17-mavzu. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi



Yüklə 242,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix28.09.2023
ölçüsü242,72 Kb.
#124644
1   2   3   4   5   6   7   8
1146 (1)

Maishiy turmush estetikasi.
Turmush bu ijtimoiy hayot sohasiga oid tushuncha bo‘lib, u
inson, millat va xalqning yashash tarzi, urf-odatlar, rasm-rusum majmuyi, obyektiv reallik, 
moddiy, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, sog‘liqni saqlash, shuningdek, ma’naviy 
qadriyatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishdan iborat. U azaldan madaniy qadriyatlarni vujudga 
keltiradigan va asraydigan muhim makon bo‘lib kelgan. Turmush madaniyati inson hayoti va
ijtimoiy muhitda iqtisodiy, ijtimoiy, estetik mezonlarni ko‘rsatish bilan birga estetik 
madaniyatni ham shakllantiruvchi hodisadir.Turmush madaniyatining o‘ziga xosligi mehnat,
oila, Vatan, kattalarga hurmat, o‘zini tutish me’yorlari kabi tabiiy, sodda ammo, asosiy
qadriyatlarni singdirishida namoyon boladi. Turmushga singgan qadriyatlar nisbatan mutlaq
bo‘ladi, juda kam o‘zgaradi. Ushbu fazilatlar, qadriyatlarni har bir shaxs o‘zi bilan oilasiga
olib o‘tadi va uning abadiyligini ta’minlaydi. Turmush estetikasi dizayn, ekoestetika, atrof-
muhit estetikasi, estetik tarbiya bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, moddiy va badiiy madaniyatni
integratsiyalashning eng ta’sirchan vositalaridan biridir. 
Turmush estetikasi insonni voqelikka estetik munosabatini namoyon etadigan sohalardan 
bo‘lib, u bevosita tashqi ko‘rinishi, kiyinish va muomala madaniyati, narsa va buyumlarga,
turar joylariga munosabatini aks ettiradi. O‘z o‘rnida insonni o‘rab turgan narsa va 
buyumlar olamining go‘zalligi inson hayotining uyg‘unligini ta’minlaydi va uni estetik
tarbiyalaydi. Turar joyi, tashqi ko‘rinishi, kiyim ko‘rkamligi orqali inson yashayotgan,
mansub bo‘lgan jamiyat haqida estetik tasavvur olish mumkin. Va aksincha turmushda 
tartibsizlik, palapartishlik estetik madaniyat pastligidan dalolat beradi. Turmush estetikasining 
insonni o‘rab turgan narsa va buyumlar, turar joylariga munosabatini o‘z ichiga oladi.
Insonning dizaynerlik, ijodkorlik qobiliyatlari dastavval turmushda shakllanib boradi. Bunda
ma’lum bir xalqning tarixi, mentaliteti, avvaldan shakllanib kelgan turmush tarzi muhim
o‘rin tutadi. Kiyinishidan tortib, oilaviy an’analar, oilaviy makongacha bo‘lgan hodisalarda
odamlarning narsalar dunyosiga, go‘zallik va ulug‘vorlik orqali qarashlari, estetik didga,
ijtimoiy ideallarga o‘ziga xos munosabatlari namoyon bo‘ladi va bu pirovard natijada
turmush madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida madaniy-hordiq
infrastrukturasidagi islohotlar, bolalar uchun sport maktablari, madaniyat saroylari va
barkamol avlod saroylari, fitnes klublar, tikish-bichish, kasb-hunar o‘rganish bilan bog‘liq 
to‘garaklar aholi turmush estetikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsata boshladi. «Ma’lumki, aholining 
turmush sharoitini yaxshilash, hayotdan rozi bo‘lib yashashiga erishish bugungi zamonaviy
davlatchilik taraqqiyotidagi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Yaqinda ayni shu ko‘rsatkichlar 
bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida AQSHning Kolumbiya universiteti 
sotsiologlari tomondan ijtimoiy so‘rov va tadqiqotlar o‘tkazilib, shu asosda «Butunjahon
baxt indeksi»ning («World Happiness index») yangi reytingi e’lon qilindi. Diqqatga
sazovor jihati shundaki, ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston 158 mamlakat orasida 44-pog‘onada,
Mustaqil Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar orasida birinchi o‘rinda qayd etildi». Turmushning 
ijtimoiy-estetik mohiyatini tahlil qilish uch narsaga e’tibor berishni taqozo qiladi. Bular - inson 
hayot kechiradigan rang-barang predmetlar olami; insonning boshqalar bilan muloqotda
o‘zligini namoyon qilish holatlari; insoniy munosabatlarning odob-axloqda aks etish
imkoniyat va xususiyatlari. Bulardan birinchisi bevosita dizayn bilan bog‘liq. Turmush
estetikasining muhim jihati insonni o‘rab turgan narsa va buyumlar yaratish va unga
bo‘lgan munosabatida aks etadi. Qadimgi odamlar turli narsalardan loy, yog‘och, tosh va
tabiatning boshqa predmetlaridan o‘ziga xos mo‘jizalar yaratganligi ma’lum. Bu narsalar dizayn 
faoliyati jarayonida yaratila borib turmush madaniyatining muhim xususiyatini tashkil qiladi. 
Inson turmush estetikasining muhim tarkibiy qismlaridan biri insonning kiyinishi bilan bog‘liq
bo‘lib bu modaga borib taqaladi. Ma’lumki, moda deganda tashqi madaniyat shakllarining


vaqti-vaqti bilan qisman o‘zgarish va takrorlanib turishini tushunamiz. Bunday takrorlanishlar 
va o'zgarishlar iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy, estetik omillar kabi ijtimoiy asosga ega bo'ladi.
Modani asosiy ko‘pchilik e’tirof etadi, u o‘zini faqat kiyinishda emas, ishlab chiqarishda ham,
siyosatda ham, san’atda ham, fanda ham, hatto mafkurada ham namoyon qila oladi. U 
ijtimoiy-estetik mezon sifatida baholash xususiyatiga ega va shu bilan odamlarga nima
kerakligini belgilab beradigan hukmron didga aylanadi. Moda odamlarning yashash tarzidan 
(uslubidan) kelib chiqib, doimiy ravishda o‘zgarib boradigan hayot mazmuniga mos shaklni
taklif etadi. Zotan u ommaviy estetik didning darajasi va o‘ziga xosliklarini zamon
ko‘zgusida aks ettirish xususiyatiga ega. Shu jihatdan u, yuqorida aytib o‘tganimizdek,
o‘zgaruvchanlik tabiatiga ega. Inson qaddi-qomatiga estetik ko‘rinish berishi bilan ham es­ 
tetik taassurot qoldira oladi. Inson chehrasi va tanasining tabiiy tuzilishiga oid ba’zi
nuqsonlarni kosmetika, jismoniy tarbiya va tibbiyotning ayrim sohalari yordamida «tartib»ga 
keltirish mumkin. Biroq bu yerda me’yor asosiy mezon hamda ijtimoiy ong darajasi bilan
bevosita bog‘langan bo‘lishi lozim. Bugungi kunda estetik jarrohlik insonga «kosmetik
bezak» bermoqda, «chiroy» baxsh etmoqda, o‘ziga ishonchni orttirmoqda. Ammo, qalb
go‘zalligi insoniy go‘zallikning asosi bo‘lishi lozim. Shu bois turmush estetikasi shaxs badiiy-
estetik madaniyatini shakllantirishda asosiy ijtimoiy manba va omil bo‘lib xizmat qiladi. 
Inson faoliyatining barcha shakl va mahsulotlariga estetik salohiyat xos bo‘lganligi bois turmush 
uning estetik gavdalanishini mazmundor qiladi va rang-baranglashtiradi. Bu o‘rinda dizayn-
ning turmush estetikasiga ta’sirini alohida ta’kidlash joiz. Shu ma’noda insonni qurshagan 
predmet va narsalar muhiti uyg‘unlik, shinamlik va qulaylik xususiyatlari bilan insonda zavq
ko‘tarinki kayfiyat, xotirjamlik kabi hissiyotlarni uyg‘otishi; insonga o‘z hayotidan mamnunlik 
uyg‘otishi, ruhiy muammolar yechimini hal etishda yordam berishi mumkin. Binobarin, 
me’morlar, amaliy san’at namoyandalari, dizaynerlar, umuman ijodkorlar bu estetik 
qulayliklarni nafaqat moddiy balki insonning ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida 
yaratadi. Turmush estetikasi inson faoliyati sohalari, narsalar olami, interyerning tarkibiy 
qismlari, uning shakllanish qonuniyatlari, ish joylar muhitini shakllantirish kabi masalalarni hal 
etishda zamonaviy ilm-fan bilan bog‘liq bo‘lib yangi texnik va texnologik ishlanmalar, dizaynga 
tayanadi. Narsa va buyumlarni qulay, shinam joylashtirish va ulardan to‘g‘ri foydalanish
kundalik hayotimiz yuqori turmush madaniyatiga daxldor bo‘lib bormoqda va ijtimoiy 
hayot markazida turibdi. Mamlakatimizda yoshlarning mehnat va estetik tarbiyasiga
katta e’tibor qaratilmoqda. Ko‘cha, mahalla va turar joylarni bezashda maktab, litsey va
kollej talabalari qatnashmoqda. Shu orqali yoshlarning voqelikka estetik munosabatini
shakllantirishga katta e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, «Barkamol avlod» bolalar markazlarida
o‘lkashunoslik va ekologiya, dizaynerlik to‘garaklarining mavjudligi bolalarda dizaynerlik
qobiliyatining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bolalarning dizaynga oid bilim 
va ijodiy tafakkuri boyib bormoqda, dizaynerlik kasbining dastlabki ko‘nikmalari hakllanmoqda. 
Allomalarning insonda hamma narsa go‘zal bo‘lishi kerak, degan ta’rifi shu o‘rinda o‘z
ma’nosini ko‘rsatadi. Kiyim-kechak, libos, narsa va buyumlar nafaqat moddiy, shu bilan 
birga, badiiy-estetik ahamiyatga ham ega predmetlar majmuyi bo‘lib, insonning tashqi 
qiyofasi, didi, o‘ziga bahosi, ixtisosligi, ijtimoiy mavqeini ham gavdalantiradi, bugina emas,
tashkiliy va ruhiy vaziyatni ham ifodalaydi. Va nihoyat, kiyim-kechak, libosning yarashiqli,
narsa, predmetlarning ko‘rkamligi kishilarda muayyan estetik mamnunlik va xushnudlik
uyg'otishini ta’kidlash lozim. 

Yüklə 242,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə