5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 161,61 Kb.
səhifə29/35
tarix17.12.2023
ölçüsü161,61 Kb.
#149740
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va moh-fayllar.org

Mantiqiy tafakkur – tafakkur qoidalari, qonunlari va tamoyillariga muvofiq bir
haqiqatdan boshqa, yanada teranroq haqiqatga intilishdir. Tafakkur qoidalari, qonunlari fan
sifatidagi mantiqning mazmunini tashkil etadi. Bu qoidalar va qonunlar tafakkurga ichdan
xosdir. Mantiqiy qonunlar – narsalarning ob’yektiv munosabatlarini amaliyot asosida
umumlashtirish. Demak inson tafakkurining barkamollik darajasi uning mazmuni ob’yektiv
borliq mazmuniga qay darajada muvofiqligi bilan belgilanadi. Bizning aqlimiz amaliy harakatlar
mantiqi va ma’naviy madaniyat tizimida aks etgan narsalar mantiqiga bo’ysunadi. Tafakkur
jarayoni amalda nafaqat ayrim shaxs miyasida, balki butun madaniyat tarixi shakllanadi. Asosiy



qoidalar to’g’ri bo’lgan holda fikrning mantiqiyligi uning tafakkurda, tushunchalar harakatida


aks etishida namoyon bo’ladi. Inson teran fikr yuritishida, mantiq qonunlariga bo’ysunadi, uning
biron-bir tamoyilini buzmaydi.
Hozirgi zamon fani va texnikasi qarshisida ko’ndalang bo’lgan muammolarning
murakkabligi mantiqni faol rivojlantirish, tafakkurning mantiqiy apparatini, ayniqsa kibernetika
texnikasining juda o’sgan talablari bilan muvofiq holatga keltirishni talab qildi. Bu muhim
ehtiyoj mantiqda yangi yo’nalishlar – ko’p ma’noli, ehtimol tutilgan va boshqa mantiqiy
fanlarning paydo bo’lishini belgilab berdi, formal mantiqni matematika bilan yaqinlashtirdi va
matematik mantiq yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
Ob’yektiv borliq jarayonlarining aloqasi, ularning rivojlanishi o’ziga xos «narsalar
mantig’i», ob’yektiv mantiqni tashkil etadi. Bu mantiq bizning tafakkurimizda tushunchalar
aloqasi ko’rinishida aks etadi – bu sub’yekt mantig’i tafakkur mantig’i. Fikrlarimizning
mantiqiyligi shu bilan belgilanadiki, biz narsalarni ular amalda qanday bog’langan bo’lsa,
shunday bog’laymiz. Hamonki borliq dialektika qonunlariga bo’ysunar ekan, inson tafakkurining
mantig’i ham shu qonunlarga bo’ysunishi lozim.

Yüklə 161,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə