2-modul. Nerv tizimi umumiy fiziologiyasining yosh xususiyatlari. Oliy nerv faoliyatining yosh xususiyatlari. (2 soat) Reja



Yüklə 42,19 Kb.
səhifə3/3
tarix11.12.2023
ölçüsü42,19 Kb.
#146701
1   2   3
2-modul. Nerv tizimi umumiy fiziologiyasining yosh xususiyatlari-fayllar.org

Kundalik hayotimizda bunga o`xshash «to`qnashishlar» ko`p uchrab turadi. Nevrozga ko`proq xolerik va melanxoliklar uchraydi. Ruhiy iztiroblar, hayotdagi kiyinchiliklar, surunkali charchash asab bo`zilishlari unga sabab bo`lishi mumkin.
Nevrotik buzilishlar faqat oliy nerv faoliyatining buzilishi shaklida emas, balki xilma -xil vegetativ o`zgarishlar shaklida ham namoyon bo`ladi. Arterial qon bosimini ortishi, hazm shiralari o`zgarishlar ana shular jumlasidandir.
Tajribaviy nevrozlarni o`rganish turli kasalliklar va erta qarish va boshqalarni kelib chiqish mexanizmini tushunishda yordam beradi. Nevrozin davolashda dori- darmonlardan tashqari, dam olish to`yib uxlash kerak.
Bola hayotining ikkinchi yilida shartli reflektor faoliyat keskin o’zgaradi. Bola atrofidagi umumiylashgan muhitdan ayrim buyumlarni ajrata boshlaydi va ularga nisbatan muayyan xatti-harakatlarni yuzaga chiqaradi: stulchaga o’tiradi, qoshiq yordamida ovqat yeydi, piyoladan suv ichadi. Bu harakatlar chegaralansa, bolaning bilim orttirishi keskin kamayadi, uning ruhiy rivojlanishi kechikadi.
Bolaning turli buyumlar bilan muloqoti unda umumiylashtirish qobiliyatini rivojlantiradi. Bu qobiliyat faqat inson miyasining xususiyatidir. Gap tushunarli bo’lishi uchun bir misol keltiramiz. Bola ilk bor archani ko’rganida, uni ushlaydi, ignalarining hidini sezadi va bir qator bevosita taassurotlar oladi. Bu vaqtda “archa” degan so’z bola oldidagi konkret, yagona archadan olingan tasavvurning signali hisoblanadi. Bola ko’p archalarni ko’rganidan keyin “archa” so’zining ma’nosi kengayadi, konkretligi kamayadi. Bolada ko’p predmetlarni birlashtiruvchi “daraxt” degan tushuncha paydo bo’ladi. Keyin bola juda keng bo’lgan “o’simlik” tushunchasini o’zlashtiradi.
Bu davrda bola ONF i rivojlanishi uchun stereotip shaklida o’z ta’sirini ko’rsatadigan tashqi muhit omillariga nisbatan hosil bo’ladigan vaqtinchalik aloqalar tizimlarining ahamiyati ortadi. Endi bola uchun faqat kun tartibi (ovqatlanish, uxlash, o’ynash vaqti va boshq.) emas, balki shu holat va harakatlarning elementlari, hamda ularning ketma-ketlik tartibi ham ahamiyatli bo’lib qoladi. Nerv jarayonlari yetarli kuch va harakatchanlikka ega bo’lmagan bu davrda bolalarda moslashishlarni yengillashtiradigan stereotiplarga ehtiyoj katta bo’ladi.
O’tkazilgan maxsus tajribalar uch yoshgacha bo’lgan bolalarda ko’p stereotirplarga shartli reflekslar hosil qilish osonligini ko’rsatgan.
Birinchi bolalik davrida oliy nerv faoliyati. Bu davr uchun ichki tormozlanishning tez rivojlanishi xosdir. So’nish va farqlash tormozlanishini avvalgi davrdan ancha tez yuzaga chiqarish mumkin bo’ladi. Tormozlanish jarayonining kuchi va davomiyligi ortadi. Bular natijasida harakatlar oydinlashadi, befoyda harakatlar soni kamayadi. Avval orttirilgan tajriba va ko’nikmalardan foydalanish darajasi ortadi.
Stereotiplarning ahamiyati oshib boradi, ular bolaning xatti-harakatlari shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Stereotiplarni o’zgartirish bola uchun endi qiyinchilik tug’dirmaydi, ularni o’zgartirishni bola o’yin sifatida qabul qiladi.
Birinchi bolalik davrida qo’zg’alish jarayonining MNT da kuchli tarqalishiga (irradiatsiyaga) uchrashi ko’zga tashlanadi. Masalan, bog’cha tarbiyachisi: “Besh deganda, qo’lni ko’tarasizlar”- desa, bolalar boshqa so’zlarga ham qo’lni ko’taraveradilar.
Bolalikning bu davrida murakkab ta’sirlovchilarga shartli reflekslar hosil bo’ladi, I va II signal tizimlar o’rtasidagi munosabatlar rivojlanadi. O’qish va yozishni o’rganish mavhum fikr yuritishni shakllaydi. Ammo faol diqqat bilan aqliy ish bajarish qobiliyati bolalarda cheklangan bo’lib, u 15 daqiqadan ortmaydi.
6 yoshdan boshlab bolalar o’z xulq-atvorini oldindan olingan ko’rsatmalar asosida boshqarish imkoniyatini egallaydilar. Ular bir necha bosqichli harakatlar rejasini esda saqlab, bu harakatlarni bajara oladilar.
So’z ko’rsatmalariga bo’ysunish, xatti-harakat rejasini esda saqlash, uni sharoit o’zgarishlariga moslash, erishish mumkin bo’lgan natijani oldindan baholash oliy assotsiativ tizimlar ishtirokida yuzaga chiqadi. Shu sababdan 7 yoshga borib, peshona sohasi po’stlog’i morfologik kamolga yetadi.
Ikkinchi bolalik davrida oliy nerv faoliyati. Bu davrda qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari yetarli kuchga ega bo’lib, muvozanatlashadi, ichki tormozlanishning bor turlari yaxshi shakllanadi.
Bolaning harakatlari jadal takomillashishiga qaramay, ular nafis va aniq harakatlarni bajarishda qiynaladilar.
8 yashar bolalarda diqqat va quntni ta’minlovchi mexanizmlar yetarli darajada rivojlangan emas. Ular tez charchaydilar, o’quv topshiriqlarining ko’pligi nevrotik holatga olib kelishi mumkin.
Umuman, bolaning maktabga borishi bola ruhiyatining shakllanishiga kuchli ta’sir qiladi, chunki uning hayoti maktabgacha bo’lgan davrga nisbatan tubdan o’zgaradi. Bu davrga kelib bosh miya po’stlog’i rivojlanishda katta yoshdagi odamnikiga yaqinlashadi.

1Human Anatomy and Physiology.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative The Carter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003 159-166



2Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative, The Carter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003 559-580



3Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative, The Carter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003 559-580



4Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative, The Carter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003 559-580





http://fayllar.org
Yüklə 42,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə