13-maruza. Sovutish mashinalari va ularning tsikllari



Yüklə 34,03 Kb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü34,03 Kb.
#159211
1   2   3   4
Freonlarning kamchilligi: 1kg agentning kam sovuq ishlab chiqarishi va buning natijasida uning oqib yuruvchi hajmining kattaligi issiqlik berish koeffi- sientining kichikligi, qimmat turishi, ochiq alanga tekkanda xavfli va zararli birikmalar hosil qilib parchalanish qobiliyati.
Freonlarning boshqa sovuq eltgichlaridan farqi shuki, ular kimyoviy turg‘un, zaharsiz bo‘lib (t<200 oC da), barcha metallarga nisbatan inertdir. Freonlar ichida eng ko‘p tarqalgani freon – 12 bo‘lib, undan uy – ro‘zg‘or sovitgichlarida foydalaniladi. Freon – 12 o‘zini texnik xossalari jihatidan ammiakka o‘xshaydi. Lekin uni bug‘ hosil qilish issiqligi ammiaknikidan kichikdir. Atmosfera bosimida freon – 12 t = -29,8 oC da qaynaydi. Ba’zi sovuq eltgichlarning fizik xossalari 1–jadvalda keltirilgan.
Sovuq eltgichlarning fizik xossalari.
1 – jadval.

Sovuq eltgichning nomi

Kimyoviy formulasi

Normal qaynash harorati, 0C

Kritik harorati, 0C

Qotish harorati, 0C

Suv

H2O

+100,0

+374,15

0

Karbonat angidrid

CO2

-78,52

+31,0

-56,6

Ammiak

NH3

-34,0

-132,4

-77,7

Freon-12

CF2Cl2

-29,8

+112,04

-155,0

Freon-22

CHF2Cl2

-40,8

+96,0

-160,0



Karnoning teskari (sovitish) sikli
Sovitish mashinasi issiqlik mashinasidan farqli ravishda teskari sikl bo‘yicha ishlaydi. Karno sikliga teskari bo‘lgan sikl sovitish mashinalarining ideal sikli deyiladi. Ideal siklga sovitish mashinalarining real sikllari solishtirilib, ularning takomillashganlik darajasi aniqlanadi. Karnoning sovitish siklidan ko‘rinib turibdiki, sovituvchi moddaga q2 issiqlik sovitiluvchi jismdan 1-4 jarayonda izoterma (T2=const) bo‘yicha uzatiladi (9-rasm). q2 issiqlik miqdori 5-4-1-6-5 nuqtalar bilan chegaralangan yuzaga son qiymati jihatdan teng. 2-3 jarayonda sovituvchi moddadan 2-3-5-6-2 yuza bilan tasvirlangan q1 issiqlik miqdori olib ketiladi. 4-2 jarayonda ish jismi adiabatik siqiladi va 3-4 jarayonda adiabatik kengayadi.



9-rasm. Karnoning teskari (sovitish) sikli
Sovitish siklining bajargan ishi 1-2-3-4-1 nuqtalar bilan chegaralangan yuzaga son qiymati jihatdan teng, ya’ni
Ats = q1-q2 (1)
Sovitish mashinalarining mukammalligi sovitish koeffitsienti  orqali aniqlanadi:
(2)
Demak, qancha ko‘p issiqlik q2 olinib va bunda shuncha kam mexanik ish sarflansa yoki qancha katta bo‘lsa, shunchalik sovitish sikli takomillashgan bo‘ladi. Sovitish qurilmalari sovituvchi modda turiga qarab ikkita asosiy guruhga bo‘linadi:


  1. Yüklə 34,03 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə