270
Qisqa muddatli qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik
muomalalari ularni boshqa korxonalarning ustav kapitaliga
ulush sifatida sotib
olish, boshqa korxonalarga sotish hamda ularni saqlash bilan bog’liq bo’lgan
xarajatlardan tashkil topadi.
Boshqa korxonalardan ularning ustav kapitaliga ulush sifatida sotib olingan
aktsiyalar, bank sertifikatlari, davlat va mahaliy zayomlarining foizli obligatsiyalari
va boshqa qimmatli qog’ozlar hamda davlatga berilgan qisqa muddatli qarzlar
bo’yicha qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar
va ularning harakati bilan
bog’liq bo’lgang xo’jalik muomalalari 5810-«Qimmatli qog’ozlar» schyotida sotib
olish baholarida hisobga olinadi. Qisqa muddatli qimmatli qog’ozlarning harakati
bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik muomalalari quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari
bilan rasmiylashtiriladi:
1. Korxonaga boshqa korxonalarning aktsiya,
obligatsiya va boshqa
qimmatli
qog’ozlarini ularning ustav kapitaliga ulush sifatida sotib olsa:
Debet 5810-«Qimmatli qog’ozlar»
Kredit 5100-«Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi
schyotlar»;
Kredit 5530-«Boshqa maxsus schyotlar»;
2. Agar korxona asosiy vositalarni berish hisobiga qimmatli qog’ozlar olsa:
Debet 5810-«Qimmatli qog’ozlar»
Kredit 0100-«Asosiy vositalar hisobga olinadigan schyotlar»
schyotining
tegishli ikkinchi tartibli sintetik schyoti;
3. Materiallarni berish hisobiga qimmatli qog’ozlar olsa:
Debet 5810-«Qimmatli qog’ozlar»
Kredit 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotining ikkinchi
tartibli sintetik schyotlari bo’yicha;
4. Tayyor mahsulotlarni berish hisobiga qimmatli qog’ozlarning qabul qilish:
Dostları ilə paylaş: