141 Belladonna, Halokatli ituzum


O‘simlikning yerustki qismi



Yüklə 21,89 Kb.
səhifə3/4
tarix05.10.2023
ölçüsü21,89 Kb.
#125792
1   2   3   4
141 Belladonna

O‘simlikning yerustki qismi (o‘t) o‘simlik gullaganida yig‘iladi. O‘simlikning yerustki qismi poyaning tagidagi barg
20
oldidan o‘rib olinadi. Poyaning bargsiz qismiga tegilmaydi.
Bo‘yi baland o‘simliklarda esa poyaning tepa qismi (10—20 sm
uzunlikda) va shoxchalari kesib olinadi (achchiq shuvoq, dalachoy va boshqa o‘simliklar).
Kurtaklar erta bahorda (ochilmasdan ilgari), o‘simlik tanasida suyuqlik yura boshlagan vaqtda yig‘iladi. Kurtaklarni
o‘simliklardan terib olinadi yoki kurtakli shoxchalarni qirqib
olib quritiladi, so‘ngra shoxchalardan kurtaklarni asta-sekin
qoqib to‘planadi.
Po‘stloqlar ham erta bahorda, ya’ni o‘simlik tanasida suyuqlik yurishib, yog‘och qismidan oson ajraladigan davrida
poya va yo‘g‘on shoxlaridan shilib olinadi. Po‘stloq olishni osonlashtirish uchun poya yoki yo‘g‘on shoxlarni bir-biridan 30 sm
masofadagi ikki yeridan o‘tkir pichoq bilan ko‘ndalangiga,
keyin uzunasiga kesiladi va po‘stloq ajratib olinadi.
Gullar o‘simlik qiyg‘os gullaganda yig‘iladi. Ko‘pincha gullar
alohida-alohida kesib olinadi. Ba’zan gul to‘plamining hammasi (dastarbosh, marjondaraxt va boshqalar) yoki gulning
ayrim qismlari (sigirquyruq o‘simligida faqat gul tojbarglari)
yig‘ib olinadi.
145O‘simliklar tarkibida biologik faol moddalarning ko‘p to‘planish vaqti yana o‘simlikning o‘sish davriga ham bog‘liqdir.
Ko‘pchilik o‘simliklarning yerustki qismi va barglari tarkibida
asosiy ta’sir qiluvchi biologik faol moddalar ular gullashidan
oldin va gullash davrida, gullarda — ularni qiyg‘os gullagan
vaqtida, meva va urug‘larda — ular to‘liq yetilganida, yerostki
organlarda — o‘simlik vegetatsiya davri (ontogenezni) oxirida
(kech kuzda) ko‘p miqdorda to‘planadi.
Yüklə 21,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə