4-mavzu. Borliq – falsafasi



Yüklə 65,63 Kb.
səhifə20/20
tarix09.02.2022
ölçüsü65,63 Kb.
#83632
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
4. Borliq falsafasi

Noosfera. Yechimini topmagan ekologik muammolar xavfi kuchayishiga qarab odamlar tang vaziyatdan chiqish yo‘llari haqida ko‘proq bosh qotira boshladilar, uni bartaraf etish yo‘lida muayyan qadamlar tashlashga harakat qildilar. Shu munosabat bilan to‘plangan tajribadan, o‘zgargan sharoitlardan o‘z vaqtida chiqarilgan to‘g‘ri xulosalar ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday muhim xulosalardan biri shundan iboratki, yaqin o‘tmishda ijtimoiy hayot ikki mutlaqo zarur shart: tirikchilik vositalarini uzluksiz ishlab chiqarish va insonning ko‘payishiga rioya etgan holda kechishi mumkin edi. Bunda tabiiy muhit go‘yoki oldindan berilgan bo‘lib, insonga nisbatan muayyan konstanta vazifasini bajarardi. Undan faqat foydalanish lozim edi. Hozirgi davr bu tabiiy muvozanatga jiddiy tuzatish kiritdi. Endi ishlab chiqarishning yangi turi – tabiiy muhitning o‘zini ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarishga zarurat tug‘ildi, bu esa inson nafaqat ijtimoiy jarayonlarda, balki o‘ziga bo‘ysunuvchi tabiiy jarayonlarda ham faol asosga aylanganini anglatadi.

«Noosfera» atamasi ilk bor XX asrning 20-yillaridan fransuz olimlar E.Lerua va P.Teyyar de Sharden tomonidan ishlatila boshladi. Ular noosferaga ideal tuzilma, sayyoraning biosferadan tashqaridagi alohida «tafakkur pardasi» sifatida qaradilar.



V.I.Vernadskiy (rus olimi 1863-1945) XX asrning 30-yillarida «noosfera» tushunchasiga butunlay boshqacha ma’no yukladi. U noosfera biosferani va umuman tabiatni o‘zgartirishga qaratilgan inson faoliyati natijasidir hozirgi bosqichda insoniyat qudratli geologik kuchga aylanadi, degan xulosaga keldi5. Uning fikricha, Yer atrofida kelib chiqishi antropogen xususiyatga ega bo‘lgan «parda» vujudga keladi, ammo bu ideal soha emas, balki biosferaning rivojlanishidagi muayyan bosqichdir. Bunda odamlarning ongli o‘zgartiruvchi faoliyati amalda mazkur rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi, shu tariqa yuzaga kelgan «aql-idrok sohasi» esa moddiy hodisa hisoblanadi, chunki biosferaga ham, inson aql-idrokiga ham, uning faoliyatiga ham materialistik nuqtai nazardan yondashiladi.



1 Қаранг: Малюкова О.В. Материя, пространство и время с точки зрения физики ХХ века / Онтология, гносеология, логика и аналитическая философия. – СПб.: 1997. – С.93.

2 Аристотел // Всемирная энциклопедия.-Т.: Современный литератор, 2001. –С.24.

3 Ибн Сино Трактат о разделении // Классификации существующих вещей//Материалы по истории прогрессивной философии .-М.: 2003. –С. 56

4 Джемс У. Зависимость верқ от воли. – СП(б).: 1994. –С. 35.

5 Қаранг: Вернадский В.И. Химическое строение бисферқ Земли и ее окружения. – М.: 1965. – С.328

Yüklə 65,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə