4. gruntga ishlov berish texnologiyaSI


Yer ishlari bajarilishidagi tayyorlov va yordamchi jarayonlari



Yüklə 447,12 Kb.
səhifə6/17
tarix05.10.2023
ölçüsü447,12 Kb.
#125336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Dars QJR elit uchun 4-ma\'ruza

4.4. Yer ishlari bajarilishidagi tayyorlov va yordamchi jarayonlari


Yer inshootlarni rejalash (o‘rnini belgilash) ularning holatini joyida o‘rnatish va mahkamlashdan iborat. Rejalash geodezik instrumentlar va turli xil o‘lchov moslamalari bilan amalga oshiriladi.
Kotlovanni rejalash qurilish loyihasi asosida asosiy ishchi o‘qlarni ya’ni binoning asosiy o‘qlarini joyiga ko‘chirib ularni mahkamlashdan boshlanadi. Keyin bo‘lajak kotlovanning chetlaridan 2..3 m masofada asosiy rejalash o‘qlariga parallel qilib obnoskalar o‘rnatiladi.
Bir marta ishlatiladigan obnoska gruntga urib kirgizilgan metall ustunlar yoki yerga ko‘milgan yog‘och qoziqlar va ularni biriktiruvchi taxtadan iborat. Qalinligi 40 mm dan kam bo‘lmagan taxta yuqoriga qaratilgan arralanadigan qirraga ega bo‘lishi kamida uchta qoziqqa qat’iy gorizontal holatda biriktirilishi kerak. Inventar metall obnoska yanada mukammal hisoblanadi. Transport vositalarini utkazish uchun obnoskalarda uzilishlar hosil qilinadi.
Obnoskaga asosiy rejalash o‘qlari ko‘chiriladi va ulardan boshlab binoning barcha asosiy o‘qlari belgilanadi. Hamma o‘qlar obnoskada mixlar bilan yoki qisqacha arralanib mahkamlanadi va raqamlanadi. Metall obnoskalarda o‘qlarni belgilash bo‘yoq bilan amalga oshiriladi. Kotlovanning o‘lchamlari yuqorisi bo‘ylab, qazilgandan so‘ng pasti bo‘ylab, hamda boshqa ahamiyatli no‘qtalari ko‘zga yaxshi ko‘rinadigan qoziqchalar va ishora qoziqlari bilan belgilanadi. Binoning yer ostki qismi barpo etilgandan so‘ng asosiy rejalash o‘qlari uning sokol qismiga ko‘chiriladi.
Uzun o‘lchovli inshootlar (transheyalar) uchun faqat ko‘ndalang obnoskalar o‘rnatilib, trassaning to‘g‘ri uchastkalarida har 50 m da, qayriladigan uchastkalarda har 20 m da o‘rnatiladi. Shuningdek,obnoskalar har bir piketda, trassa profili keskin o‘zgargan no‘qtalarda urnatiladi.



Yüklə 447,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə