4-mavzu. Borliq – falsafasi


Aziziddin Nasafiyning ontologik qarashlari



Yüklə 65,63 Kb.
səhifə6/20
tarix09.02.2022
ölçüsü65,63 Kb.
#83632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
4. Borliq falsafasi

Aziziddin Nasafiyning ontologik qarashlari. Nasafiy borliqni «Zubdat ul – Haqoyiq» «Haqiqatlar qaymog‘i» asarida Olami Kubro (katta, ulug‘ Olam, yunon falsafasidagi Makrokosm) va Olami sug‘ro (Kichik Olam, inson borlig‘i, yunon falsafasidagi Mikrokosm) ga ajratadi hamda ular orasidagi uzviylikni ko‘rsatadi. Asarning birinchi bobi Olami Kubro, (makrokosm, kosmos) uning kelib chiqishi, strukturasi va boshqa ontologik muammolarni yoritishga bag‘ishlangan.

Yangi davrda borliq masalasi. Yangi davrda borliqning mohiyati Xudoning ishlariga emas, balki tabiat qonunlariga bog‘lanadi. Tabiat borliqning butun yashirin ma’nosini qamrab oladi, shu sababli u bilan muloqot qilish, uning tabiiylik darajasini sinab ko‘rish muhimdir. Tabiatni o‘rganuvchi fanlar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Yuzaga kelayotgan kapitalizm ta’sirida tashabbuskorlik, faollik va omilkorlikning rivojlanishi individualizmga asoslangan antropotsentristik dunyoqarashni shakllantiradi.

XVII-XVIII asrlarning faylasuflari Golbax, Gelvesiy, Lametri borliq tushunchasini fizik borliq bilan bog‘laydi. Bu faylasuflarning naturalistik qarashlari mexanikaning faol rivojlanishi bilan belgilangan va ularning tabiat haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarini aks ettirgan. Bundan borliqni «naturallashtirish» g‘oyasi kelib chiqqan.



Spinoza (1632-1677) dunyo haqidagi monistik ta’limotni yaratdi. Uning monizmi panteizm ko‘rinishida namoyon bo‘ladi: Benedik Spinoza o‘z ontologiyasida Xudo va tabiatni ayniylashtiradi, bunda Xudo yaratuvchi tabiat va yaratilgan tabiat sifatida amal qiladi. Ayni vaqtda B.Spinoza birgina moddiy substansiya mavjud bo‘lib, uning asosiy atributlari ko‘lamlilik va fikrlashdir, degan g‘oyani ilgari suradi. Shunday qilib, butun tabiat u Xudo bo‘lgani uchungina emas, balki unga fikrlash xos bo‘lgani uchun ham jonli hisoblanadi. Spinoza butun tabiatni jonlantirib, shu tariqa gilozoist-faylasuf sifatida ham namoyon bo‘ladi.


Yüklə 65,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə