar.
8.Taʼlimni tashkil etishning yordamchi shakllari.
9.O’qituvchining darsga tayyorgarligi.


Tayanch tushunchalar: metod, ta’lim metodi, ta’lim usuli, qoida, intrefaol metod, metodika, texnologiya, didaktik vosita, ta’limning texnik vositalari.
1. Taʼlim metodlari mohiyati. Taʼlim metodlariga turlicha yondashuvlar. Metod, usul va texnologiya. Ta’lim metodi tushunchasi anchagina murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta’riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta’lim metodini o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir.
Shu qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil ko‘rib chiqish va uning ilmiy ta’rifiga kelishga harakat qilamiz.
Metod so‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod - eng umumiy ma’noda - maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unlashadi.
Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari yig‘indisi tushuniladi.
Didaktikada, shuningdek, ta’limusullari atamasi ham keng qo‘llanadi. Ta’lim usuli - ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli o‘ qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.

Yüklə 70,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə