266
2. Vositachi korxonalarga vositachilik xizmati uchun to’langan haq
(masalan, birja brokerlariga to’lanadigan taqdirlovchi haq);
3. Bank xizmati uchun to’lovlar;
4. Bojlar;
5. Axborot-maslahat xizmatlari uchun to’lovlar va boshqa xarajatlar.
Agarda investitsiya, aktsiyalarni emissiya
qilish yoki boshqa qimmatli
qog’ozlar chiqarish yo’li bilan to’laligicha yoki qisman olinayotgan bo’lsa,
xarid
qilingan qimmatli qog’ozlarning qiymati ularning joriy qiymatiga teng bo’ladi.
Agar investitsiya boshqa aktivga almashtirib to’la yoki qisman olingan bo’lsa, u
holda investitsiya qiymati topshirilgan aktivning joriy qiymatiga qarab aniqlanadi.
Ustav kapitaliga ulush sifatida olingan investitsiyalar Ta’sischi bilan
kelishilgan pul qiymatlarida yoki buxgalteriya hisobining 12 sonli-«Moliyaviy
investitsiyalar hisobi» nomli milliy standartida aktivlarni sotib olish uchun nazarda
tutilgan baholarda hisobga olinadi.
Qaytarib olmaslik sharti bilan berish tekinga olingan investitsiyalar
Moliyaviy qo’yilmalarni buxgalteriya hisobida hisobga olish sanasidagi joriy bozor
baholarida yoki Tekinga olingan moliyaviy fo’yilmalarni buxgalteriya hisobida
hisobga olish sanasiga sotishdan olinadigan pul mablag’lari da hisobga olinadi.
Oddiy sherikchilik shartnomasi asosida olingan investitsiyalar sherikchilik
shartnomasida ko’rsatilgan baholarda hisobga olinadi.
Moliyaviy investitsiyalarni olingan paytgacha bo’lgan davr uchun foizlar
ulushi, hisoblangan dividendlarni o’z ichiga olgan xarid qiymati bo’yicha xarid
qilish xaridor tomonidan sotuvchiga to’langan foizlar miqdorini chiqarib tashlab,
xarid qiymati bo’yicha hisobga olinadi.
Investitsiyalarning xarid qiymati bilan qarzga berilgan qimmatli qog’ozlarni
to’lash qiymati o’rtasidagi tafovut (diskont yoki xarid qilish chogida mukofot
tarzida berilgan mablag’) investor tomonidan investitsiyalar bo’yicha doimiy
daromad bo’lishi uchun xarid qilingan paytdan boshlab qarz to’langan paytgacha
hisobdan o’chiriladi.
267
Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalarni bozor qiymati bo’yicha hisobga
oluvchi xo’jalik yurituvchi sub’yekt hisob siyosatida investitsiyalar balans
qiymatining kamayishi yoki ko’payishini,
birinchidan, daromad yoki xarajat
sifatida aks ettiriladi, ikkinchidan, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta
baholash natijasida paydo bo’lgan qo’shimcha miqdor xususiy kapitalga qayta
baholashdan kelgan daromad sifatida qo’shiladi.
Moliyaviy investitsiyalar qiymati kamaygan taqdirda, kamayish miqdori
xususiy kapitalda aks ettirilgan usha investitsiyalarni oldingi baholash
qiymati
hisobidan amalga oshiriladi. Agar moliyaviy investitsiyalar
qiymatini kamayishi
miqdori, ilgarigi qayta baholashdan olingan daromad miqdoridan ko’p bo’lsa, bu
tafovut xarajat sifatida hisobga olinadi. Qiymati pasaytirilgan investitsiyalarni
qo’shimcha baholash miqdori, mazkur investitsiyalardan kelgan zarar
qoplangandan so’ng, kxususiy kapital ko’payishiga kiritiladi.
Investitsiyalarni sotish chogida sotishdan tushgan mablag’ bilan balans
qiymati o’rtasidagi tafovut xarajatlar (broker yoki diler xizmati haqi) chiqarib
tashlangandan so’ng daromad yoki xarajat sifatida e’tirof etiladi.
Agar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar
balansda portfel uslubi
bo’yicha ikki qiymatning eng kami bo’yicha hisobga olingan bo’lsa, ularni sotish
chogidagi chetlanish (daromad yoki zarar) sotish narxi bilan xarid narxi o’rtasidagi
tafovut sifatida aniqlanadi. Bunda ilgari qayta baholangan yoki bozor qiymati
bo’yicha hisobga olingan investitsiyalarni balans qiymati bilan qo’shimcha
baholash qiymati orasidagi daromad taqsimlanmagan foyda hisobiga o’tkaziladi.
Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni uzoq muddatli
moliyaviy
investitsiyalar toifasiga o’tkazish xarid qilish qiymati va bozor qiymatidan eng
kami bo’yicha yoki agar investitsiya ilgari shu qiymat bo’yicha hisobga olingan
bo’lsa, bozor qiymati bo’yicha amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli investitsiyalar bo’yicha quyidagi ko’rinishdagi daromadlar
va xarajatlar sodir bo’ladi:
1. Foizlar, royalti, dividendlar
va ijara haqlari;
2. Sotishdan keladigan daromadlar va zararlar;