17-mavzu. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi


Ekoestetikaning XXI asr taraqqiyotidagi o‘rni



Yüklə 242,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix28.09.2023
ölçüsü242,72 Kb.
#124644
1   2   3   4   5   6   7   8
1146 (1)

Ekoestetikaning XXI asr taraqqiyotidagi o‘rni.
Insoniyat hozir o‘z tarixining mas’uliyatli
davrida yashamoqda. Biz «tabiat-jamiyat-inson» munosabatlari uyg‘unligining yangi 
rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydik. Bu tarixiy davr o‘z real imkoniyatlari, obyektiv
taraqqiyot qonuniyatlari bilan jamiyat oldiga turli muammolarni qo‘ymoqda. Bulardan eng
muhimi tabiatni asrashdir. Tabiat alohida bir xalq va millatniki emas. Tabiat muqaddas bir 
dargoh, inson ko‘z ochib ko‘rgan dunyo, ona zamin, insoniyatning umumiy uyi. Shunday 
ekan uni avaylab-asrash, atrof-muhitning ifloslanishiga yo‘l qo'ymaslik, umumdavlat, 
umuminsoniyat ishidir. Ekologik muammoni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos 
bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ana shu muammoning hal qilinishiga 
bog‘liqdir. Bu esa odamlarning, xalqlar va millatlarning ma’naviyatini yuksaltirish, tabiatga
estetik munosabatini shakllantirishni taqozo etadi. Negaki voqelikka estetik munosabatda
bo‘lish tabiatga bo‘lgan muhabbatdan boshlanadi. Tabiat uning o‘zini gavdalantiruvchi 
barcha san’at turlari uchun bitmas-tuganmas shakllar manbayi bo‘lib kelgan va shunday
boiib qoladi. Inson bilimining ortishi, tabiat hodisalarining mohiyatini aniqlash
qonuniyatlarini o‘rgana borish, texnikaning taraqqiyoti inson qudratini oshirishi natijasida
tabiat ustidan hukmronlik o‘rnatishga intilishi boshlandi. Va bu salbiy oqibatlarga olib keldi.
XXI asrga kelib tabiat va inson o‘rtasida yangicha muloqot vujudga kelmoqda. Inson tabiatning 
hukmroni emas, uning bir bo‘lagi ekanligi tabiatga nisbatan qilingan har qanday yomonlik 
oqibatda insonga qilingan yomonlik ekanligini anglab yetdi. Hozirgi zamonning eng katta
muammolaridan biri ekologiya ekanligi, uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos
bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal
qilinishiga bogliqligi hammamizga ayon haqiqat. Xalqimiz yaqin o‘tmishda boshidan 
o‘tkazgan totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida atrof-muhitga bepisand 
munosabatda boMinib, tabiat boyliklaridan ochko‘zlarcha foydalanishga zo‘r berilgan edi.
Q‘sha davr bizga o‘simlik va hayvonot dunyosi genofondiga salbiy ta’sirni, biologik xilma-
xillikning qisqarishi, katta hajmdagi sanoat va boshqa chiqindilarning ko‘payishi, 
cho‘llanish, yer va suv resurslari degradatsiyasi, Orol dengizi halokati kabi mintaqaviy va
global miqyosda yechilishi zarur bo‘lgan muammolarni meros qilib qoldirdi. Bu muammo-
lar inson hamda uning manfaatlari himoyasi, birinchi navbatda, soglom va musaffo atrof-
muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlash jarayoni amalga oshirilayotgan islohotlarning o'zagini 
tashkil etgan O‘zbekiston uchun atrof tabiiy muhitni asrab-avaylashni va uni 
sog'lomlashtirishni yanada dolzarb qilib qo‘ydi. 

Yüklə 242,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə