3- ma'ruza. Tcp/ip protokollari steki. Ip-tarmoqlarda manzillash tizimi. Reja



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə2/8
tarix10.11.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#132873
1   2   3   4   5   6   7   8
2. Protokollarning qisqacha trifi.
Xar xil kompyuterlar va turli dasturlar tarmoq aloqasi jarayonida bir - birlarini tushunish uchun maxsus texnik qoidalar qo'llaniladi. Tarmoq soxasida bunday qoidalar to'plami protokol (bayonnoma) deb ataladi. Xozirgi kunda eng ko'p qo'llanilayotgan protokol – TCP/IP dir. Bu protokol funktsiyasini oddiy pochta xizmatiga o'xshatsa bo'ladi. Agar siz xatni jo'natmoqchi bo'lsangiz, uni konvertga joylashtirasiz, konvert ustiga jo'natuvchi va qabul qiluvchi manzillarni yozasiz va keyin pochta qutisiga tashlaysiz. Xatingiz qanday qilib manzilga etadi, qaysi pochta bo'limlarida bo'ladi, qaysi pochtachi olib boradi sizga farqsiz. Asosiysi xat tez va butun etib borishi. Xuddi shunday TCP/IP protokoli tarmoqda ishlaydi. Jo'natiladigan ma'lumot paketga joylashtiriladi va paketga jo'natuvchi va qabul qiluvchi kompyuter manzillari yoziladi va tarmoqqa uzatiladi. Shunday qilib tarmoqning bitta marshrutizatoridan (yo'l ko'rsatadigan maxsus qurilma yoki kompyuter) manzilga qarab eng qisqa yo'llarini tanlab, keyingi marshrutizatorga uzatilib, paket kerakli manzilga etkaziladi. Faqat oddiy pochtadan farqi ma'lumotni etkazish vaqti kunlar bilan emas, soniyalar bilan o'lchanadi.
Tarmoqning uzatish yo'llari tiqilib qolmasligi uchun TCP protokoli katta xajmli ma'lumotlarni kichik qismlarga bo'lib, aloxida paketlarda uzatadi. Xar bir paket internetda IP protokol xizmati yordamida aloxida sayoxat qiladi. Paketlar manzilga etgach, TCP protokoli bo'lingan ma'lumotni yig'adi va boshlang'ich xolatiga keltiradi. Agar qandaydir paket manzilga etib kelmasa, TCP protokol uni takroran jo'natishni talab etadi, toki ma'lumot butun etib kelmagungacha. Shuning uchun TCP/IP ishonchli protokol deb aytiladi.
Aslida, TCP/IP – bu protokollar oilasi xisoblanadi. Unnig ichida bir necha boshqa protokollar xam mavjud:
* UDP (User datagram protocol) – TCP protokoliga o'xshash, lekin ishonchsiz (paket etib borganini e'tiborga olmasdan ishlaydi). Bu protokol baland tezlikda ishlaydigan jarayonlarda, masalan, videokonferentsialarda va tarmoqning maxsus xizmatlari uchun qo'llaniladi.
* FTP (File Transfer protocol – bu fayllarni tarmoqda uzatish protokoli. Kompyuterdan kompyuterga fayllarni uzatish imkoniyatini yaratadi va o'zining ishida TCP protokoliga tayanadi.
* SMTP (Simple Mail Transfer Protocol) – elektron pochtaning uzatish sodda protokoli. Tarmoqning ikkita ixtiyoriy nuqtasi orasida pochta jo'natuvini ta'minlaydi.
* Telnet – masofadagi kompyuterlarda xar xil amallarning bajarilishini ta'minlaydi. Bu xolatda Foydalanuvchining kompyuteri terminal (ma'lumot jo'natuvchi) rolini o'ynaydi. Siz buyruqlarni kiritasiz, ular masofadagi kompyuterda bajariladi va sizning ekraningizda ularning natijasi namoyon bo'ladi.
* HTTP (Hyper Text Transfer Protokol) – gipermatnni uzatish protokoli. WWW – texnologiyasi asosida ishlaydi.
Bundan tashqari, ko'plab, boshqa protokollar xam mavjud, lekin ular bilan foydalanuvchilar kamroq uchrashishadi. Kerak bo'lsa maxsus adabiyotlardan ular xaqida ma'lumot olish mumkin.
Tarmoqning imkoniyati uning foydalanuvchiga ko'rsatadigan xizmati bilan o'lchanadi. Tarmoqning har bir xizmat turi hamda unga kirish uchun dasturiy ta'minot ishlab chiqiladi. Tarmoqda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaqtda ko'plab foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan bo'lishi kerak. Hozirda shunday dasturiy ta'minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.
Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta'minoti ko'pgina foydalanuvchilarga hamma kirishi mumkin bo'lgan bosh kompyuter resurslarini taqdim etishga mo'ljallangan. U fayl-server deb yuritiladi. Bosh kompyuterning asosiy resursi fayllar bo'lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki ma'lumotlarga ega fayllar bo'lishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng umumiy turi. Shunisi qiziqki, fayl-serverini disk hajmi odatdagi kompyuterdagidan ko'p bo'lishi kerak, chunki undan ko'pgina kompyuterlarda foydalaniladi.
Aholining yangi turdagi xizmatlarga bo'lgan talabining ortib borishi asosida ma'lumotlarni uzatuvchi zamonaviy yuqori tezlikli telekommunikasiya tizimlarini takomillashtirish talab etiladi.
Quyidagilarga asosan aloqa tizimlari va tarmoqlariga nisbatan bo'lgan talab doimiy ravishda ortib boradi:

  • foydalanuvchilar sonining ortishi;

  • foydalanuvchilarni qiziqtirgan xizmat turlari sonining ortishi;

  • xizmat ko'rsatish sifatiga bo'lgan talabning ortishi (qabul qilinadigan axborotlarning ishonchliligini, etkazilish vaqti va maxfiyligiga bo'lgan talab asosiy hisoblanadi).

Shu bilan bir qatorda ma'lumotlarni uzatuvchi yuqori tezlikli tizimlarga qo'yiladigan talablar quyidagilardan iborat:

  • uzatilayotgan axborotning to'g'rililigi, aniqligi;

  • tezlik;

  • ishonchlilik;

  • axborot xavfsizligi.

Uzatish tizimlariga bo'lgan asosiy talab – yuqori aniqlikdir. Xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEAI) (MSE-T) tomonidan o'rnatilgan me'yorga asosan, bitta belgini uzatishdagi xatolik extimolligi:

  • ma'lumotlarni uzatish uchun - 10-6;

  • telegraf aloqasi uchun 3 · 10-5 dan oshmasligi lozim.

Lekin o'tkazgichli uzatish tizimlaridagi TCH kanallarda va Real telegraf kanallarida bu ko'rsatkich o'rtacha 10-3 – 10-4 ni, radiokanallarda esa yanada ko'proq bo'lgan 10-3 – 10-2 qiymatni tashkil etadi. Shuning uchun uzatish aniqliligini 2 – 3 marotaba oshirish zaruriyati tug'iladi.
Protokol modeli axborotni uzatish va ishlov berish asosiy jarayonlarni amalga oshirishda ob'ekt va mantiqiy modullar o'zaro ta'sir pog'onasida tarmoq ishi qoidalarini tasvirlab beradi. Bu modelda o'zaro ta'sirning xamma qoidalari (protokollari) funktsional ma'nosiga ko'ra aloxida guruxlarga-protokol bloklarga birlashadi. Protokol bloklar ierarxik tartibda joylashgan va ulardan xar biri ba'zi pog'onadagi ob'ektlar o'zaro ta'sir protokollar ro'yxatidir.
N pog'onadagi vazifani N-ob'ektlar bajaradi, ular mazkur pog'onaning maxalliy funktsiyalariga ega. Protokol bloklar pog'onalar bo'yicha shunday bo'lganki, N pog'ona vazifalarini bajarishiga avvalgi (N-1) pog'ona ob'ektlari ishtirokiga to'liq tobe va to'liq ishtiroki bilan ta'minlanadi. Shunday qilib xar quyi pog'ona yuqori pog'onaga xizmat ko'rsatadi. N pog'onadagi xar qanday ob'ekt faol xolatga o'tganda quyidagilarni beradi:

  1. N-ob'ektlar foydalanuvchi ma'lumotlari o'rtasida uzatilayotgan va mazkur ob'ektlar birlashishi operasiyasi bilan bog'liq bo'lmagan axborot;

  2. (N-1) pog'ona uchun boshqaruvchi axborotni, uning yordamida N-ob'ektlarni "birlashish" muammosini muvofiqlashtiradi.

Protokol modelda ob'ektlarni o'zaro ta'sir qoidalari muayyan tarmoq uchun standartlarni aniqlaydi xamda protokol (bir pog'onadagi ob'ektlarni o'zaro ta'sir standartlari) va interfeys (qo'shni pog'ona ob'ektlarini o'zaro ta'sir standartlari) sifatida tasniflanadi. Bu tushunchalar avvalgi modellarga o'xshash.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə