3 i-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarda aqliy tarbiya haqida tushuncha


borliqdagi umumiy narsalarni idrok etishdir



Yüklə 68,92 Kb.
səhifə3/8
tarix23.12.2023
ölçüsü68,92 Kb.
#155909
1   2   3   4   5   6   7   8
Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi

borliqdagi umumiy narsalarni idrok etishdir

aql-buyumlarni tanlashda turtki sifatida ko'rinadigan qobiliyatlardan

Aqlni ikki xil kategoriyaga bo'ladi:
1. Nazariy aql-borliqdagi umumiy narsalarni idrok etishdir.
2. Amaliy aql-buyumlarni tanlashda turtki sifatida ko'rinadigan qobiliyatlardan.
O'z davrining yirik ma’rifatchilaridan hisoblangan Abdulla Avloniy ham yoshlarni ilmli bo'lishga chaqiradi. U aql va ilmni ulug'laydi hamda «Aql insonning piri komili, murshidi yagonasidir. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidir» deb yozadi.
Muallif o'z fikrini aniqroq va ravshanroq anglashi uchun shunday deb aytadi. «Hayvonlar o'zlariga bo'laklar tarafidan qiladurg'on zulm va jabrlarni shox, tish, tirnoqlari ila qaytarurlar. Lekin inson aql idroki soyasida o'ziga keladurg'on zarar va zulmlardan saqlanur. Yer yuzidagi hayvonlarni asir qilib, bo'ynidan bog'lab iplari uchini qo'llariga bergan insonlarning aqlidir».
Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarga ta’lim berish g'oyasi birinchi bo'lib chet el pedagogikasida chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670) tomonidan yaratilgan. U ona rahbarligida 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga ta’Iim tarbiya berish mumkinligini ko'rsatib berdi. Shu davrda bolani yoshini e'tiborga olgan holda kishi o'rganishi lozim bo'lgan hamma narsaga o'rganish lozim deydi. Demak, maktabgacha yoshdagi bolalarga, ya’ni biz ta’lim-tarbiya beradigan bolalarga har tomonlama bilim, ko'nikma va malakalarni singdirishimiz mumkin. U 19 bo'limdan iborat maktabgacha ta’lim dasturini tuzdi. Y.A.Komenskiy «Onalar maktabi» kitobida kichik bolalarni ta'lim-tarbiyasiga, o'qish metodikasiga katta e'tibor bergan.
Aqliy kamolot-bu yoshning o'sib tajribaning boyib borishi munosabati bilan tarbiyaviy ishlar ta’sirida bolaning aqliy faoliyatida ro'y beradigan miqdor va sifat o'zgarishlarining majmuasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim tez sur’atlar bilan boyib boradi, nutq shakllanadi, bilish jarayonlari takomillashadi. Xullas, bola eng oddiy aqliy faoliyat usullarini egallab boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlash ularning kelajakdagi butun faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Bola ijtimoiy muhit ta’sirida aqliy tomondan rivojlanib boradi. Atrofdagi kishilar bilan muomala qilish jarayonida u tilni va u bilan tarkib topgan tushunchalar sistemasini o'zlashtiradi. Natijada maktabgacha ta’lim yoshdagi bola tilini shunchalik egallab oladiki, unda muomala vositasi sifatida erkin foydalanadigan bo'lib qoladi.
Aqliy rivojlanish fikrning tengligida voqealarni har xil bog'lanishlarida, munosabatlarda ko'ra bilish, umumiylashtirish qobiliyatida namoyon bo'ladi. Aql keng ma’noda sezish va idrok etishidan boshlab to tafakkur va hayoli o‘z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig‘indisidir. Aqliy faoliyat diqqatning har doim ma’lum maqsadga qaratilgan bo‘lishini talab etadi. Kishining aqli uning asosiy faoliyatida erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan belgilanadi (masalan,kattalarda mehnat faoliyati,bolalarda o‘yin, o‘quv faoliyati). Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning faol fikrlash faoliyatini rivojlantirishga kattalarning ma’lum maqsad bilan ta’sir etishidir. U bolalarga tevarak atrofdagi olam haqida bilimlar berishni,ularni sistemalashtirishni,bolalarda bilishga qiziqish uyg’otishni,aqliy malaka va ko’nimklarni tarkib toptirishni,bilish qobiliyatlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli ayniqsa kattadir. Bilimlar zahirasini egallash, aqliy faoliyatni va mustaqillikni rivojlantirish, aqliy malaka va ko’nikmalarni tarkib toptirish maktabda muvaffaqiyatli o‘qish va bo‘lg‘usi mehnat faoliyatiga tayyorlanishning muhim shartlaridir.Bolalarning 6 yoshdan boshlab maktabda o‘qishga o‘tishi munosabati bilan ularni maktab ta’limiga tayyorlash uchun aqliy rivojlanishi yetarli darajada bo‘lishini ta‘minlash tarbiyachilarning javobgarligini yanada oshiradi.
Aqliy kamolot bu yoshning o‘sib, tajribaning boyib borishi munosabati bilan tarbiyaviy ishlar ta’sirida bolaning aqliy faoliyatida ro‘y beradigan miqdor va sifat o‘zgarishlarining majmuasidir. Maktabgacha tarbiya yoshida bilim tez sur’atlar bilan boyib boradi, nutq shakllanadi, bilish jarayonlari takomillashadi, bola eng oddiy aqliy faoliyat usullarini egallab oladi.

Yüklə 68,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə