4 Mavzu. Moddiy xarajatlar hisobi



Yüklə 115,5 Kb.
səhifə2/4
tarix01.06.2023
ölçüsü115,5 Kb.
#114859
1   2   3   4
4-Mavzu

Materiallarni saqlash


Ombor xodimi materiallar uchun quyidagilarga javobgardir
• foydalanish uchun olishga qulay bo‘lishi uchun;
• sifati buzilishidan, yonјin va o‘јirlashdan himoyalangan bo‘lishi uchun;
• tejamli saqlanishi uchun.
Ko‘p hollarda ombor xodimlari ombor hisobi kartochkalaridan foydalanib, omborga kelgan, ishlab chiqarishga berilgan materiallar va ularning zahiralarini hisoblab boradilar.
Materiallarni ishlab chiqarishga berish

Ishlab chiqarish sexlariga materiallar berilganda, material berish talabnomalari bilan beriladi va nazorat qilinadi. Talabnomalar quyidagi vazifalarni bajaradi:
• ombor xodimiga materialni berishga ruxsat etadi;
• bosh daftarga va ombor hisob kartochkasiga yozishga asos bo‘ladi.
2. Materiallarni hisobga olishning uzluksiz va davriy tizimi
Materiallarni hisobga olishning ikki tizimi mavjud:
- Materiallarni hisobga olishning davriy tizimi;

  • Materiallarni hisobga olishning uzluksiz tizimi.

Materiallarni hisobga olishning davriy tizimibu hisobga olishning shunday tizimiki, yil davomida material zahiralar hisobi batafsil olib borilmaydi, yil oxirida esa zahiralarning haqiqatda qanchalik mavjudligini aniqlash uchun inventarizatsiya o‘tkaziladi. Ishlab chiqarishda sarflangan materiallarning tannarxini inventarizatsiya tugamaguncha aniqlab bo‘lmaydi, chunki bu materiallarni tannarxini aniqlash quyidagicha amalga oshiriladi:


Davr boshida materiallar qoldiјi
+ Shu davrda xarid qilingan materiallar
- Hisobot davri oxirida materiallar qoldiјi
= Ombordan ishlab chiqarishga berilgan materiallarning tannarxi
Ko‘p korxonalarda materiallarni davriy hisobga olish tizimidan foydalanadi, chunki u ko‘p miqdorda idora ishlari talab qilmaydi. Zahiralarni davriy baholash tizimining asosiy kamchiligi joriy paytda qancha zahira mavjudligi to‘јrisida batafsil yozuvlarning yo‘qligidir. Bunday axborot omborda zarur zahiralar qolmasligiga yo‘l qo‘ymaslik hamda moddiy zahiralarga sarflangan mablaјni nazorat qilish uchun tovar moddiy zahiralarini boshqarishni samarali yuritishdan tashqari xaridorlarning talablarini tezkorlik bilan inobatga olish imkonini bergan bo‘lar edi.
Bunday axborotni ta’minlaydigan tizim, zahiralarni uzluksiz hisobga olish tizimi deb ataladi.
Bunday tizimda material zahiralarini xarid qilish va ishlab chiqarishga berish to‘јrisida muntazam yozib borish yo‘li bilan zahiralarning uzluksiz hisobi ta’minlanadi. Natijada hisobot yili davomida mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar va zahiralar miqdori aniq bo‘ladi.

Yüklə 115,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə