13-maruza. Sovutish mashinalari va ularning tsikllari



Yüklə 34,03 Kb.
səhifə2/4
tarix24.12.2023
ölçüsü34,03 Kb.
#159211
1   2   3   4
Termodinamik talablar. Sovuq eltgichning sovitish unumdorligi katta bo‘lishi, bug‘ hosil qilish issiqligi yuqori bo‘lishi, qotish haroratsi past, kritik harorati yuqori bo‘lishi kerak.
Fizik – kimyoviy talablar. Sovuq eltgichlar suvda va yog‘da erishi lozim, metall bilan reaksiyaga kirishmasligi, parchalanmasligi kerak.
Fiziologik talablar- Sovuq eltgichlar zaharli bo‘lmasligi, nafasni qismasligi lozim.
Iqtisodiy talablar. Sovuq eltgichlar arzon va tanqis bo‘lmasligi lozim.
Yuqoridagi talablarga har tomonlama javob bera oladigan sovuq eltgichlar bugungi kunda topilgani yo‘q. Shuning uchun sovuq eltgichlar vazifasiga, ishlash sharoitiga va tuzilishiga qarab tanlanadi.Sovitish mashinasining bug’latgichida qaynashda sovitilayotgan ob’ektdan issiqlikni qabul qiluvchi modda sovitish agenti deb ataladi.
Eng ko‘p ishlatiladigan sovuq eltgichlar, yani sovitish agentlari ammiak va freonlardir. Ammiak NH3 yaxshi sovuq eltgichlari qatoriga kiradi. t=20 oC da ammiakning to‘yingan bug‘i bosimi 857 kPa ni tashkil etadi, atmosfera bosimida esa - 34 oC ga teng to‘yinish harorati mos keladi. Ammiakning bug‘ hosil qilish issiqligi ancha katta. Ammiakning bu sifatlari sanoat sovitish mashinalarida ishlatiladigan sovuq eltgichlar ichida uni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Ammiakning zaharliligi uning asosiy kamchiligi bo‘lganligidan turmushda ishlatiladigan sovitish mashinalarida ishlatilmaydi.
Sovitish agenti – Ammiak (NH3) – eng ko‘p tarqalgan o‘rta bosimli sovitish agentlaridan biri. Uning normal qaynash temperaturasi 33,4 oC , bug‘lari esa siqishda va suv bilan sovitishda 10 ata dan kam bo‘lmagan bosimda kondensatorda suyuq holatga o‘tadi. U taxminan 0,1ata bosimda porshenli kompressorli va -70 oCdan past bo‘lmagan temperaturada qaynaydigan sanoat sovitish qurilmalarida qo‘llaniladi.
Afzalligi: NH3 - ning sovitgich sifatida eng muhim afzalliklariga o‘rtami- yona bosim, quyi normal temperaturada qaynashi, katta hajmli sovuq ishlab chiqarishi, suzib chiqishini osongina aniqlash, oson topilish va arzon turishi kiradi.
Kamchiligi:Tevarak atrofga zararli ta’siri bor. Havo bilan aralashib portlash bo‘lishi mumkin.
Sovuq eltgichlari sifatida freonlar – eng oddiy to‘yingan uglevodorodlarning (asosan metanning) ftor – xlorli hosilalari borgan sari ko‘p ishlatilmoqda. To‘yingan uglevodorodlar metan va etanning galoid hosilalari (tarkibida ftor va xlor bo‘lgan) freonlar deb ataladi.
Freonlar qamrab olgan muhit temperaturasini -60 oCdan pastgacha o‘zgartishni ta’minlaydi. Freon guruhidagi sovitish agentlaridan eng ko‘p tarqalganlaridan bittasi freon 12 (CF2 Cl2) dir. Uning normal qaynash temperaturasi 29,8 oC . Freonlarning xalq xo‘jaligining hamma sohalariga sun’iy sovuqni joriy qilishga keng yo‘l ochadi.

Yüklə 34,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə