2. Tuproq eroziyasi, uning turlari


Tuproq eroziyasi, uning turlari



Yüklə 43,03 Kb.
səhifə2/6
tarix29.11.2023
ölçüsü43,03 Kb.
#141344
1   2   3   4   5   6
11-ma`ruza

2. Tuproq eroziyasi, uning turlari


Jahonda fan-texnika taraqqiyotining jadal rivojlanishi munosabati bilan tabiiy zahiralardan xo‘jalik maqsadida tobora ko‘proq foydalanilishi oqibatida yer qa’ri bo‘shab karerlar hosil bo‘lishi, o‘rmonlarning kesilishi, qishloq xo‘jalik ekinlaridan ko‘proq hosil olish maqsadida suvdan pala-partish foydalanilishi, ekin dalalarida og‘ir texnikalarning behisob kiritilishi bilan tuproq donadorligining buzilishi kuzatilmoqda. Natijada tuproqning suv va shamol eroziyasi o‘ta shiddatli rivojlanib, unumdor tuproqlarning kamayishiga va, hattoki, tuproqning buzilishiga sababchi bo‘lmoqda. Tuproqning qor va yomg‘ir suvlari yoki shamol ta’sirida ustki unumdor qavatining yemirilishiga eroziya deyiladi. Eroziya lotincha erodere-so‘zidan olingan bo‘lib “yemirilish” demakdir.
Eroziya hodisasining kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi omillarga quyidagilar misol bo‘ladi:
Yer yuzasining qiyaligi: qiyalik ortgan sari tuproq ustki qatlamining suv va shamol ta’sirida yemirilishi keskin ortib boradi. Ekin ekilgan yer maydonining qiyaligi 2-30 bo‘lgan yonbag‘irlar uzunasiga haydalsa, suv oqimlari ta’siridan tuproq yuvilib eroziyaning boshlanishiga sababchi bo‘ladi. Bunday qiyalikdagi yerlarni faqat ko‘ndalangiga haydash tavsiya etiladi.
Dehqonchilik ekinlari ekiladigan yerlarning qiya 6-100 atrofida bo‘lishi normal holat hisoblanib, qiyalik darajasi 100 oshgan dalalarda ekinlarni bir marta suvlash jarayonida jo‘yaklardan gektariga 30-40 tonnagacha, qiyalik darajasi 200 dan oshgan maydonlardan esa 700 tonnagacha tuproqning ustki unumdor qatlami yuvilib oqova suv bilan ochiq suv havzalariga tushib ketadi. Buning natijasida oqova suvlar tushadigan suv havzalarining loyqa bosishiga sabab bo‘ladi, daladagi tuproq esa ma’lum darajada unumsizlashadi. Chunonchi, qiyalik darajasi 100 bo‘lgan yerlar eroziya darajasi 0,5 ga teng deb qabul qilingan bo‘lsa, 100 yuqori bo‘lgan qiyaliklarda eroziya darajasi 200 dan ortiq bo‘lgan dalalarda esa bu ko‘rsatkich 1,5 darajani tashkil etadi.
Geologik omillarning ta’siri tuproq eroziyasiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi, suv toshqinlari (sel), vulqonlar, zilzila rayonlarida bu jarayon intensiv rivojlanib katta-katta yer maydonlarini umuman yaroqsiz holatga keltirib tashlashi mumkin;
O‘simliklar qoplami juda siyrak bo‘lgan hududlarda kuchli yomg‘ir, do‘l va jalalar ta’siridan eroziya jarayoni tez rivojlanib o‘pirilishlar, nurash tufayli jarlar hosil qiladi, ayniqsa, bu hodisa tik qoyali yalang‘och maydonlarda yanada dahshatli tus oladi. Shu sababli ham bunday tik qoyali yerlarga dehqonchilikdan ko‘ra o‘rmonchilik bilan shug‘ullanish yaxshi iqtisodiy samara beradi, ayni hududni shamol va suv eroziyasidan asraydi.
Mexanik tarkibi yengil, unumdorlik darajasi past bo‘lgan adir tuproqlar (oq tuproqlar) ham eroziyaga tez uchraydi. Buning asosiy sababi mexanik tarkibining o‘ta yengilligidadir (chang).
Xo‘jalik faoliyati – bu antropogen omillardir. Har bir insonning ongli faoliyati, ya’ni tabiat uchun qilayotgan mehnati ilmiy jihatdan asoslangan tavsiyanomalar asosida sitqidildan ijro etilsa, u jamiyki borliq uchun foyda keltiradi. Aksincha, har bir tadbirni ko‘r-ko‘rona, pala-partish xo‘ja ko‘rsinga amalga oshiradigan bo‘lsa, u albatta, o‘zining aks sadosini beradi. Avvalo, suvdan noto‘g‘ri foydalanadilar buning oqibatida Tarixda kishilarning xo‘jalik faoliyatlari tufayli yer unumdorligining kamayib, eroziya sababli tuproq butunlay ekin ekishga yaroqsiz bo‘lib qolgan holatlarning ko‘pini misol keltirish mumkin. Xo‘jalik faoliyatida eroziyaga sabab bo‘luvchi omillardan yana biri monokultura hodisasi bo‘lib bir xil ekinning doimiy bir dalada ekilishi oqibatida tuproqda oziq moddalar miqdori kamayib, tuproqning fizik-mexanik hossalari yomonlashib, donadorlik xususiyatini (strukturasini) yo‘qotib, ustki qavati changga aylanishi tufayli suv va shamol eroziyasiga duchor bo‘ladi va atrof-muhitni, suv havzalarini, shahar va qishloq aholi yashash joylarini, chang shaklida ifloslaydi. Ayniqsa, shamol tez-tez esadigan hududlar aholisi bu jarayondan ko‘proq jabrlanadi. Bu shamol yaqin ekin dalalaridagi tuproqning ustki qatlamini uchirib shahar aholisini nafas olib bo‘lmas darajada qiynab qo‘yadi, bahor oylarida esa endi ekilgan yosh ekinlarni chang bilan ko‘mib tashlaydi.
Qumoq va qumli yerlar ham shamol va suv eroziyasiga juda ta’sirchan bo‘lganligi sababli bunday yerlarda eroziya hodisasini kamaytirish yoki umuman bartaraf qilish uchun beda va ko‘p yillik yem-xashak ekinlari ekib, tuproq donadorligi yaxshilangach, bir yillik ekinlar ekish maqsadga muvofiqdir. Aksincha shamol va suv eroziyasi mutlaqo hosil olish imkonini bermaydi. Yana bir bor ta’kidlash lozimki, insonning xo‘jalik faoliyatida, suvlash, o‘g‘itlash, tuproqqa ishlov berish, ixotalash, tuproqning mexanik xossasi va unumdorlik darajasiga ko‘ra ekin ekish metodik tavsiyalari va qoidalariga amal qilinmas ekan eroziya jarayonini yo‘qotib bo‘lmaydi. Demak, tuproq buzilib hosil berish imkoniyatidan mahrum bo‘lib boraveradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib eroziya hodisasi 2 ga bo‘linadi:

Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish. Planetamizning umumiy yer fondi 14,9 mlrd gektar bo‘lib, bu Yer yuzining 29% ni tashkil qiladi. Uning 4,03 mlrd.ga (27%) o‘rmonlar, 2,85 mlrd.ga (19%) o‘tloq va yaylovlar, 2,32 mlrd.ga (15,5%) turli tipdagi sahrolar, 1,63 mlrd.ga (11%) muzliklar, 0,72 mlrd.ga (4,8%) daryo, ko‘l va botqoqliklar, 0,7 mlrd.ga (4,7%) tundra va lesotundra, 0,45 mlrd.ga (3%) eroziyaga uchragan, sho‘rlangan va botqoqlashgan maydonlar, 0,3 mlrd. gektari (2%) shahar va qishloq aholi punktlari bilan band. Ekiladagan maydonlar 1,9 mlrd. gektar bo‘lib, bu jami yer fondining 13% iga teng. Hozirgi kunda ekinzorlar maydoni dunyo aholisining jon boshiga 0,3 gektarga to‘g‘ri keladi, holbuki chorak asr oldin bu ko‘rsatkich 0,5 gektarni tashkil qilar edi. Sobiq Ittifoqdan ajralib chiqqan Hamdo‘stlik mamlakatlarida ekiladigan yerlar maydoni jon boshiga 0,9 gektarni, O‘zbekistonda esa 1,1 gektarni tashkil qiladi. Bu dunyo ko‘rsatkichidan qariyb 4 baravar ko‘p demak.
Rivojlangan Yevropa mamlakatlari va AQSH da dehqonchilik uchun yaroqli yerlarning deyarli barchasi o‘zlashtirib bo‘lingan. Janubiy Amerika, Avstraliya, Afrika va Osiyo qit’alarining ba’zi mintaqalarida esa hali o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan yer resurslari zahirasi mavjud.
Dunyo miqyosida aholining oziq-ovqatga nisbatan o‘sib borayotgan ehtiyojini ta’minlash hozirgi zamonning eng murakkab masalalaridan biriga aylandi. Aholi sonining o‘sib borishi bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish miqdorini oshirish va shu bilan birgalikda shahar va qishloqlar maydonini kengaytirish, sanoat kommunikatsiyasini rivojlantirish va boshqa ehtiyojlar uchun qo‘shimcha yer ajratish masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Turli mamlakatlarning mutaxassislari bu masala ustida jadal ishlamoqdalar.
Hozirgi vaqtda respublikaning umumiy maydoni 44,9 mln. gektar bo‘lib, shundan 28,1 mln. gektarida dehqonchilik qilinadi. Sug‘oriladigan ekinzorlar maydoni esa 4,2 mln. gektarni tashkil qiladi. Oldingi yillarda respublikada cho‘l zonalarini o‘zlashtirish, yangi yerlar ochib dehqonchilik qilishni kengaytirish avj olgan edi. 1975-1985 yillar davomida 1 mln. gektar yangi yerlar o‘zlashtirildi. Lekin bu ish o‘zining kutilgan samarasini bermadi. Sababi, dehqonchilik agrotexnikasiga e’tibor yetarli bo‘lmadi, almashlab ekish texnologiyasi o‘rnini paxta yakka hokimligi egalladi. Kartalar me’yoridagidan kattalashib ketdi, ixotazorlar kamaydi, melioratsiya ishlari susaydi. Oqibatda tuproqning turli eroziyalarga chalinishi, sho‘rlanish va botqoqlanishi tezlashdi, daryolar suvining dehqonchilikdagi sarfi ko‘paydi, Orol dengizi halokat yoqasiga keldi, undan tarqalayotgan tuzli qum atrof hududlar tuprog‘iga yog‘ilaboshladi. Shunday qilib, yo‘l qo‘yilgan bu xatoliklar oqibatida Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarining 90-95% maydoni sho‘rlandi. Faqatgina Buxoro viloyatida 270 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning 53 ming gektari shamol eroziyasiga uchradi. Tog‘ oldi hududlariga joylashgan Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatining ko‘p miqdoridagi maydonlari suv eroziyasiga uchradi. Hozirgi kunda yer resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida respublika chorvachiligi ham jiddiy zarar ko‘rmoqda. Chorvachilik uchun yaylov sifatida foydalanilayotgan 22 mln. gektarning 6 mln. gektari shamol eroziyasiga va 3 mln. gektari suv eroziyasiga uchragan.

Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə