141 Belladonna, Halokatli ituzum



Yüklə 21,89 Kb.
səhifə2/4
tarix05.10.2023
ölçüsü21,89 Kb.
#125792
1   2   3   4
141 Belladonna

Romb bargli senetsio (yopishoq) — ko‘p yillik, bo‘yi 50—
150, ba’zan 250 sm ga yetadigan o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi uzun,
ko‘p ildizli bo‘lib, yer ostida gorizontal joylashgan. Poyasi bitta
yoki bir nechta, tik o‘suvchi, to‘q yashil rangli, tuksiz, yuqori
qismi shoxlangan. Ildizoldi barglari tishsimon qirrali, uzun
bandli, buyraksimon-yuraksimon. Poyadagi barglari uchburchak, mayda tishsimon qirrali, yuqori tomoni tuksiz, pastki
tomoni esa tukli, asos qismi chuqur o‘yilgan hamda poyaga
bandi bilan ketma-ket o‘rnashgan. Barglar poyaning yuqori
qismiga chiqqani sari kamayib va oddiylashib boradi. Eng yuqorida joylashgan barglari lansetsimon, poyada bandsiz o‘rnashgan


143 O‘simliklarning kimyoviy tarkibi juda ham murakkab
bo‘lib, turli organik va mineral moddalardan tashkil topgan.
Ularning hammasi dorivor bo‘lmaydi va kasalliklarni davolashda shifobaxsh ta’sir ko‘rsatmaydi. Ayrimlari esa dori turlarini tayyorlashda xalaqit berib, dorivor mahsulotni saqlash
vaqtida ularning sifati buzilishiga olib keladi yoki asosiy ta’sir
etuvchi kimyoviy birikmalarni tez parchalanishiga sababchi
bo‘ladi. Shuning uchun dorivor o‘simliklar tarkibida uchraydigan moddalar tibbiyot va farmatsiya nuqtayi nazaridan uch
guruhga bo‘linadi:
1. Dorivor o‘simliklarning asosiy ta’sir etuvchi biologik
faol moddalari. Dorivor mahsulot tarkibida kasalliklarni davolovchi terapevtik ahamiyatga ega bo‘lgan biologik faol
moddalar bo‘lgani sababli u tibbiyotda va farmatsiyada ishlatiladi. O‘simlikning terapevtik ahamiyatga ega bo‘lgan shifobaxsh biologik faol kimyoviy birikmalari asosiy ta’sir etuvchi
moddalari deb ataladi. Bu moddalar ko‘pincha ayrim o‘simliklarga xos bo‘lgan alkaloidlar (belladonna, bangidevona,
mingdevona, skopoliya turlariga xos atropin, giossiamin, skopolamin), glikozidlar (angishvonagul, strofant, adonis, marvaridgul, erizimum o‘simliklariga xos yurak glikozidlari, ra’noguldoshlarga xos amigdalin, karamdoshlarga xos sinigrin va
boshqa izotiotsianatlar), kumarinlar, efir moyfari, ftavonoidlar, vitaminlar, lignanlar, oshlovchi va boshqa moddalar.
2. O‘simliklarning ta’sir etuvchi moddalari bilan birga
uchraydigan birikmalar. Bunday moddalarni ayni shu o‘simlik
33
da terapevtik ahamiyati bo‘lmasa-da, asosiy ta’sir etuvchi birikmalarni ta’sir kuchini o‘zgartirishi (kuchaytirish) hamda organizmga so‘rilishini, natijada ta’sirini tezlatishi mumkin. Ba’zan
asosiy ta’sir etuvchi modda bilan birga uchraydigan boshqa
birikmalar organizmga birgalikda (kompleks) ta’sir ko‘rsatishi
ham mumkin. Masalan, angishvonagul tarkibidagi steroid saponinlar shu o‘simlikning asosiy ta’sir etuvchi birikmasi —
yurak glikozidlarini organizmga so‘rilishini tezlatib, mahsulotning dorivor preparatlarini ta’sirini tezlatadi va kuchaytiradi
144O‘simliklarning hamma organlarida kimyoviy moddalar bir
vaqtning o‘zida ko‘p miqdorda to‘planmaydi, shuning uchun
ham ularni turli vaqtlarda tayyorlash kerak bo‘ladi. O‘simlik
organlarini quyidagi muddatlarda tayyorlashga to‘g‘ri keladi.
Barglar, odatda, o‘simlik gullashi oldidan yoki gullaganida
yig‘iladi. Barglar juda ohistalik bilan, iloji boricha o‘simlikka
zarar yetkazmasdan yig‘ib olinadi.
Ba’zan o‘t o‘simliklarning bargini tayyorlash uchun yerustki qismi o‘rib olinadi, so‘ngra barglari teriladi yoki yerustki
qismi quritib maydalanadi va barglari ajratiladi, poyasi bilan
shoxlari tashlab yuboriladi. Bunda shox va gullar aralashmasi
barglarga qo‘shilib ketishi mumkin (yalpiz, gazanda va boshqa
o‘simliklar).

Yüklə 21,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə