4. gruntga ishlov berish texnologiyaSI


Yer osti suvlari satxini sun’iy pasaytirish



Yüklə 447,12 Kb.
səhifə7/17
tarix05.10.2023
ölçüsü447,12 Kb.
#125336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Dars QJR elit uchun 4-ma\'ruza

4.5.Yer osti suvlari satxini sun’iy pasaytirish


Yer osti suvi satxidan pastda joylashgan, qazilmalarni qurish uchun suvga to‘yingan grunt quritilib, (suvi qochirilib) va normal sharoitda uni qazish ta’minlanadi. Bundan tashqari ishlarni bajarish vaqtida kotlovanlarga, transheyalarga va qazilmalarga grunt suvi tushishini oldini olish kerak.


Bu masalalarni yechishining samarali texnologik usuli bu grunt suvini nasos bilan chiqarib tashlashdir. Kotlovan va transheyalar qazishda grunt suvi oqimi uncha katta bo‘lmaganda suvni nasos bilan chiqarib tashlash qo‘llaniladi, agar oqim tez va suvga to‘yingan qatlam qalinligi katta bo‘lsa, qazish ishlari boshlangunga qadar, grunt suvi sathini sun’iy pasaytirishning suvni chiqarib tashlashning turli usullari qo‘llaniladi va bu suv sathini pasaytirish deb nomlanadi.
Suvni ochiq usul bilan chiqarib tashlash oqayotgan suvni bevosita kotlovan yoki transheyadan nasoslar bilan so‘rib chiqarib tashlash uchun qo‘llaniladi. Ochiq usulda kotlovan qiyaliklari va tubidan sizilib chiqqan suv kotlovanning past qismida maxsus barpo etilgan ariqchalarga yunaltiriladi yoki zumf deb ataluvchi suv yig‘adigan chuqurga yoki lotokka yo‘naltiriladi va u yerdan suv diafragmali yoki markazdan qochirma nasoslar bilan chiqarib tashlanadi. Nasoslar suv oqimining kirimiga qarab tanlanadi.
Suv yig‘uvchi ariqlar eni 0,3...0,6 m va chuqurligi 1...2 m, nishabi chuqur tarafga tomon 0,01...0,02 m ni tashkil etib qaziladi.
Ochiq suvni chiqarib tashlash grunt suvlari bilan kurashishning oddiy va sodda usuli, lekin uning jiddiy texnologik kamchiligi bor. Kotlovan va transheya devorlari hamda tubidan chiqayotgan yer osti suv oqimi gruntni suyultiradi va mayda zarralarni yuzaga chiqaradi. Bunday yuvilish natijasida bu usul jiddiy kamchiliklarga ega:
-oqar suv tomonidan yuvilishi hisobiga qazilma zaminining tabiiy mustahkamligi kamayadi;
-qazilma tubida suv bo‘lishi grunt qazish ishlarini bajarishni qiyinlashtiradi;
-suvni zumpflar tomoniga harakati gruntlarni ham harakatga keltiradi, shuning uchun qazilma devorlarini mahkamlash talab qilinadi;
-suvning suv yig‘uvchi ariqlar tomon harakati, qurilayotgan ob’ekt yaqinida joylashgan bino va inshootlarni zaminlarini susaytirishi mumkin.
Ochiq usulda suvni chiqarib tashlash maqsadga muvofiq bo‘lmasa, u holda grunt suvlari satxini sun’iy pasaytirish qo‘llaniladi. Suv sathini pasaytirish grunt suvlari sathini bo‘lajak qazilma tubidan pastroqqa pasayishini ta’minlaydi. Grunt suvlari satxini pasaytirish bu kelgusida barpo etiladigan kotlovan va transheya yaqinida joylashgan shaxta quduqlaridan (4.2-rasm) yoki suvni pasaytiruvchi burg‘ulangan quduqlardan, chuqur nasoslar yordamida suvni chiqarib tashlashdan iboratdir. Bunda grunt suvlari satxi jadal pasayib, oldin suvga to‘yingan gruntlarning suvi ketib, grunt xuddi tabiiy namlik holatidagidek qaziladi. Suv satxini pasaytirishda qazilma qiyaliklarining butunligini saqlash imkoni paydo bo‘ladi va yaqin atrofda joylashgan bino poydevori ostidan grunt zarrachalari chiqishining oldi olinadi.
Suvni su’niy pasaytirish uchun bir necha boshqa samarali usullar ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan asosiylari bu ninafiltrli, vakuumli va elektroosmotik usullardir.

Yüklə 447,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə