2. Tuproq eroziyasi, uning turlari


Tabiiy va sun’iy eroziya, suv va shamol eroziyasi va unga qarshi kurashish yo‘llari. Yer usti ekosistemalarning degradatsiyasi



Yüklə 43,03 Kb.
səhifə3/6
tarix29.11.2023
ölçüsü43,03 Kb.
#141344
1   2   3   4   5   6
11-ma`ruza

3. Tabiiy va sun’iy eroziya, suv va shamol eroziyasi va unga qarshi kurashish yo‘llari. Yer usti ekosistemalarning degradatsiyasi


Tuproq eroziyasi bu - tuproq unumdor qavatining suv bilan yuvilib yoki shamol bilan ko‘chib ketishidir. Shunga ko‘ra tuproq eroziyasi keltirib chiqaradigan omillarga ko‘ra ikki xil bo‘ladi. Bu – shamol va suv eroziyasidir. Bundan tashqari eroziya o‘zining kechish tezligiga ko‘ra ham ikkiga bo‘linadi:
tabiiy, ya’ni geologik eroziya – bu tuproq zarrachalarining tabiiy omillar ta’sirida yemirilishidir. Bu turdagi eroziya juda sekin kechadi, biz uni qariyb sezmaymiz ham. Tabiiy eroziyaning oldini olish iloji yo‘q, lekin u deyarli zarar ham keltirmaydi, chunki bu jarayonda yo‘qotilgan tuproq tabiiy ravishda tiklanib ulguradi;
sun’iy ya’ni antropogen eroziya tuproqni yemiruvchi jarayon bo‘lib, u insonning xo‘jalik faoliyati ta’sirida kelib chiqadi. Bunday eroziya tezlashgan eroziya deb ham ataladi. Tez kechadigan bunday eroziya Yer yuzi tuproq qatlamining ofati bo‘lib, keyingi 100 yilda u 1 mlrd. gektar maydondagi unumdor tuproqni ishdan chiqardi.
Suv eroziyasiga sabab bo‘luvchi omillar ham ikkiga bo‘linadi;
1. Tashqi omillar;
2. Ichki omillar.
1. Tashqi omillarga quyidagilar kiradi:

  • yog‘in miqdori iqlim sharoiti;

  • yerlarning nishablik darajasi;

  • tuproq yuzining o‘simliklar bilan qoplanganlik darajasi;

  • yaylovlardan foydalanish, yerga ishlov berish madaniyati;

2. Ichki omillarga quyidagilar kiradi:

  • tuproqning xossalari;

  • donadorligi (strukturasi);

  • mexanik tarkibi;

  • suv o‘tkazuvchanligi;

  • namlik darajasi;

  • kimyoviy tarkibi;

  • chirindi bilan ta’minlanish darajasi.

Suv eroziyasining oldini olish chora tadbirlari quyidagilardan iborat:
Qiyalik darajasi 10 darajadan ortiq tik bo‘lgan yerlarni shudgor qilmaslik, bir yillik ekinlar ekmaslik, ko‘p yillik daraxtlar ekib o‘rmonzorlar tashkil etish;
Jar va soyliklar ikki chetiga daraxtlar ekib yerni zichlash;
O‘tkir qiya joylarga supachalar (terassa) tashkil etib, mevali va manzarali daraxtlar ekish;
Nurash va jarliklar hosil qilish xavfi bo‘lgan tog‘ va tog‘ oldi hududlarda chorva mollari boqish taqiqlanadi;
Haydab ekin ekish mumkin bo‘lgan yerlarni ko‘ndalangiga sayoz shudgorlash, ora-orada o‘t ekilgan pushtalar qoldirish;
Jar va soy yonbag‘irlaridagi daraxtlarni kesganda ham ildizi bilan qo‘parmaslik va o‘rniga darhol yangi nihollar ekish;
Turli xil to‘g‘onlar, to‘siqlar ko‘tarmalar, maxsus suv tashlagichlar qurish;
Nurash yoki jarlar paydo bo‘lish xavfi bo‘lgan hududlarda suvlarni bir joydan ikkinchi joyga yog‘och, metall navlar yoki sement ariqlardan foydalanish va boshqalar.
Sug‘orib dehqonchilik qilinadigan hududlarda eroziyani oldini olish chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
Yerning qiyalik darajasiga qarab ekin turlarini belgilash;
Yerni shudgorlash tadbirlarini ushbu hududga tavsiyanomalar asosida o‘tkazish (chuqur yoki sayoz haydash, yerni ag‘darmasdan haydash, orada joy qoldirib (palasa) haydash, suvlash usullariga e’tibor berish; tomchilatib suvlash, yomg‘irlatib suvlash va hokazolar);
Ekinlarni jo‘yaklab suvlashda suvning miqdorini to‘g‘ri tanlash;
O‘g‘itlash tadbirlariga qa’tiy rioya qilish eroziyaga uchrash xavfi bo‘lgan yerlarga ko‘proq organik o‘g‘itlar berish. Tuproqni fizik-mexanik xossalarining buzilish xavfini oldini olish va boshqalar.
Shamol eroziyasi
Shamol eroziyasi (deflyatsiya). Deflyatsiya – “deflo” yunoncha “puflayman” demakdir. Tuproq yuza qatlamining shamollar ta’siridan yemirilishiga shamol eroziyasi deyiladi. Ushbu holat tuproqning ustki qismi yashil maysalar bilan qoplanmagan yoki siyrak bo‘lgan cho‘l va o‘tkir qiyaliklarda, yaylovlardan noo‘rin foydalanilganda o‘z ishini kuchliroq namoyon etadi. Tuproq ustki qatlamidagi yengil zarrachalarni, qumlarni chang to‘zon tarzida uchirib, ko‘pgina sug‘oriladigan yerlarga, aholi turar joylarga, erta bahorda yangi unib chiqqan yosh nihollarga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shamol eroziyasi tufayli tuproqning ustki mayda zarrachalari bilan ozuqa moddalar ham yo‘qolib tuproq unumdorligining keskin pasayishiga, ushbu joylardan olinadigan hosilning yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Shamol eroziyasining kuchi, aksariyat holatlarda, joyning relefiga bog‘liq bo‘lib, quruq iqlimli, qiyaliklarda, yashil maysa bo‘lmagan joylarda, zarrachalar hajmi 1 mm dan kichik bo‘lgan tuproqlarda shamol eroziyasining ta’siri yanada kuchayib yosh nihollar ildizining ochilib qolishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Shamol eroziyasi o‘z xususiyatiga ko‘ra ko‘proq tekislik hududlarga xos ofat bo‘lib, jumladan O‘zbekiston tuproqlari ham bu kabi yemirilishga ko‘proq duchor bo‘ladi. Bunga sababchi qilib quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
-tuproq mexanik tarkibining yengilligi; iqlimning qurg‘oqchiligi;
-tuproq tarkibida oziqa moddalarining kamligi, chirindi (gumus) bilan yetarlicha ta’minlanmaganligi;
-o‘rmonlarni rejasiz o‘zboshimchalik bilan kesilishi;
-yerlarni yoppasiga shudgorlab yuborilishi;
-yaylovlarda rejasiz har xil yo‘llar o‘tkazilishi, o‘tkir tuyoqli chorva mollarini ko‘plab boqilishi.
O‘z xususiyatiga ko‘ra shamol eroziyasi ham mahalliy va chang bo‘ronli turlarga bo‘linadi.
Mahalliy shamol eroziyasi har bir hududga hos bo‘lib, hafta yoki 10, 15 kunda esib turadi. Iqlim xususiyati nuqtai nazaridan Qarshi shahri quruq iqlimli bo‘lganligi sababli ham bu shamolning ta’siri kuchliroq seziladi.
Chang bo‘ronli-shamol eroziyasi kunlik yoki mavsumiy xususiyatga ega bo‘lmasdan 5-10 yoki 20-30 yilda takrorlanib yo‘liga to‘g‘ri kelgan barcha qishloq xo‘jaligi yoki xalq xo‘jaligi inshootlariga katta zarar yetkazadi, 1-1,5 soat ichida tuproq ustki qatlamini 20-25 sm uchirib ketishi mumkin. Ayniqsa bunday shamollarning kuchi qumli hududlarda maksimal nuqtaga yetib ariq va zavurlarni, yo‘l va ekinzorlarni ko‘mib tashlaydi. Hattoki barxanlar hosil bo‘ladi.
Uy-joy va aholi gavjum yashaydigan hududlarda shamolni yo‘lini to‘sish uchun yashil qalqonlar “Ixotazorlar” barpo etish.
Tuproq ustki qatlami yemirilishini oldini olish maqsadida almashlab ekish tadbirlariga qat’iy amal qilish.
Yaylov va cho‘l hududlariga xos bo‘lgan sebarga, yo‘ng‘ichqa kabi yashil maysalar beruvchi qurg‘oqchilik va sho‘rga chidamli ekinlar ekish.
Qumli tuproqli hududlarda saksovullar ekish, katta avtomobil yo‘llari atrofida chiy qamishlar yotqizish.

Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə