4. gruntga ishlov berish texnologiyaSI


Gruntlarning qurilishga aloqador xususiyatlari



Yüklə 447,12 Kb.
səhifə4/17
tarix05.10.2023
ölçüsü447,12 Kb.
#125336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Dars QJR elit uchun 4-ma\'ruza

4.3. Gruntlarning qurilishga aloqador xususiyatlari


Grunt bu tabiiy muhitdan iborat bo‘lib, unda bino va inshootning yer ostki qismi joylashadi. Qurilishda gruntlar deb, yer qobig‘ining ustki qatlamida joylashgan asosan g‘ovak va toshloq jinslarga aytiladi. Gruntlarning turlari asosan quyidagilarga ajraladi: qumli, loyli qum, qumli loy, loyli(gil), sog‘ tuproq (lyoss), torf, shag‘al, o‘simlikli grunt, turli qoyatoshli va zichlangan gruntlar. Gruntlarning qurilish xususiyatlaridan barpo etilayotgan inshootning mustahkamligi va ustivorligi, ishlab chiqarish usullari, ishlarning mehnat sarfi hamda narxi bog‘liq bo‘ladi.


Yer ishlarini bajarish usullarini tanlashda gruntlarning quyidagi asosiy tasniflari (xarakteristikalari): zichlik, namlik, yopishqoqlik, yumshatilishi, bog‘lanuvchanligi, tabiiy qiyalik burchagi, ishlash murakkabligi (mehnat sarfi)niinobatga olish taqoza etiladi. Ushbu tasniflar “Gruntlar mexanikasi” fanida mukammal yoritilgan.
Grunt hajmining ko‘payishini hisobga oladigan koeffitsientlarni, boshlang‘ich (dastlabki) va qoldiq yumshatilish koeffitsienti deyiladi(3.1 jadval).
Jadval 3.1
Turli xil gruntlar uchun yumshatilish koeffitsienti

Gruntlar nomi

Yumshatilish koeffitsientlari

Boshlang‘ich (dastlabki)

qoldiq

Loy
Qumli loy
Torf
Loyli qum

1.26...1.32
1.14...1.28
1.2...1.3
1.08...1.17

1.04...1.09
1.02...1.05
1.03...1.04
1.01...1.03

To‘kilmaga to‘kilgan gruntlarning zichlanishini tezlatish uchun katoklar yordamida sun’iy zichlash, trambovka (shibbalab zichlashtirish), vibratsion (titratib) zichlash qo‘llaniladi, qumli gruntlar uchun esa suv quyib zichlash qulay.


Yopishqoqlik –ma’lum namlikdagi gruntning turli predmetlar yuzalariga yopishish qobiliyatiga aytiladi. Katta yopishqoqlik, mexanizm cho‘michidan yoki mashina kuzovidan gruntning to‘kilishini, transportlarning ishlash sharoitini qiyinlashtiradi. Yopishqoqlik predmetga yopishgan gruntni ko‘chirish uchun zarur bo‘lgan kuch bilan aniqlanadi (loy uchun yopishqoqlik 0,05MPa gachani tashkil etadi).

Yüklə 447,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə