3-Mavzu. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i. Reja


Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi



Yüklə 107,42 Kb.
səhifə13/16
tarix26.04.2023
ölçüsü107,42 Kb.
#106973
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
3-Mavzu

3.4. Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va to’lash tartibi.
Ijtimoiy soliqni soliq to’lovchilari quyidagilar hisoblanadi:
-O’zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
-O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O’zbekiston Respublikasi norezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari;
-ijtimoiy soliq to’laydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari.
Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to’lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning soliq solish ob’ektidir.
O’zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko’rsatishga doir shartnomalar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi norezidenti bo’lgan yuridik shaxsga to’lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq solish ob’ektidir.
Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish soliq solish ob’ektidir.
Quyidagilar soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi:
-ish beruvchining xodimga mehnatda mayib bo’lganligi yoki sog’ligiga boshqacha shikast etganligi bilan bog’liq zararning o’rnini qoplash tarzidagi, soliq kodeksi bilan belgilangan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari;
-paxta yig’im-terimi bo’yicha mavsumiy qishloq xo’jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to’lashga doir xarajatlar.
Soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi - mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar muvofiq to’lanadigan xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi.
O’zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi ularning O’zbekiston Respublikasida byudjet tashkilotlari xodimlari uchun ish haqi miqdorining oshishi inobatga olingan holda qayta hisoblab chiqariladigan, ular O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ishga yuborilguniga qadar oxirgi ish joyida mehnatga haq to’lash tarzida olgan daromadlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko’rsatishga doir shartnomalar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi norezidenti bo’lgan yuridik shaxsga to’lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari bo’yicha soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi chet ellik xodimlarga to’lanadigan daromadlar summasi sifatida, biroq O’zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko’rsatishga doir shartnoma bo’yicha xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam bo’lmagan summada belgilanadi.
Ijtimoiy soliqning stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilagan:






Yüklə 107,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə