3-Modul. Issiqlik elektr stansiyalar va ularning umumiy holati 4-mavzu. Issiqlik elektr stansiyalari


Issiqlik elektr stansiyalarining tashqi muhitga ta’siri



Yüklə 430,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/8
tarix21.10.2023
ölçüsü430,29 Kb.
#130350
1   2   3   4   5   6   7   8
4-Ma\'ruza

Issiqlik elektr stansiyalarining tashqi muhitga ta’siri.
Issiqlik elektr stansiyalari (IES) da yondiriladigan organik yoqilg`ilardan 
tashqi muhitga jiddiy zarar etadi. Yonish jarayonida ularning tarkibidagi uglerod
azot, oltingugurt va boshqa elementlar oksidlanib, yuqori harorat bilan havoga 
chiqariladi. Hozirgi kunda IES lar yoqilg`isida etakchi o`rinni ko`mir egallab 
turganligini nazarda tutadigan bo`lsak, uning tarkibida 0,2 - 10% gacha pirit 
shaklidagi oltingugurt, temir moddasi, gips va boshqa murakkab moddalar mavjud. 
Shuning uchun ham bunday elektr stansiyalari havoga katta 
miqdordagi sulfat 
angidridi
, karbonat angidrid, is gazi, azot oksidlari, shuningdek inson organizmida 
rak kasalligini qo`zg`atuvchi benzopiren va shu singari kanserogen chiqindilarni 
chiqaradi. Bu chiqindilar tarkibidagi kremniy oksidi va alyuminiy insonning nafas 
olish organilarini zararlab, silikoz kasalligini keltirib chiqaradi. IES mo`risidan 


chiqadigan sulfat angidridi havodagi namli qulay sharoitga tushganda oksidlanib
sulfat kislotasiga, azot oksidlari esa nitrat kislotasiga aylanadi. Shuning uchun ham 
issiqlik elektr stansiyalari joylashgan hududlarda ba’zan «kislotali yomg`irlar» 
paydo bo`ladi. 
Hozirgi kunda jiddiy ekologik muammolardan biri IES lardan chiqadigan 
qattiq chiqindilar va aerozollardir. Ularning yillik umumiy massasi 250 mln. t. 
atrofida bo`lib, havoda bundan aerozollarning ko`payishi Er yuziga etib keladigan 
quyosh radiasiyasining kamayishiga olib kelmoqda. Bu aerozollar shuningdek 
troposferadagi suv bug`larini kondensasiyalab, yomg`irlarning ko`payishiga olib 
kelmoqda. Keyingi yillarda yomg`irli kunlarning ko`payganligi, yomg`irning 
ba’zan sutkalab tinmay yoqishi, havoning tez ochilmaslib ketmasligi – bularning 
barchasida havodagi aerozollarning alohida roli bor. 
Issiqlik elektr stansiyalarida ko`mirdan tashqari tabiiy gaz va neft (mazut) 
ham yondiriladi. Ular orasida nisbatan ekologik toza yoqilg`i gazdir. Ammo jahon 
elektr energetikasida gazning o`rni nisbatan kam. 
Neftni esa
, uning yonishidan 
chiqadigan chiqindilarning tarkibi va miqdori jihatidan ekologik toza deb 
bo`lmaydi. Uning yonishidan tabiatga ko`p miqdorda oltingugurt angidridi, 
uglerod oksidlari, boshqa kanserogen moddalar ajaraladi. 
Issiqlik elektr stansiyalari nafaqat atmosfera havosini, balki er va suvlarni 
ham ifloslaydi. Atmosferaga chiqarilgan aerozollar va qattiq zarrachalar er sathi va 
suvlarga cho`kib, ulardagi ekologik vaziyatni yomonlashtiradi. Bundan tashqari 
IES da foydalanilgan issiq suv ochiq suv havzalariga tushib, ularning haroratini 10-
11
o
C gacha ko`taradi. Bu esa suvda yashovchi organizmlar uchun ekologik halokat 
hisoblanib, ular qirilib ketadi. 

Yüklə 430,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə