16-mavzu: Osiyoning yangi industrial davlatlari


Yaid iqtisodiy taraqqiyot modeli



Yüklə 115,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix28.05.2023
ölçüsü115,12 Kb.
#113669
1   2   3   4   5
16 OsiyoAfrika (1)

Yaid iqtisodiy taraqqiyot modeli:
YAID o‘z iqtisodiyotini 
rivojlantirishda quyidagi ikki modeldan birini tanlagan: 
-
milliy iqtisodiyotni tashqi bozor - eksportga yo'naltirgan holdarivojlantirish; 
-
milliy iqtisodiyotni import o'rnini o'zi qoplashi yo'nalishida rivojlantirish. 
Birinchi yo'l samarasi AQSH, G'arbiy Yevropa va Yaponiya tajribasida 
isbotlangan edi. Osiyoning YAID ham asosan shu modelni qo'lladilar.
Lotin Amerikasining YAID esa asosan ikkinchi modelni qo'lladilar.Tabiiyki, 
bu ikki modeldan birini tanlashning o'zigina muvaffaqiyatni ta’minlamaydi. U yoki 
bu model uni tanlagan davlat hukumatining oqilona iqtisodiy siyosati bilan 
to'ldirilgan. Buningsiz hech qanday muvaffaqiyatga erisnib boimaydi. 
Barcha omillarning uyg'unligini ta’minlay olgan Osiyoning YAID juda qisqa 
tarixiy muddat oralig'ida yuksak rivojlanish darajasiga erishdilar (masalan, 
Yaponiya 100 yilda bosib o‘tgan yo‘lni ular 25 yilda bosib о tdilar. Biz ulardan 
ayrimlariga to’xtalamiz. 
JANUBIY 
 
KOREYA 
 
RESPUBLIKASI
:
Koreya 1910-yilda Yaponiya mustamlakasiga aylangan edi. Bu hol 1943-yilgacha 
davom etdi. 1943-yilda Koreya mustaqillikka erishgan bo'lsada, keyinchalik u ikki 
davlatga bo‘linib ketdi. Bu- 1945-yilda Koreyaning "shimolini SSSR armiyasi, 
janubini esa AQSH armiyasi egallaganligining oqibati bo'ldi. Potsdam 
konferensiyasi 1945-yilda 38-parallel kenglikni SSSR va AQSH armiyasi 
o'rtasidagi chegara chizig'i, deb belgiladi. 
Bu ikki o'ta buyuk davlatning siyosiy xaritani o‘z xohishlanga ko'ra
tuzishga urinishlari oxir-oqibatda Koreyaning ham ikkiga bo'limb ketishiga olib 
keldi. 
1948 - yilning 15-avgustida Koreyaning janubida Li Sin Man boshchiligida 
Koreya Respublikasi, tashkil topd. 9-sentabrda esa shimolda Kim Ir Sen 


boshchiligida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi. 
1950-yilda bu ikki koreys davlati o'rtasida urush harakatlari boshlandi. Bu urushga 
AQSH, SSSR va XXR ham aralashdi. Ikki yillik muzokaralardan so’ng, 
nihoyat,1953-yilning 27-iyulida yarash bitimi imzolandi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda bu ikki koreys davlati taraqqiyoti 
turlicha yo'ldan bordi. Shimoliy Koreya sovet nusxasidagi «sotsializm» qurishga 
kirishdi, Buning oqibatida u Osiyoning eng kam taraqqiy etgan davlatlaridan biriga 
aylandi. 1994-yilda Kim Ir Sen vafot etgach uning o’g’li Kim Chen Ir prezidentlik 
lavozimini egalladi. 1994-yilda aholi jon boshiga 920 dollarlik yalpi ijtimoiy 
mahsulot ishlab chiqarildi. Shunday bo'lsa-da, Shimoliy Koreya zo'r berib 
qurollanmoqda. Hatto, o'z atom bombasi va uni mo'ljalga eltib qo'yuvchi 
vositalarga ega bo'lish imkomyati reallikka aylanishi mumkinligi jahon 
hamjamiyatini tashvishga solmoqda.
Janubiy Koreyada Li Sin Man 1960-yilda o'ldirilgach, hokimiyat Pak Chjon 
Xi qo'liga o'tdi. U ham 1979-yilda o'ldirildi va 1980—1987-yillarda prezidentlik 
lavozimini Chon Du Xvan boshqardi. 1987-yilgi saylovlarda general Ro De Vu 
g'alaba qildi. 1993-yilgi saylovlarda esa Kim Yan Sam hokimiyatni egalladi. 
Koreya 60—70-yillarda juda tez taraqqiy qildi. Hukumat markazlashdi. DEU, 
Samsung, Xyundoy, Lak-Goldstar kabi kompaniyalar juda katta foyda oldilar. 
Kemasozlik, avtomobilsozlik, elektronika va boshqa sohalar o'ta tez rivojlandi. 
Keyingi 20 yil ichida har yili 10 foizdan rivojlandi. Lekin inqirozlar ham yuz berdi. 
1997-yilda inqiroz tufayli yuzlab korxonalar sindi. Xalqaro valuta fondidan
47 mlrd. dollar qarz oldi. Bu davrda koreya xalqi haqiqiy vatanparvarligim 
ko'rsatdi. Fuqarolar milliardlab pul yig'dilar, ayollar oxirgi taqinchoqlarigacha 
davlatga topshirdilar.
Janubiy Koreya bugungi kunda dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlardan 
biriga aylandi. Chunonchi, 1994-yilda aholi jon boshiga ishlab chiqarish jami 
ijtimoiy mahsulot 11270 dollarni tashkil etd, No Mu Xvon - mamlakat prezidenti 
etib saylandi.


Janubiy Koreya - 0‘zbekiston munosabatlari yildan-yilga nvojlanib 
bormoqda. Janubiy Koreyaning 0‘zbekistonda qo’ ygan kapitali 1 mlrd. 
dollardan oshdi. 128 ta qo‘shma korxona ishlamoqda. О’zbekistonda 
chiqarilayotgan «Neksiya», «Damas», «Matiz», «Tiko» avtomobillari, qator 
to‘qimachilik korxonalarining qurilishi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning 
kelajagi yanada porloqligini ko’rsatmoqda.


Yüklə 115,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə