5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»


Bilishning empirik va nazariy darajalarini farqlash mezonlari



Yüklə 161,61 Kb.
səhifə34/35
tarix17.12.2023
ölçüsü161,61 Kb.
#149740
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va moh-fayllar.org

Bilishning empirik va nazariy darajalarini farqlash mezonlari. Nazariy va empirik
narsalar va hodisalar muammosi xususida juda ko’p metodologik adabiyotlar mavjud. Bilishning
bu darajalari XX asrning 30-yillarida pozitivizm ta’limotida fan tilini tahlil qilish natijasida
empirik va nazariy atamalar ma’nosidagi farqlar aniqlangan. Bu farq tadqiqot vositalariga ham
taalluqli. Biroq, bundan tashqari, tadqiqot predmetining xususiyati va uni o’rganish
metodlarining har xilligini e’tiborga olib, ilmiy bilishning ikki darajasini ham farqlash mumkin.
Bu farqlarni mufassalroq ko’rib chiqamiz. Nazariy va empirik tadqiqot vositalarining
o’ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi. Empirik tadqiqot zamirida
tadqiqotchining o’rganilayotgan ob’yekt bilan amalda bevosita aloqa qilishi yotadi. U



kuzatishlarni amalga oshirish va eksperiment o’tkazishni nazarda tutadi. SHu sababli empirik


tadqiqot amalda kuzatish va eksperiment kuzatishda asboblar, moslamalar va boshqa vositalarni
o’z ichiga oladi.
Nazariy o’rganishda tadqiqotchi ob’yektlar bilan amalda bevosita aloqa qilmaydi. Bu
darajada ob’yekt faqat bilvosita, amalda emas, balki tafakkur yo’li bilan amalga oshiriladigan
eksperimentda o’rganilishi mumkin.
Eksperimentlar va kuzatishlarni tashkil etish bilan bog’liq vositalardan tashqari,
empirik tadqiqotda tushunchalar apparatidan ham foydalaniladi. Tushunchalar bu yerda
ko’pincha fanning empirik tili deb ataladigan alohida til sifatida amal qiladi. Bu til ancha
murakkab tuzilishga ega bo’lib, unda empirik atamalar va nazariy til atamalari o’zaro ta’sirga
kirishadi.
Empirik atamalar empirik ob’yektlar deb nomlash mumkin bo’lgan alohida
abstraksiyalarni anglatadi. Ularni borliq ob’yektlaridan farqlash lozim. Empirik ob’yektlar – bu
amalda narsalar xossalari va munosabatlarining ayrim to’plamiga ega bo’lgan abstraksiyalardir.
Borliq ob’yektlari empirik bilishda aniq qayd etilgan va cheklangan belgilar to’plamiga ega
bo’lgan ideal ob’yektlar obrazida namoyon bo’ladi.
Nazariy bilishga kelsak, unda boshqa tadqiqot vositalari qo’llaniladi. Bu yerda
o’rganilayotgan ob’yekt bilan moddiy, amaliy o’zaro ta’sirga kirishish vositalari mavjud emas.
Biroq nazariy tadqiqot tili ham empirik tavsiflar tilidan farq qiladi. Uning negizi sifatida nazariy
ideal ob’yektlarni anglatuvchi nazariy atamalar amal qiladi. Ular shuningdek ideallashtirilgan
ob’yektlar, mavxum ob’yektlar yoki nazariy konstruktlar deb ham ataladi. Ular borliqning
mantiqiy rekonstruksiyalari hisoblanadigan alohida abstraksiyalardir. Birorta ham nazariya
bunday ob’yektlar yordamisiz yaratilmaydi.
Bilishning empirik va nazariy turlari nafaqat tadqiqot faoliyatining vositalari, balki
metodlariga ko’ra ham farq qiladi. Empirik darajada asosiy metodlar sifatida amalda eksperiment
o’tkazish va kuzatishdan foydalaniladi. Bu yerda o’rganilayotgan hodisalarni ob’yektiv
tavsiflashga qaratilgan empirik tavsiflash metodlari ham muhim o’rin tutadi.
Nazariy darajada bilishga kelsak, bu yerda alohida metodlar, chunonchi: ideallashtirish
(ideallashtirilgan ob’yektni yaratish metodi); ideallashtirilgan ob’yektlar bilan nazariy
eksperiment o’tkazish; nazariyani yaratishning alohida metodlari (mavxumdan muayyanga
yuksalish, aksiomatik va gipotetik-deduktiv metodlar); mantiqiy va tarixiy o’rganish metodlari
va hokazolardan foydalaniladi.
Metodlar va vositalarning bu o’ziga xos xususiyatlari empirik va nazariy o’rganish
predmetining o’ziga xosligi bilan bog’liq. Bu darajalarning har birida tadqiqotchi ayni bir
ob’yektiv borliq bilan ish ko’rishi mumkin, biroq u mazkur borliqni har xil nuqtai nazardan
o’rganadi, shu sababli uning bilimlardagi ifodasi har xil ko’rinishga ega bo’ladi
SHunday qilib, empirik va nazariy bilimlar bir-biridan predmeti, tadqiqot vositalari va
metodlariga ko’ra farq qiladi. Biroq ularning har birini farqlash va alohida ko’rib chiqish
abstraksiyadan iborat. Amalda bilimning bu ikki qatlami doimo o’zaro aloqa qiladi.

Yüklə 161,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə