3-Mavzu. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i. Reja


Soliq hisobotini taqdim etish tartibi va muddatlari



Yüklə 107,42 Kb.
səhifə12/16
tarix26.04.2023
ölçüsü107,42 Kb.
#106973
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
3-Mavzu

Soliq hisobotini taqdim etish tartibi va muddatlari.
Soliq agentlari o’zlarining soliq bo’yicha hisobda turgan joydagi soliq organiga quyidagilarni taqdim etishi shart:
1) soliq davri tugaganidan keyin o’ttiz kun ichida – soliq organlariga to’lov manbaidan soliq solinmagan moddiy naf tarzida daromadlar olgan jismoniy shaxslar to’g’risida tasdiqlanadigan shakldagi ma’lumotnomani;
2) har oyda, hisobot davridan keyingi oyning o’n beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa – yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatida hisoblangan va haqiqatda to’langan daromadlar summalari hamda ushlab qolingan soliqning summalari to’g’risidagi tasdiqlangan ma’lumotlarni.
O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasining norezidenti bo’lgan yuridik shaxslar yil yakunlari bo’yicha hisoblangan va amalda to’langan daromadlarning summalari hamda ushlab qolingan, soliq summalari to’g’risidagi ma’lumotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 25 martiga qadar taqdim etadi.
O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari bo’lgan, xodimlari 25 nafardan ortiq bo’lgan alohida bo’linmalarga va filiallarga ega soliq agentlari, bundan yirik soliq to’lovchilar mustasno, ushbu alohida bo’linmalar va filiallar xodimlariga nisbatan soliq hisobotini – alohida bo’linmalar va filiallar hisobda turgan joydagi soliq organiga taqdim etadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor bo’lgan soliq agentlari, o’zlarining yollanma xodimlariga oid soliq hisobotini o’zi soliq bo’yicha hisobda turgan joydagi soliq organiga taqdim etadi.
To’lov manbaida hisoblab chiqarilgan soliq summasi soliq to’lovchiga daromadlarni to’lash bilan bir vaqtda, lekin soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay soliq agenti tomonidan to’lanadi.
Daromadlar natura shaklida amalga oshirilganda soliq natura tarzidagi to’lov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida to’lanadi.
Ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish tartibi.
Soliq agenti tomonidan soliq to’lovchining daromadidan ortiqcha ushlangan soliq summasi soliq to’lovchining yozma arizasiga asosan qaytarilishi lozim.
Soliq agenti tomonidan bir soliq davri ichida ortiqcha ushlangan soliq summasi qaytariladi.
Soliq to’lovchiga ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish daromadlaridan bunday soliq agenti tomonidan ushlab qolinadigan soliq to’lovchi bo’yicha ham, boshqa soliq to’lovchilar bo’yicha ham kelgusi to’lovlar hisobidan byudjet tizimiga o’tkazilishi lozim bo’lgan ushbu soliq summasi hisobidan, soliq agenti soliq to’lovchining tegishli arizasini olgan kundan e’tiboran uch oy ichida soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq to’lovchiga ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish soliq agenti tomonidan soliq to’lovchining arizasida ko’rsatilgan bankdagi hisobvarag’iga pul mablag’larini o’tkazish yo’li bilan naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi.
Soliq agenti bo’lmaganda yoxud ushbu bandning ikkinchi qismida belgilangan soliq davri tugaganda, soliq to’lovchi soliq davrining yakuniga ko’ra soliq deklaratsiyasini bir vaqtning o’zida taqdim etgan holda, ilgari soliq agenti tomonidan ortiqcha ushlangan va byudjet tizimiga o’tkazilgan soliq summasini qaytarish to’g’risida soliq organiga ariza berishga haqli.
Soliq davrida O’zbekiston Respublikasining rezidenti maqomini olgan soliq to’lovchi ushbu soliq davrida norezident maqomida to’lagan soliq summasini qayta hisob-kitob qilishga va qaytarib olishga haqli. Soliq summasini soliq to’lovchiga qaytarish soliq to’lovchi soliq davri yakuniga ko’ra soliq deklaratsiyasini taqdim etgan taqdirda yashash joyi (turgan joyi) bo’yicha hisobga qo’yilgan soliq organi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu deklaratsiyaga mazkur soliq davrida O’zbekiston Respublikasining rezidenti maqomini tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilinishi kerak bo`ladi.



Yüklə 107,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə