3-seminar mashg’uloti


Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 51,02 Kb.
səhifə5/5
tarix11.12.2023
ölçüsü51,02 Kb.
#145302
1   2   3   4   5
3-seminar MT

Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati
1.Karimova V. Psixologiya. Toshkent, 2002.
2.Petrovskiy A.V. Umumiy psixologiya. Toshkent. O’qituvchi, 2008.
3.Xalilov M. Bilish jarayonlari psixologiyasi. O’quv qo’llanma. 1-2-qismlar. Samarqand. SamDU. 1999 yil.
4. G’oziyev E. Psixologiya. Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. Toshkent. O’qituvchi, 2008.
5.www. tdpu.iz
6. www. pedagog.uz
7.www. Ziyonet.uz

Ishning maqsadi: Fikr yuritish operatsiyalari va aql sifatlari tahliliga doir muammoli vaziyatlarni tahlil qilishga o‘rgatish. Tushunchalarni taqqoslash jarayonining kechimini tekshirish


Kerakli jihozlar: mavzuga oid adabiyotlar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallar, internet materiallari

Ishni bajarish tartibi:


1. Seminar mavzusining daftarda yoritilgan konspekti.Tushunish va tafakkur qilishning ijtimoiy mohiyati.
2.Tafakkurning turlari.
3.Tafakkur mahsullari va operasiyalari.
4.Mustaqil fikrlash – sog’lom ma’naviyat va tafakkurning alohida xossasi.
5.Mustaqil fikrlash – ijtimoiy-psixologik hodisa.
6.Talabalar tafakkurida inqiroz tushunchasining talqin qilinishi.
7.Tafakkur turlari va shakllari qanday?
8.Tafakkur operasiyalari.
9.Realistik, autistik, vizual tafakkur nima?
10.Tafakkur jarayonining nerv-fiziologik asosi va mexanizmlari..


Fikriy masalalarni yechishda tasavvurning roliini aniqlash.


Zarur material Turli vaziyatlar aks ettirilgan matnlar
Vazifalar:
1. Keltirilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish
2. Nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish
1. Kitob javoniga ikki tomlik asarlar to‘plami qo‘yilgan. Birinchi tom 300 sahifalik, ikkinchisi esa 200 sahifalik. Javonda kitob qurti paydo bo‘lib kitoblarni birinchi tomining birinchi sahifasidan ikkinchi tomining oxirgi sahifasigacha kemirib tashladi. Kitob qurti kitoblarning necha sahifasini kemirgan?
Savolga 500 sahifa deb berilgan javob to‘g‘ri emas.
Savolga to‘g‘ri javob berish uchun kitobni javonga qanday terilganini (tartibini) aniq bilib olish lozim. Kitob qurti birorta sahifani ham kemirgan emas. Chunki birinchi tomning birinchi sahifasi, ikkinchi tomning oxirgi sahifasi bilan yonma-yon turibdi.
2. A shahardan B shahargacha 120 km. A shahardan chiqqan poezd soatiga 30 km tezlik bilan B. shahari tomon yura boshladi. Shu vaqtda B shahardan chiqqan kapalak soatiga 60 km tezlik bilan A shahari tomon uchib kela boshladi. Kapalak B shahardan chiqib A shahari tomon uchar ekan, A shaharidan chiqqan poezd bilan uchrashib B shaqari tomon uchib ketar va yana B shaharidan chiqib poezdgacha uchib kelar va B shahari tomon uchib qaytar edi.
Shu jarayon A shaharidan chiqqan poezd B shahariga yetib kelgunga qadar davom etdi. Aytingchi, kapalak necha km yo‘l bosdi?
Agar ishni kapalakning uchishini va uning B shahari tomon kelayotgan poezd bilan necha marta uchrashganligini tasavvur qilishdan boshlasak masalani yecholmaymiz.
Masala oddiy arifmetik hisoblash yo‘li bilan yechiladi. Poezd soatiga 30 km tezlik bilan yurar ekan, B shahariga 4 soatdan so‘ng yetib keladi. (120:30) kapa­lak soatiga 60 km tezlikda uchar ekan, 4 soat davomida fazoda bo‘lganligi uchun u 240 km masofani uchib o‘tdi.
Ikkala masala yechilgach, talabalarga masalani yechish yo‘llarining tahlili zaminida har bir masalani hal qilishda tasavvur qanday rol o‘ynaganligini aniqlash topshiriladi.
Fikriy masalalarni hal qilishda tasavvur ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini uqtirish bilan talabalarga mustaqil ravishda har ikki masalaga anologik misollar o‘ylab topish va yechish vazifasi topshiriladi.
Maqsad: Fikr yuritish operatsiyalari va aql sifatlari tahliliga doir muammoli vaziyatlarni tahlil qilish.
Zarur material Turli vaziyatlar aks ettirilgan matnlar
Vazifalar:
1. Keltirilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish
2. Nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish
A. Tushunchalarni taqqoslash jarayonining kechimini tekshirish. Tajriba materiali sifatida bir necha juft tushunchalar beriladi, avtobus va trolleybus, bulbul va sa’va, ot va sifat, sezgi va idrok, egoizm va egotsentrizm, hayvonot va o‘simlik kabi. Eksperimentator har bir juft tushunchani o‘qigach, ularni taqqoslashni, ya’ni o‘xshash tomonlari va tafovutlarini aniqlashni topshiradi. Bunda sinaluvchi mumkin qadar ko‘proq belgini aniqlashga harakat qilishi zarur.
Topshiriqning sifati tekshirilganda o‘xshash va farq belgilarining soni hisobga olinadi. Taqqoslashning sifati sinaluvchining bilim darajasiga bog‘liq ekanligi aniqlanadi. Tekshirish natijalari jadvalda aks ettiriladi, agar o‘xshash va farq ko‘rsatkichlari 20 dan oshiq bo‘lsa, taqqoslash 5 ball bilan baholanadi. Agar qiyosiy belgilar 10—15 ta bo‘lsa, 4 ball bilan; 10 dan kam bo‘lsa 3, 5 dan kam bo‘lsa 2 ball bilan baholanadi.
B. Fikrlash jarayonlarining kechishi tezligiga doir topshiriq.
Berilgan so‘zlardagi yetishmayotgan tovushlarni topib yozish.
n-tq
-vqat
-a’sir
Vo-ga
-oshkent
-ar-on -ra-at -ma-mi-ka ma-iy m- ’n-si
gr-m-at-ka
s-in-ak-is
f-zi-lo-tik
t-fa-ur
-ay-t-t

Zarur material: sekundomer va, 5 tadan 3 qator berilgan so‘zlar.
Eksperimentator berilgan so‘zlardagi yetishmayotgan tovushlarni topib yozish vazifasini berish bilan har so‘z va qatordagi so‘zlarni topish uchun o‘ylashga ketgan vaqtni o‘lchab boradi. Tajriba yakuni quyidagi jadval asosida tahlil qilinadi:



Belgilangan qatordagi so‘zlar­ni aniqlash uchun ketgan vaqt

Topish qiyin bo‘lgan so‘zlar

1
2







V. Jumboq.


a) ikki kishi daryo yoqasiga keldi, sohilda bir dona qayiqcha bo‘lib, unga faqat bir kishi sig‘ishi mumkin. Yo‘lovchilar shu qayiqchada narigi sohilga chiqib olib yo‘llarida davom etadilar.
Aytingchi yo‘lovchilar qanday qilib narigi sohilga chiqib oldilar?
b) berilgan sonlarning joylashish qonuniyatini aniqlang va yetishmayotgan sonni topib yozing:

7

9

5

11

4

15

12

6

13

8

11



v) qalamning uchini qog‘ozdan uzmagani holda qanday qilib uchta to‘g‘ri chiziq orqali kvadratning to‘rt nuqtasini kesib o‘tib, boshlang‘ich nuqtaga qaytish mumkin?


g) quyidagi jumboqni yechishga urinib ko‘ring-chi? Agar bo‘luvchi 625 bo‘lsa, bo‘linuvchi va bo‘linmani toping.
Kitob: tob
—sebi
suob
—suob
-------------
Bu sonlarni topish uchun avvalo har bir harf o‘rniga to‘g‘ri keladigan raqam yozish kerak.
Agar bo‘luvchi 25 va bo‘linma 4895 bo‘lsa, bo‘linuvchi qancha bo‘ladi?
Maqsad: Umumlashtirish jarayonining kechishiga doir.
Zarur material: Talabalarga uch variantda har biri ikki qatordan bo‘lgan so‘zlar berilib, qatordagi ortiqcha so‘zni o‘chirish tajribasini III bandida va qolgan so‘zlarning umumiy tomonlari nimada degan savolga javob berish talab qilinadi.
I. a) it, mol, mushuk, qo‘y (uy hayvonlari).
b) ot, mol, kiyik, echki (tuyoqlilar).
II. a) futbol, xokkey, qo‘l to‘pi, suv to‘pi (hammasida darvozabon bo‘ladi).
b) futbol, xokkey, qo‘l to‘pi, basketbol (hammasida komanda o‘ynaydi).
III. a) Yenisey, Ob, Lena, Pechora, Indigirka (qolgan geografik nomlar Osiyo qit’asiga kiradi).
b) Yenisey, Ob, Pechora, Lena, Don (chunki qolgan daryolar Shimolga oqadi).
Topshiriqni eksperimentator quyidagi savollarga javob olish bilan yakunlaydi.
1. Fikr yuritish operatsiyalari qaysilar? 2. Aql sifatlarini sanab bering. 3. To‘g‘pi umumlashtirishga erishishda qanday fikr operatsiyalari qatnashadi?

Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati


1. Karimova V. Psixologiya. Toshkent, 2002.
2. G’oziyev E. Psixologiya. Toshkent. 2008.
3. Petrovskiy A.V. Umumiy psixologiya. Toshkent, 2008.
4. www. tdpu.iz
5. www. pedagog.uz
6. www. Ziyonet.uz
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati
1. Karimova V. Psixologiya. Toshkent, 2002.
2. G’oziyev E. Psixologiya. Toshkent. 2008.
3. Petrovskiy A.V. Umumiy psixologiya. Toshkent, 2008.
4. www. tdpu.iz
5. www. pedagog.uz
6. www. Ziyonet.uz
Yüklə 51,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə