4 Mavzu. Moddiy xarajatlar hisobi


Ishlab chiqarishga berilayotgan materiallarning tannarxini aniqlash



Yüklə 115,5 Kb.
səhifə3/4
tarix01.06.2023
ölçüsü115,5 Kb.
#114859
1   2   3   4
4-Mavzu

3. Ishlab chiqarishga berilayotgan materiallarning tannarxini aniqlash
Moddiy zahiralarni baholash quyidagi usullardan birini qo‘llash orqali amalga oshiriladi:
1. Yalpi identifikatsiyalash usuli;
2. LIFO usuli (Last-in, first-out LIFO);
3. O‘rtacha qiymat usuli (Average-cost AVECO);
4. FIFO usuli (First-in, first-out FIFO);
5. NIFO usuli (next-in, first-out NIFO );
6. Me’yoriy qiymat usuli.
Yalpi identifikatsiyalash usuli materiallar zahiralarini baholashning bu usulida materiallar zahirasi tarkibidagi birliklar hisobot davrining oxirida u yoki bu operatsiya natijasida olingan zahira sifatida aniq belgilangan bo‘ladi. Katta qiymatli materiallarni sarflash choјida yalpi identifikatsiyalash usulidan foydalanish mumkin. Bu usuldan ayrim hollardagina foydalanish qulaydir, lekin ikkita muhim kamchiligi tufayli keng tarqalmagan. Birinchidan, ko‘p hollarda tovar moddiy zahiralar birliklarining sotib olinishi va sarflanishini kuzatib turish qiyin. Ikkinchidan, agar korxona bir turdagi materialni xarid qilish va iste’mol qilish bilan shuјullansa, qanday materiallar sarflangan va qaysilari sarflanmaganligini ancha shartli ravishda aniqlash mumkin bo‘ladi.
FIFO (FIFO) usulitovar-moddiy zahiralarni birinchi turkum (dastlabki xarid qilingan turkum) bo‘yicha hisobga olish usuli, bu usulga muvofiq zahiralarni qanday tartibda sotib olingan bo‘lsa shunday tartibda foydalaniladi, ya’ni ishlab chiqarishga (sotishga) dastlab tushgan zahiralar xarid vaqtidagi birinchi qiymat bo‘yicha baholanishi nazarda tutiladi, demak, davr oxiridagi zahiralar so‘nggi xarid qiymati bo‘yicha baholanadi.
FIFO (FIFO) usulidan har qanday tarmoq korxonasida materiallarning haqiqiy harakatidan qat’iy nazar foydalanish mumkin, chunki bu usul tovarlarning harakatini emas, balki qiymatining harakatini hisobga oladi. Pul qadrsizlanadigan davrda FIFO usuli mumkin bo‘lgan sof foyda olishning eng yuqori darajasini ko‘rsatadi.
Misol:

Materiallarning xarid qilingan vaqti

Birlik miqdori

Birlikka xarajat, sh.b.

Umumiy xarajatlar sh.b.

2- martda

2000

4,00

8000

15- martda

6000

4,40

26400

30- martda

2000

4,75

9500

Bor zahiralar jami

10 000




43900

Yil oxiriga zahiralar, b. - 6000 b

Yil oxiriga zahiralar sh.b. – 6000 shundan 4000*4,4+2000*4,75= 27100 sh.b.

Haqiqatda materiallar tannarxi 43 900 sh.b.
minus:davr oxiridagi zahira 27 100 sh.b.
Ishlab chiqarishdagi materiallarning tannarxi 16 600 sh.b.

LIFO (LIFO) usulitovar moddiy zahiralarni so‘nggi turkumi (so‘nggi xarid qilingan turkumi) bo‘yicha hisobga olish usuli: bu usulda zahiralardan eng so‘nggi xarid qilinganidan boshlab foydalaniladi, demak ishlab chiqarishga (sotishga) zahiralarning berilishi so‘nggi xarid tannarxi bo‘yicha baholanadi, davr oxiridagi zahiralarning tannarxi esa birinchi xarid tannarxidan kelib chiqib baholanadi. LIFO (LIFO) usulidan foydalanish pul qadrsizlanishi davrida eng kam foyda beradi, deflyatsiya (narx pasayishi) davrida eng ko‘p foyda beradi. FIFO usulidan farqli ravishda joriy xarajatlar va daromadlarni bir-biriga moslashtirishni (boјlashni) ta’minlaydi, pul qadrsizlanishining ta’sirini kamaytirish imkonini beradi.
Misol:

Materiallarning xarid qilingan vaqti

Birlik miqdori

Birlikka xarajat, sh.b.

Umumiy xarajatlar sh.b.

2- martda

2000

4,00

8000

15- martda

6000

4,40

26400

30- martda

2000

4,75

9500

Jami zahiralar

10 000




43900

Yil oxiriga zahiralar, b. - 6000 birlik

Yil oxiriga zahiralar, sh.b. – 6000 shundan 2000*4+4000*4,4= 25600 sh.b.

Haqiqatda materiallar tannarxi 43 900 sh.b.
minus: davr oxiridagi zahira 25 600 sh.b.
Ishlab chiqarishdagi materiallarning tannarxi 18 300 sh.b.

O‘rtacha qiymat usuli (AVECO)materiallarni o‘rtacha narxda baholashga asoslanadi: tovar moddiy zahiralarining qiymatini hisoblash usuli, bu usulda sotilgan tovarlar (foydalanilgan materiallarning) va oxirgi zahiralarning tannarxi sotish uchun (foydalanish uchun) yaroqli tovarlar (materiallar)ning o‘rtacha qiymatiga teng deb taxmin qiladi.

Yüklə 115,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə