2-mavzu: sezgilar klassifikatsiyasi va sezgilarning o‘zgaruvchan shakllari



Yüklə 447,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix01.04.2023
ölçüsü447,08 Kb.
#103928
  1   2   3   4
2-Mavzu



2-MAVZU: SEZGILAR KLASSIFIKATSIYASI VA SEZGILARNING 
O‘ZGARUVCHAN SHAKLLARI 
Psixologiya fanida uchta katta guruhga ajratilgan sezgilar (ekstroreseptiv, 
proprioreseptiv, introreseptiv) o‘z navbatida quyidagi turlarga ajratiladi:
-
Ko‘rish sezgilari; 
-
Eshitish sezgilari; 
-
Hid bilish sezgilari; 
-
Ta’m bilish sezgilari; 
-
Teri sezgilari; 
-
Muskul - harakat (kinestetik); 
-
Statistik sezgilar; 
-
Organik sezgilar; 
Ko‘rish sezgilari 
Insonlar tomonidan rang va yoruqlikni sezish ko‘rish sezgilari orqali amalga 
oshadi va seziladigan ranglar 
xromatik va axromatik
turlarga bo‘linadi. 
Psixofiziologik qonunga ko‘ra yoruqlik nurlari uchburchak hisha prizma orqali 
o‘tib singanda hosil bo‘ladigan rang 
xromatik ranglar
deb atalib, ularga kamalak 
ranglar, ya’ni qizil, zarg‘aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko‘k, binafsha tuslarini 
qamrab oladi. Odatda oq rang, qora rang, kulrang va ularning turlicha ko‘rinishlari 
axromatik ranglar
deb nomlanadi.
Ko‘rish sezgilarining organi ko‘z hisoblanib, u ko‘z soqqasi undan chiqib 
keladigan ko‘ruv nervlaridan tashkil topgan bo‘lib, ko‘z soqqasini tashqi tomirlari 
va to‘r pardalari o‘rab turadi. Tashqi pardaning tiniq bo‘lmagan oq qismi sklera 
yoki qotgan qattiq parda deb nomlanadi. Uning old tomoniga joylashgan bir 
muncha qavariq qismi tiniq mugus parda bo‘lib, uning oldingi qismi rangdor parda 
deb ataladi. Mazkur pardaning rangiga binoan uning tovlanishiga qarab, odamlarda 
ko‘z ko‘k, qora kabi jilva beradi. Rangdor pardaning o‘rta qismida yumaloq tiniq 
modda bo‘lib, uni qorachiq deb ataymiz va u orqali ko‘z ichiga yoruqlik nurlari 
kiradi.
Ko‘zlarning uchinchi pardasi to‘r parda deb nomlanib, u ko‘z soqqasining 
deyarli butun ichki yuzasini qoplaydi. qorachiq bilan rangdor pardaning orqasida 
ikki tomoni qavariq, tiniq jism ko‘z gavqari joylashgan bo‘ladi. Yoruqlik nurlari 
unda to‘planib, so‘ng sinadi va to‘r pardaga narsa yoki jismning aksi, surati 
tushadi. 
Ko‘z soqqasining gavqari bilan to‘r parda o‘rtasidagi butun ichki yuzasi 
hishasimon jism deb nomlanuvchi maxsus tiniq suyuqlik bilan qoplangan bo‘ladi. 
To‘r parda rang va yoruqlikni sezish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unda 


ko‘ruv nervining tarmoqlari joylashgandir. Ushbu tarmoqlarning chekkadagi 
uchlarida tayoqcha va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv xujayralari 
mavjuddir. Inson ko‘zini to‘r pardasida 130 millionga yaqin tayoqchalar va 
kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv hujayralari mavjuddir. Inson ko‘zining 
to‘r pardasida 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 millionga yaqin kolbacha bor deb 
taxmin qilinadi. Kolbachalar yordami bilan xromatik, ya’ni kunduzgi ranglar 
ko‘riladi. 
Tayoqchalar yoruqlikni yaxshi sezuvchan bo‘lib, xira va qorong‘u paytlarda 
o‘z funksiyasini bajaradi, axromatik ranglarni aks ettiradi.
To‘r pardaning eng sezgir joyi - sariq dog‘ning asosan, kolbachalar bilan 
markaziy chuqurchasi hisoblanib, unga qaysi narsaning aksi tushsa, xuddi shuni 
hammadan ravshanroq ko‘ramiz. Obektga tik qarash natijasida ko‘z muskullari 
unga qaratiladi va aks ettiruvchining sur’ati sariq dog‘ga tushadi. Bunday tarzdagi 
ko‘rish to‘g‘ri ko‘rish deyiladi.
Odam 
ko‘zi 
ranglarning 
taxminan, 
380 
millimikrondan 
780 
millimikrongacha uzunlikdagi to‘lqinlarning ta’sirini sezadi.Uch rangli sezgi 
nazariyasining asosiy qoidalari 1756 yilda 

Yüklə 447,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə