14-Amaliyot. Yig’ish chizmalarini detallarga ajratish. 1,2-detal ish chizmasini bajarish. Reja



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#163070
  1   2
14.1-Yig‘ish chizmasini detallarga ajratish - Eskizlar haqida ma’lumotlar АМАЛИЁТ



14-Amaliyot.Yig’ish chizmalarini detallarga ajratish. 1,2-detal ish 
chizmasini bajarish. 
 
Reja
1.
Yig’ish chizmalarini detallarga ajratish tartibi 
2.
Yig’ish chizmalarini o’qishda tavsiyalar 
3.
Yig’ish chizmalarini detallarga ajratishga doir topshiriqlar
 
Yig’ish chizmalarini detallarga ajratish tartibi
 
Yig’ish chizmalari bo’yicha har bir detalning ish chizmasini bajarish detallarga 
ajratish deyiladi.
Buyumning yig’ish chizmasi tarkibiga kiruvchi detallarning (standart 
detallardan tashqari) ish chizmasi 
GOST 2109-96
ga asosan, tuziladi.
Yig’ish chizmasini detallarga ajratib chizishdan oldin chizmani o’qish, uni 
tushunish, yig’ish chizmasida tasvirlangan buyumga kiruvchi tarkibiy qismlar 
aniqlanadi. 
Yig’ish chizmalarini quyidagi tartibda o’qish tavsiya etiladi: 
-Chizmaning asosiy yozuvidan buyumning nomi, masshtabi va loyihalovchi 
tashkilotning nomi, hamda buyumning ishlash prinsipi aniqlanadi. 
-Yig’ish chizmasining asosiy va qo’shimcha tasvirlari, ko’rinishlari qirqim va 
kesimlari, qanday ashyodan tayyorlanganligi aniqlanadi. 
-Chizmaning spetsifikatsiyasi bilan tanishib chiqiladi. Spetsifikatsiyadan 
foydalanib har bir detalning shakli tahlil qilinadi. 
-Buyumni tashkil etuvchi barcha detallarning bir-biri bilan birikish xarakteri 
(ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar va ularning tarkibiga kiruvchi 
mahkamlovchi detallar) aniqlanadi. 
-Chizmada berilgan boshqa ma’lumotlar (o’lchamlar, texnikaviy talab va shu 
kabilar) aniqlanadi. 
Yig’ish chizmasini o’qib bo’lgandan so’ng uni detallarga ajratishga kirishiladi. 
Buyumning yig’ish chizmasini detallarga ajratib chizishni quyidagi tartibda 
bajarish tavsiya etiladi: 
-Ish chizmasi chiziladigan detallar soni aniqlanadi. 
-Chizmaning masshtabi, listning formati belgilanadi. List detallarning 
murakkabligi va soniga qarab formatlarga bo’linadi, asosiy yozuvlar uchun joy 
ajratiladi. 
-Har bir detalning asosiy va yordamchi ko’rinishlari soni, zarur qirqim va 
kesimlari aniqlanadi. 
-Har bir detal uchun ajratilgan formatda uning ish chizmasi chiziladi; asosiy va 
yordamchi ko’rinishlar, qirqim va kesimlar belgilanadi. Chizmaning o’lchamlari, 
g’adir-budirliklari va o’tkazishlar qo’yiladi. 
-Chizmaning har bir formatida mazkur detalga tegishli bo’lgan asosiy yozuv 
yoziladi. So’ngra barcha chizmalarga tegishli bo’Igan asosiy yozuv yoziladi. 
Yig’ish chizmasi masshtabi ikki xil usul bilan aniqlanishi mumkin. Yig’ish 
chizmasi detallarining ish chizmasini chizishda shu usullarning biridan 
foydalaniladi. 


Grafik usulda detal o’lchamlarini aniqlash uchun 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə