2. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari. F. Bopp, R. Rask, A. X. Vostokov, Ya. Grimm ta‟limotlari


Ijtimoiylik (sotsiallik) va alohidalik (individuallik) antinomiyasi



Yüklə 429,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix09.08.2023
ölçüsü429,52 Kb.
#120452
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
19 asrda qiyosiy -tarihiy

Ijtimoiylik (sotsiallik) va alohidalik (individuallik) antinomiyasi
.
Til bir vaqtning o„zida ham ijtimoiy, sotsial, ham alohida, individual hodisa. 
Til bir vaqtning o„zida ham yakka, alohida shaxsga, ham ko„p shaxsga, 
umumga tegishli. Tilning ijtimoiyligi jamiyat bilan, shaxslar bilan – xalq 
mahsuli sifatida belgilansa, tilning alohidaligi bir shaxs bilan, yakka individ 
bilan – ayrim shaxs mahsuli sifatida belgilanadi. Alohida shaxslar 
o„zlarigacha bo„lgan avlodlar, xalqlar tomonidan yaratilgan lisoniy 
mahsulotdan, «hosil»dan foydalanadi. 
Demak, yuqorida aytilganlardan tildagi umumiylik va xususiylik 
dialektikasi, antinomiyasi namoyon bo„ladi. 
2. 
Til va tafakkur antinomiyasi
. Til tafakkursiz, tafakkur esa tilsiz 
mavjud emas. Biri ikkinchisini taqozo qiladi, talab qiladi. Inson hayotida
insonning lisoniy va aqliy faoliyatida til va tafakkur alohida, yakka holda 
mavjud emas, ular birgalikda, o„zaro bog„liqlikda «yashaydi», insonga xizmat 
qiladi. Ayni vaqtda ularning har biri o„ziga xos xususiyatlari bilan ajralib 
turadi. Demak, bundan til va tafakkurning dialektik munosabati – o„zaro 
ajralmasligi, bog„liqligi va shu bilan birga ichki zidligi, qarama-qarshiligi 
g„oyasi kelib chiqadi. Tilning (tovushning) moddiyligi, tafakkurning esa 
psixik hodisaligi ma‟lum bo„ladi. 
Til va tafakkurning dialektik birligi, ajralmasligi birining ikkinchisisiz 
mavjud emasligida, biri, tabiiy ravishda, ikkinchisini talab qilishida, biri 
ikkinchisi orqali namoyon bo„lishida; ularning dialektik zidligi, ichki qarama-
qarshiligi esa tilning moddiy, «tashqi» hodisaligida, tafakkurning esa ruhiy, 
«ichki» hodisaligida ko„rinadi. Ya‟ni til ham, tafakkur ham muayyan bir 
butunlikning o„zaro ajralmas va ayni vaqtda o„zaro zid, qarama-qarshi ikki 
tomonidir. 
3. 
Til va nutq antinomiyasi
. Til muayyan sistemadir, «organik 
butunlikdir». Shuningdek, u nutqiy faoliyatning alohida aktidir (harakatidir). 


Boshqacha aytganda, til nutqiy faoliyatning alohida aktlar (harakatlar) 
ko„rinishidagi voqe bo„lishidir. Til ayrim nutq aktidan farq qiladi va ayni 
vaqtda u nutq aktida, jonli nutqda mavjud bo„ladi, yashaydi. 
Til – faoliyat, nutq – faoliyat mahsuli, tilning voqelanishi, namoyon 
bo„lishidir. Demak, til faoliyati til va nutqdan tashkil topadi. Til faoliyatida til 
va nutq ajratiladi, farqlanadi. 
Gumboldtning til va nutq antinomiyasi, ularning farqlanishi, til va 
nutqning dialektik munosabatda olinishi tilshunoslik taraqqiyotiga qo„shilgan 
juda katta hissa bo„ldi.
4. 

Yüklə 429,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə