17-mavzu. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi


Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi



Yüklə 242,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix28.09.2023
ölçüsü242,72 Kb.
#124644
1   2   3   4   5   6   7   8
1146 (1)

Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi
. Globallashuv jarayonida yangi estetik qadriyatlar 
qaror topib bormoqda. Bu insonning tabiatga va jamiyatga bo‘lgan munosabatida aks etadi.
Nemis faylasufi Immanuil Kant tabiatni axloqiylik bilan bog‘laydi: «Kimniki bevosita tabiat
go‘zalligi qiziqtirsa, bu uning fikrlash tarzida, yo‘q deganda, axloqiylikka, ezgulikka
qobiliyat mavjudligidan dalolat beradi», - deydi u. Ammo Hegelning, tabiatda ideal yo‘q, shu
sababli u ikkinchi darajali go‘zallik turi, degan fikri estetikada hukmronlik qilib keldi,
ayniqsa, bu fikr tabiatni «bo‘ysundirishni» targ‘ib qilgan marksizm ta’limotida keng e’tirof
etildi. Natijada uzoq yillar mobaynida tabiat estetikasiga e’tibor qaratilmadi. Biz me’moriy
obidalarni asrash, tiklash haqida qayg‘urdik, ularni estetik qadriyatlar deb e’lon qildik, lekin 
landshaft estetikasini chetga chiqarib qo'ydik.Hozirgi kunda shu narsa aniq boldiki, tabiatni
eng ulug‘ va mangu estetik qadriyat deb bilmaslik borib tuigan estetik savodsizlikdir. 
Aniqrog'i, bugun tabiatsiz estetikani tasavvur qilish mumkin emas. XXI asrda olamni
bilish, voqelikni estetik o‘zlashtirish bilan bir qatorda uni qadriyat sifatida e’zozlashga
alohida e’tibor berilmoqda. Endilikda odamlarning yaratuvchanlik faoliyati yuksalishi
barobarida estetik qadriyatlarga nisbatan munosabati tubdan o‘zgarmoqda. Bu o‘z navbatida
inson mohiyatan eng oliy qadriyat ekanligi, inson manfaatlarining ustuvorligini ta’minlash 
barcha islohot va evrilishlarning bosh maqsadiga aylanganligi bilan belgilanadi. Insoniyatni 
o‘rab turgan borliq, tabiiy va ijtimoiy atrof-muhit, tirik va notirik tabiatning eng muhim 
tomonlarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariy xususiyatga egadir. Bunday qadriyatlar 
jamiyat uchun hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan, abadiy, mutlaq va muqaddas 
qadriyatlardir. 



Yüklə 242,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə