2. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning shakllanish davrlari. F. Bopp, R. Rask, A. X. Vostokov, Ya. Grimm ta‟limotlari



Yüklə 429,52 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix09.08.2023
ölçüsü429,52 Kb.
#120452
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
19 asrda qiyosiy -tarihiy

va 
fikrni 
rag„batlantirish 
antinomiyasi
. Ushbu antinomiyada til tinglovchi fikrini obyektivlashtiruvchi 
va rag„batlantiruvchi, yuzaga keltiruvchi kuch, sabab sifatida namoyon 
bo„ladi. Til subyektda paydo bo„lgan fikrni obyektivlashtiradi, reallashtiradi, 
umumga 
yetkazadi 
– ta‟sir qiluvchi kuchga aylantiradi. Fikrni 
obyektivlashtirish jarayoni fikrni o„zgalarga yetkazish imkoniyatini beradi, 
yaratadi. Ammo, ayni vaqtda, har bir nutq, har bir fikrni ifodalash 


subyektivdir. Nutqni qabul qiluvchi, idrok qiluvchi shaxs – tinglovchi nutqni 
go„yoki qaytadan o„zida yaratadi. 
Gumboldt asarlarida tilning so„z va grammatik qoidalardan 
iboratligini, til birligi bo„lgan so„zning esa tushunchani ifodalaydigan belgi, 
ramz ekanligini to„g„ri qayd etadi. U har bir xalqning tilida o„sha xalqning 
tarixi, madaniyati va, umuman, uning butun ruhiy dunyosi namoyon bo„lishini 
ta‟kidlaydi. 
Vilgelm fon Gumboldt lisoniy ta‟limotining eng muhim nuqtalaridan 
biri til shakli (formasi) haqidagi ta‟limot yoki, boshqacha aytganda, tilning 
ichki tuzilishi haqidagi nazariyadir. 
Gumboldt ta‟limotiga ko„ra til formadir (shakldir). U til formasining bir 
qancha xususiyatlarga ega ekanligini aytadi. Shulardan biri til formasining 
nutq tovushlaridan tashkil bo„lishidir. Ya‟ni nutq tovushlari tilning formasini 
hosil qilishidir. Yana biri til formasining sistema sifatida namoyon bo„lishidir. 
Ya‟ni har bir til elementi, birligi boshqa elementga ko„ra mavjuddir, u bilan 
o„zaro bog„liqdir, aloqadordir. Shuningdek, til formasi ikki jihatning, ikki 
tomonning: moddiy va ruhiy, tashqi va ichki tomonlarning birligidan, 
bog„liqligidan iboratdir. 
Tilning tashqi formasi tilning materiyasi, xom-ashyosidir, uning tovush 
sistemasidir. Aytilganidek, nutq tovushlari tilning shaklidir. 
Nutq tovushlari muayyan ma‟no ifodalovchi til birliklarini hosil qilishda 
qo„llanadigan, ishlatiladigan shaklidir. 
Tilning ichki formasi til strukturalarining tashkil qilinish, fikrni tilda 
obyektivlashtirish usulidir, xalq ruhining ifodasidir. Gumboldt tilning ikki 
formasi haqidagi ta‟limotida ichki formani xalqning ruhi bilan bog„laydi. 
Ya‟ni ichki forma xalq ruhining qandayligini ko„rsatadi hamda so„z orqali 
ifodalanadigan ma‟nodir. Gumboldt fikricha, xalqning tili uning ruhidir va 
xalq ruhi uning tilidir.
Gumboldtning ichki forma haqidagi ta‟limotining xatosi shunda ediki, u 
tilning ichki formasini (shaklini) faqat milliy ruh bilan, xalq ruhi bilan va 
mutlaq g„oya bilan bog„laydi. Ya‟ni u tillarning milliylik xususiyatini alohida 
tillarning konkret tarixiy taraqqiyotiga bog„liq shart-sharoitlar bilan, xalq 
tarixi bilan, tilni yaratuvchi, uni o„zida tashuvchi, undan foydalanuvchilar 
bilan bog„liq holda tushuntirmaydi. Balki tilning ichki formasini, tillarning 
milliylik xususiyatini mavjud bo„lmagan, yetarli darajada aniqlanmagan, 
o„rganilmagan ruhiy ibtidoning namoyon bo„lishi bilan tushuntiradi. 
Aniqrog„i, Gumboldt nemis faylasufi I. Kant kabi ongni, ruhni alohida 
mavjud bo„lgan ibtido deb biladi va uni obyektiv mavjud bo„lgan moddiy 
tabiatga bog„liq bo„lmagan hodisa deb izohlaydi. Shu ta‟limotdan kelib 
chiqib, u tilni ruhning butun majmuidan iborat deb ta‟riflaydi va til ruhga xos 


bo„lgan qonunlar asosida rivojlanadi deb biladi. Uning fikricha, tilda xalqning 
ma‟naviy qiyofasini aks ettiradigan ma‟lum bir dunyoqarash ifodalanadi. 
Boshqa tilni o„rganish bilan go„yo dunyoqarash ham o„zgaradi. Shu fikr 
asosida Gumboldt tilning «ichki formasi» haqidagi ta‟limotini yaratadi. «Ichki 
forma», uning fikricha, bir tomondan, xalqning ruhi qandayligini ko„rsatsa, 
ikkinchi tomondan, so„z yasalishi, shakllanishi jarayonida ifodalanadigan 
ma‟nodir. 
Vilgelm fon Gumboldt nutq tovushlarini til formasi deb so„zning nutqda 
qo„llangandagi qiyofasini so„zning grammatik formasi deb ta‟riflaydi. Uning 
bu fikrlari hamda «ichki forma» haqidagi ta‟limoti, ayni ta‟limotning 
idealistik jihatlari olib tashlansa, ushbu fikrlar umum tilshunoslikda hozir ham 
diqqatga sazovordir. Aytish mumkinki, XIX asr tilshunoslik tafakkuri
taraqqiyoti Gumboldtning lisoniy nazariyalari asosida taraqqiy qildi. Uning 
ko„pgina lingvistik g„oyalari XIX va XX asr tilshunosligining rivojiga jiddiy 
ta‟sir qildi. 
Xullas, F. Bopp, R. Rask, Ya. Grimm, A. Vostokovlar qiyosiy-tarixiy 
tilshunoslik va bu tilshunoslikning ilmiy-tadqiqot usuli bo„lgan qiyosiy-tarixiy 
metodga asos solgan bo„lsalar, Vilgelm fon Gumboldt umumiy nazariy 
tilshunoslik faniga, uning mustaqilligiga, til falsafasiga asos soldi. 
Hind-Yevropa tilshunosligining XIX va XX asrning boshlaridagi 
taraqqiyot davrida Vilgelm fon Gumboldt g„oyalarining ta‟siri natijasida 
umum tilshunoslikda muayyan ta‟limotlar, yo„nalishlar maydonga keldi. Bu 
ta‟limotlar jahon tilshunosligida naturalizm (A. Shleyxer ta‟limoti) va 
psixologizm (G. Shteyntal ta‟limoti) va boshqa nomlar ostida namoyon bo„ldi. 

Yüklə 429,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə