5-vaziyat.
«Toshmuhammadhoji» ko’p tarmoqli
ishlab chiqarish tijorat
xususiy firmasi «Hamrojon-oqyo’l» firmasiga 2018-yil 25-yanvar kuni tuzilgan
shartnomaga asosan 10 oy muddatga 26-noyabrga qadar yillik 20foiz stavka bilan
45000000 so’m qarz berdi. Shartnomada qarzni o’z vaqtida
qaytarilmaslik holati
bo’yicha kechikkan har bir kun uchun 1foiz miqdorida peniya to’lash nazarda
tutilgan. Shartnoma bo’yicha «Hamrojon-oqyo’l» firmasi qarzning foiz stavkasini
qarzni qaytarish kunida berishga kelishilgan.
Talab qilinadi:
«Toshmuhammadhoji» ko’p tarmoqli ishlab chiqarish tijorat
xususiy firmasi va «Hamrojon-oqyo’l» firmasi buxgalteriya
hisobi schyotlarida
berilgan va olingan qarz va uning foiz stavkasi bilan bog’liq bo’lgan muomalalarni
aks ettiring.
6-vaziyat.
«Toshmuhammadhoji» ko’p tarmoqli ishlab chiqarish tijorat
xususiy firmasi «Mirrix» firmasiga 2016-yil 25-yanvar kuni tuzilgan shartnomaga
asosan 2 yil muddatga 2018-yil 26-noyabrga qadar yillik 20foiz
stavka bilan
60000000 so’m uzoq muddatli qarz berdi. Shartnomada qarzni o’z vaqtida
qaytarmaganlik uchun kechikkan har bir kun uchun 1foiz miqdorida peniya to’lash
nazarda tutilgan. Shartnoma bo’yicha «Mirrix» firmasi qarzning foiz stavkasini har
yilning boshida berishga kelishilgan. Qarz «Mirrix» firmasi tomonidan 3 oy 10 kun
kechikan muddat bilan qaytarildi.
Talab qilinadi:
«Toshmuhammadhoji» ko’p tarmoqli ishlab chiqarish tijorat
va «Mirrix» xususiy firmalari buxgalteriya hisobi schyotlarida berilgan va olingan
uzoq muddatli qarz va uning foiz stavkasi bilan bog’liq bo’lgan muomalalarni aks
ettiring.
290
7-vaziyat.
«Toshmuhammadhoji» ko’p tarmoqli ishlab chiqarish tijorat
xususiy firmasi o’zining hisob-kitobdagi bo’sh pullarni «Ipoteka»
tijorat bankida
yillik 14 foiz stavka bilan 100000000 so’m mablag’ni muddatsiz depozitga
joylashtirdi. Shartnomada depozitning foiz stavkasi har
oyning birinchi sanasiga
«Toshmuhammadhoji» ko’p tarmoqli ishlab chiqarish tijorat xususiy firmasi hisob-
kitobga o’tkazib berishga kelishilgan.
Talab qilinadi:
«Toshmuhammadhoji» ko’p tarmoqli ishlab chiqarish tijorat
xususiy firmasi buxgalteriya hisobi schyotlarida qo’yilgan depozitni va har oyda
olinadigan foiz summasini aks ettiring.