3- ma'ruza. Tcp/ip protokollari steki. Ip-tarmoqlarda manzillash tizimi. Reja



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə7/8
tarix10.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132873
1   2   3   4   5   6   7   8
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Teredo.
Tunnellarning turlari
RFC 2893 quyidagi tunnellar turlarini aniqlaydi: 
- Konfigurasiyalangan (MCT – Manually Configured Tunnels)
Konfigurasiyalangan tunnel tunnelning oxirgi nuqtalarini qo'lda konfigurasiyalashni talab qiladi. Konfigurasiyalangan tunnellarni qo'lda IPv6 protokol uchun Windows da yaratish uchun quyidagi komandadan foydalaniladi: netsh interface ipv6 add v6v4tunnel
- Avtomatik
Avtomatik tunnel – qo'lda konfigurasiyalashni talab qiluvchi tunnel. Windows uchun IPv6 protokol quyidagi avtomatik tunnellash texnologiyalarini qo'llab-quvvatlaydi:
ISATAP (Intra-Site Automatic Tunnel Addressing Protocol) – tunnellarni sayt ichida avtomatik adreslash protokoli bo'lib, IPv4 intranet orqali bir adresli uzatish uchun foydalaniladi.
6to4 – "6 dan 4 ga” o'tish dinamik tunneli. IPv4 intranet orqali bir adresli uzatish uchun foydalaniladi. Oxirgi nuqtalar o'rtasida IPv4 protokolning NAT translyasiyasi ishlayotgan bo'lsa ushbu tunnellar, ishlamaydi.
Teredo. IPv4 Internet orqali bir adresli uzatishda oxirgi nuqtalar o'rtasida IPv4 protokolning NAT translyasiyasi foydalanilganida ishlatiladi.
Maxsus IP-adreslar
IP protokolida IP-adreslarni maxsus talqin qilish bo'yicha bir necha shartnomalar mavjud:

  • Agar IP-adres faqat ikkilik nollaridan iborat bo'lsa, u ushbu paketni generasiyalagan tugun adresini bildiradi, bu rejim ba'zi ICMP xabarlarida ishlatiladi;

  • agar tarmoqning nomer maydonida faqat nollar bo'lsa, qabul qilish tuguni va paketni uzatgan tugun bir tarmoqqa tegishli deb hisoblanadi;

  • agar IP-adresning barcha ikkilik razryadlari 1 ga teng bo'lsa, bunday adresli paket ushbu paketning manbai joylashgan tarmoqning barcha tugunlariga uzatilishi kerak. Bunday uzatish chegaralangan keng eshittirishli xabar deb ataladi (limited broadcast);

  • Agar qabul tugunining nomer maydonida faqat 1 lar turgan bo'lsa, bunday adresli paket tarmoqning berilgan nomeri bilan tarmoqning barcha tugunlariga uzatiladi. Masalan, 255.255.255.0 maskali 192.190.21.0 tarmoqda 192.190.21.255 adresli paket ushbu tarmoqning barcha tugunlariga uzatiladi. Bunday uzatish keng eshittirishli xabar deyiladi (broadcast).

MAC-adres
MAC-adres (Media Access Control – muhitga kirishni boshqarish) – barcha aktiv qurilmalarga yoki ularning Ethernet kompyuter tarmoqlaridagi ba'zi interfeyslariga beriladigan unikal identifikator.
Ethernet standartini loyihalashda barcha tarmoq kartalari ishlab chiqarish mobaynida o'rnatilgan unikal 6 baytli nomer (MAC-adres) ga ega bo'lishi kerakligi ko'zda tutilgan. Ushbu nomer freymni uzatuvchi/qabul qiluvchini identifikasiya qilish uchun foydalaniladi va tarmoqqa yangi kompyuter (yoki tarmoqda ishlaydigan boshqa qurilma) ulanganida tarmoq administratorining MAC-adresni sozlash zaruriyatini bartaraf qilish nazarda tutilgan.
MAC-adreslarning unikalligi har bir ishlab chiqaruvchining IEEE Registration Authority koordinasiya qo'mitasidan 16 million (224) adreslardan diapazon olishi bilan ta'minlanadi va belgilangan adreslarning tugashi bilan yangi diapazon beriladi. Shuning uchun MAC-adresning katta baytlari bo'yicha ishlab chiqaruvchini aniqlash mumkin. Ishlab chiqaruvchini MAC-adres bo'yicha aniqlash imkonini beruvchi jadvallar mavjud; xususan, ular arpalert kabi dasturlarga kiritilgan.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə