siqiladi (4.3a-rasm 1-2 chiziq) va aniq parametrga (T
1
P
1
V) ega bo’lgandan so’ng
avval havoni kiritish, keyin yoqilg’ini kiritish klapanlari ochilib yonish kamerasiga
mos ravishda, siqilgan havo va yoqilg’i uzatiladi.
4.3-rasm. Issiqlik V=const(a) va P=const(b) bo’lganda uzatiladigan GTK
siklidagi termodinamika jarayonlarning PV diagrammalari.
Svecha yordamida ish yoqilg’isi yondiriladi. Bunda bosim oshadi (2-3
chiziq) Ish yoqilg’ini to’la (kamida 95%) yongandan so’ng, uning temperaturasi
23000K ga ko’tariladi, shunda yonish kamerasidagi bosim eng yuqori qiymatga
yetadi. Ana shundagina yonish mahsuloti gaz turbinasi kuraklariga yo’naltiruvchi
kanalda joylashgan chiqarish klapani ochiladi.
Shunda yonish mahsuloti
temperaturasini 1000-14000K gacha pasaytirish maqsadida unga maxsus yo’llar
orqali sovuq havo uzatiladi (chunki gaz turbinasi o’ta yuqori temperaturalarga
chidamaydi). Hosil bo’lgan aralashma katta bosim ostida turbine kuraklariga ta‘sir
ko’rsatib, uning rotorini aylantiradi, ya‘ni issiqlik energiyasi mexanik energiyaga
aylanadi. Yonish mahsuloti adiabatik kengayib ish bajaradi (3-4 chiziq) Gaz
turbinasida ish bajarib chiqqan yonish mahsuloti soplo orqali atmosferaga
chiqariladi va soviydi (4-1 chiziq).
Demak, GTK da o’tadigan siklga V=const bo’lganda
issiqlik berilganda, u
ikkita adiabatik, bitta izoxoradan hamda bitta izobaradan iborat bo’lgan
termodinamik jarayonlardan tashkil topar ekan. Siklning bajargan foydali ishi 1-2-
3-4-1 nuqtalar bilan chegaralangan yuzaga son qiymati jihatidan teng bo’ladi.
Siklning f.i.k. termodinamikasining ikkinchi qonuni ifodasidan aniqlanadi:
= 1 -
/
(4.5)
Dostları ilə paylaş: