5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va mohiyati bilish nazariyasining predmeti. «Gnoseologiya»



Yüklə 161,61 Kb.
səhifə32/35
tarix17.12.2023
ölçüsü161,61 Kb.
#149740
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
5 mavzu gnoseologiya – bilish falsafasi bilishning mazmun va moh-fayllar.org

Mulohaza fikrning shunday bir shakliki, unda tushunchalarni bog’lash yo’li bilan
biror narsa haqidagi biron-bir fikr tasdiqlanadi (yoki rad etiladi). Masalan, «Terak – o’simlik»
degan shunday bir mulohazaki, unda terak haqida uning o’simlik ekanligi xususida fikr
bildiriladi. Tasdiqlash yoki rad etish, soxtalik yoki haqiqiylik, shuningdek ehtimol tutilgan
narsalar bor joyda biz mulohazalarga duch kelamiz.
Agar bizning ongimizda faqat tasavvurlar, o’z holicha tushunchalar mavjud bo’lgan va
ular bir-biri bilan mantiqan bog’lanmaganida, tafakkur jarayoni ham bo’lmas edi. Ma’lumki,
so’zning hayoti faqat nutqda, gapdagina haqiqiydir. Xuddi shuningdek, tushunchalar ham faqat
kontekstida «yashaydi». Ayrim tushuncha sun’iy «preparat», masalan, organizmdan ajratib
olingan hujayra bilan barobar. Tafakkur – biror narsa haqida xulosa chiqarish demak. Bunda biz
mulohaza ko’rinishida ifodalay olmaydigan tushuncha biz uchun mantiqiy ma’noga ega
bo’lmaydi.
Mulohaza (yoki mulohazalar) – keng ma’noda ifodalangan tushuncha, tushunchaning
o’zi esa – toraytirilgan mulohaza (yoki mulohazalar), deb aytish mumkin. Nima yuksakroq -
tushunchami yoki mulohaza, degan masala atrofidagi bahslar sxolastik, shuning uchun ham
besamardir.
Fikrning bevosita, moddiylashtirilgan ifodasi bo’lgan gap mulohazani ifodalashning
og’zaki shaklidir. Har qanday mulohaza sub’yektning predikat, ya’ni tavsiflanayotgan narsa yoki
hodisa bilan birikuvidir. SHu sababli mulohazalarning mantiqda ko’rilmaydigan turlari sub’yekt,
predikat va ular o’rtasidagi aloqaning ehtimol tutilgan modifikatsiyalari bilan bog’liq. Biz:
«Olov kuydiradi», deymiz. Bu – mantiqan sub’yekt predikat bilan bog’langan hukm. Olovni
ham, kuyishni ham sezish mumkin, biroq ular o’rtasidagi aloqani fikrimiz anglaydi.
Sub’yektning o’zgarishiga qarab hukmlar, masalan, shaxssiz bo’lishi mumkin: «Tong
otyapti», «Kayfiyat yo’q». YAkka, ayrim va umumiy hukmlar farqlanadi: «N’yuton tortilish
qonunini kashf etgan», «Ayrim odamlar yovuz niyatli bo’ladi», «Suyak – faol to’qimalardan
biri». Hukmlar tasdiqlovchi va inkor etuvchi bo’ladi: «Tanang kuchni o’simlik sharbatlaridan
oladi», «Sayyoralar yulduzlar emas».
Inson u yoki bu mulohazaga biron-bir dalilni bevosita kuzatish orqali yoki bilvosita
yo’l bilan – xulosa chiqarish yordamida kelishi mumkin.
Tafakkur faqat mulohaza yuritish emas. Tafakkur jarayonida amalda tushunchalar va
mulohazalar alohida o’rin to’tmaydi. Ular aqlning yanada murakkabroq harakatlari zanjiri –
mushohadaning bo’g’inlari hisoblanadi.





Xulosa – mushohadaning nisbatan tugallangan birligi. Mushohada yuritish jarayonida
mavjud mulohazalardan yangi mulohaza – xulosa chiqariladi. Xulosa chiqarish tafakkurning
shunday bir amaliki, unda ayrim fikrlarni taqqoslash yo’li bilan yangi mulohaza yaratiladi.
Inson narsalarning, xossalari va munosabatlarini teran bilish orqali vaqti-vaqti bilan
hozirgi zamon chegaralaridan o’tib, sirli kelajakka nazar tashlashi, hali ma’lum bo’lmagan
narsalarni oldindan ko’rishi, yuz berishi ehtimol tutilgan va muqarrar bo’lgan voqealarni
bashorat qilishi mumkin.

Yüklə 161,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə